Konsentratorlar (HUB)
HUB qurilmalari xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bogʻlash yaʻni tarmoq hosil qilish uchun kerak boʻladi. (2.2.11-rasm.) Shuningdek xabni konsentrator va taqsimlovchi deb atashadi. Yulduz shaklida qurilgan tarmoqlarda u markaziy punkt boʻladi. Xabning har bir portidan ishchi stansiyalariga kabel olib boriladi, natijada yulduzga oʻxshash tizim hosil boʻladi.
2.2.11-rasm. Hub qurilmasi
Kompyuter oʻrniga xabga qoʻshimcha xab ulash mumkin, bu esa tarmoq imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Ethernet oʻrama juftlik kabel uchun 5-24 portli xablar mavjud. Ular 10 yoki 100 Mbps uzatish tezligiga ega boʻladi. Yana Dual-Speed-Hubs (10 yoki 100 Mbps) ishlatilishi mumkin, ular, kommutator koʻrinishida ulanib ikki xablardan iborat boʻladi.
Kommutatorlar (Switches)
Bu OSI modelining tarmoq darajasida ishlovchi qurilma boʻlib, bir yoki bir nechta tarmoq qismlarini birlashtirish uchun moʻljallangan. Kommutator paketlarni ichki jadvallar asosi yaʻni uzatish jadvallariga beradi, binobarin, trafik faqat yoʻnaltirilgan MAC-manzilgagina boradi va barcha portlarda takrorlanmaydi. Xablarga nisbatan komutatorlar ancha intelektualroq. Agar xabga qaraganda tashqi koʻringish farqlari uncha katta boʻlmasa ham, ammo komutatorlar ichida mutloq boshqa texnika ishlatilgan. Xabda barcha kompyuterlar tarmoq polosasining umumiy enini oʻzaro boʻlib olishga majburdirlar, komutatorga ulangan kompyuter esa polosani hamma enini ishlatishi mumkin. Shuning uchun komutatorlarni qoʻllaydigan tarmoqlar tezligi balandroq.
16-Port Switch 10/100 Mbit/chiqishlari RJ-45 Ports. 2.2.12-rasmda koʻrsatilgan.
2.2.12-rasm. Switch
Kommunikasiya boʻyicha ikki sherik oʻrtasida virtual ulanishga oʻxshash narsa paydo boʻladi. Shunday qilib, boshqa segmentlar bilan yuklanish boʻlmaydi va tezlik oshadi. 2.2.13-rasm da Switch 4- x/10/100/1000 Mbit/chiqishlari 4 RJ-45 Ports koʻrsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |