Gigabit Ethernetni IEEE tashkiloti 1999 yilda 802.3ab. nomi bilan Fast Ethernet tarmoqning yangilangan versiyasi sifatida roʻyxatga oldi va qoʻllanildi. Uning afzalliklari va xususiyatlari oldingi tarmoqlardan 10 baravar yaxshilandi. 1000 Mbit/s tеzlikdа ishlаydigаn vеrsiyasi ham ishlаb chiqаrilа bоshlаndi (Gigabit Ethernet, IEEE 802.03 z stаndаrti).
Gigabit Ethernet tarmogʻi xususiy holda bir manzilli va keng maydonli uzatishli deytagramm xizmatlarini taʻminlaydi. 48-bitli manzillash tuzilmasi va kadr formati oʻzgarishsiz saqlanishi hamda quyi va yuqori oʻlchamlarining cheklanganligi katta ahamiyat kasb etadi. U
Fast Ethernet kabi “nuqtadan-nuqtaga” prinsipiga amal qiladi. Yarim dupleks va toʻliq dupleks rejimlarida ishlaydi. Kommutatorlar avtomatik belgilangan tezlikda ishlashi mimkin. Oʻzini sozlash rejimi ham mavjud boʻlib, 10, 100 yoki 1000 Mbit/s tezliklarni tanlash imkoniyati bor. (3.2.5-rasm)
3.2.5.-rasm. Gigabit Ethernet tarmogʻi: a- ikki stansiyali b- koʻp
stansiyali
Kompyuterlar tarmoqda konsentratorga ulanganda yarim dupleks rejimi qoʻllaniladi. Konsentrator kiruvchi kadrlarni(paket) buferizasiyalamaydi. Liniyalarni elektrik bogʻlab, oddiy Ethernet monokanalini simuliyatsalaydi. Bu rejimda uzilish boʻlmasligi uchun CSMA/CD qoʻllaniladi. Kichik oʻlchamdagi kadr (64 bayt) Ethernetga qaraganda 100 marta tez uzatilishi mumkin. (3.2.3-jadval)
Gigabit Ethernet kabellari
3.2.3-jadval.
Nomlanishi
|
Turi
|
Segment uzunligi, m
|
Afzalliklari
|
1000Base-SX
|
Optik tolali
|
550
|
Koʻpmisli tola (50. 62,5 mkm)
|
1000Base-LX
|
Optik tolali
|
5000
|
Birmisli (10 mkm) yoki koʻpmisli tola (50. 62,5
mkm) tola
|
1000Base-CX
|
2 ekranlashgan juftli oʻramalar
|
25
|
Ekranlashgan juftli oʻrama
|
1000Base-T
|
4 ekranlashmagan juftli oʻramalar
|
100
|
5-kategoriyali standart juftli oʻrama
|
Do'stlaringiz bilan baham: |