O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik.
- Bog’dorchilik va tokchilik
- Asosiy tayanch tushunchalar Agrar munosabatlar
- Ishlab chiqarish infratuzilmasi
- Agrobiznes
- Infrastruktura haqida tushuncha. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida infrastrukturaning roli va ahamiyati
- 1. Ishlab chiqarish infrastrukturasi
- 2. Ijtimoiy infrastrukturaga
- 2. O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqarish infrastrukturasiga baho
Makkajo’xorichilik – 60-yillardan don va silos bostirish maqsadlarida tez rivojlandi. Respublikaning tuproq, iqlim sharoitida bahorda va ikkinchi martta ekinzorlarga yozda ekiladi. Makkajo’xori ham deyarli barcha viloyatlarda ekiladi. Respublikamizda 181,0 ming t. makkajo’xori doni etishtiriladi, don bo’yicha hosildorlik 384 ts/ga etdi. Andijon viloyatida 56,0 ts/ga etdi. Makkajo’xori doni emlik jihatidan barcha donli ekinlardan arzon turadi (1 kg makkajuxori donining oziqlik qimmati 1,34 oziqa birligiga teng). Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik. Bu tarmoqda sabzi, lavlagi, sholg’om, turp, rediska, pomidor, kartoshka va boshqa ekinlar ekiladi. Bu tarmoq ham qadimiy tarmoqlardan hisoblanadi. Asosiy poliz ekinlari bo’lgan qovun, tarvuz. Qovunning vatani O’rta Osiyo hisoblanadi. Asrlar davomida mamlakatda sabzavot va polizchilikda ekinlarning tur tarkibi boyib bordi. XIX asr ikkinchi yarmida Rossiya orkali pomidor, bodring, kartoshka, gulkaram, chuchuk bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, poliz ekinlarining ayrim turlari kirib keldi va asosiy ekinlar qatoridan joy oldi. Viloyat markazlari va yirik shaharlar atroflaridagi tumanlar asosan sabzavotchilik bilan shug’ullanadi. Shuningdek "O’zmevasabzavotuzumsanoat" xolding kompaniyasi tarkibida sabzavot, pomidor, bodring etishtiradigan issiqxonalar tarmog’i barpo etilgan. Xo’jaliklarda ochiq dalada polietilen plyonkalar yopilib, ertangi karam, poliz ekinlari etishtirish yo’lga qo’yilgan. Ayniksa respublikaning janubiy viloyatlarida ertagi sabzavot etishtirish rivojlanib bormoqda. Respublikada sabzavot ekilgan maydonlar 72 ming ga, poliz ekinlari 18 ming ga, kartoshka 28 ming ga.ni tashkil etadi. Yaxshi nav urug’lar etishtirish va taminlash maksadida urug’chilik agrofirmalari ham tashkil etildi. Bog’dorchilik va tokchilik - Respublika qishloq xo’jaligida eng qadimgi va oziq-ovqat hamda sanoat xom-ashyosi beradigan asosiy tarmoqlar qatoriga kiradi. O’zbekiston hududida meva daraxtlari haqidagi dastlabki malumotlar miloddan avval 1-ming yillik o’rtalariga to’g’ri keladi. XX asr boshlarida O’zbekiston erlarida 24 ming ga bog’, 30,6 ming ga tokzorlar bo’lgan. Respublika bog’larida meva va rezovor meva beradigan 20 turga mansub daraxt o’stirilgan. Tokchilik qadimdan Toshkent, Samarkand, Farg’ona vodiysida taraqqiy etgan. Urug’li meva daraxtlari - olma, behi,nok. Danakli meva daraxtlari - o’rik, shaftoli, olxo’ri, gilos, olcha, oluvali. Subtropik o’simliklar - anor, anjir, apelsin, limon. Ёng’oq mevalilar - yong’oq, pista, bodom. Rezovar mevalilar - qulupnay, malina, smorodina, qoraqant, oblepixa asosiy o’rinni egallaydi. Respublikada bog’larning umumiy maydoni 382 ming ga dan ortib ketdi. Meva bog’lari 253 mig ga, tokzorlar 131 ming ga. Har yili yalpi hosil qariyb 1 mln t tashkil etadi. Uzbekistonda quruq meva va mayizning noyob turlari tayyoranadi. Respublikada tropik va subtropik mintaqalardan olib kelingan limon, apelsin, mandarin, sharq xurmosi kabi mevalar tobora ko’proq maydonlarda ekilmoqda. Andijan, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ko’pgina xo’jaliklarda issiqxona limonzorlari barpo qilingan. Respublika bo’yicha bunday issiqxonalar maydoni 400 ra.dan ham ko’proqdir. Respublikada bog’dorchilik va tokchilikning ilmiy asoslangan usullarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish masalalari bilan R.R.Shreder nomidagi bog’dorchilik, tokchilik va vinochilik korporatsiyasi shug’ullanadi. Ko’katchilik ishlari ham ilmiy asosga qo’yilgan va markazlashtirilgan. R.R.Shreder nomidagi korporatsiya har yili 6-8 mln. dona turli meva daraxtlari va tok ko’chatlari etishtirib viloyatlarga sotadi. Em-xashak ekinlari - Respublikaning sug’oriladigan maydonlarida chorvachilikka ozuqa 116 bilan barqaror taminlash maqsadida etishtiriladi. Unga ko’k em, pichan, em, silos, senaj uchun bir yillik va ko’p yillik o’tlar, xashaki ildizmeva (lavlagi), xashaki poliz (qovoq, tarvuz), donli makkajo’xori, suli, arpa ekinlari kiradi. Yiliga 5 mln t ortiqroq pichan, jumladan tabiin pichanzorlardan 270 ming t pichan, 5 mln t makkajuxori silosi tayyolanadi. 967 ming ga maydonga ozuqa ekinlari ekiladi. Respublikada g’alla maydonlarining kengayishi bilan chorvachilik uchun somon tayyorlash hajmi keskin ko’paydi. b) Chorvachilik - O’zbekiston chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri. Sug’oriladigan erlarda asosan qoramolchilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik rivojlangan. Qir-adirlar, dasht-cho’l va TOG ’ oldi yaylovlarida esa qo’ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv havzalarida baliqchilik rivojlangan. 1995 yil boshida O’zbekistondagi barcha toifa xo’jaliklarda 5,5 mln bosh qoramol, 10 mln dan ziyod qo’y va echki, 350 ming cho’chqa, 144,8 ming ot, 84 ming quyon, 11 mln parranda bor edi. 1991 yildan keyin chorvachilikda xususiy sektorga etibor kuchaytirildi. 1990 yil 10 maydagi Prezidentning "Aholi shaxsiy xo’jaliklarni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga asosan aholiga jamoa va davlat xo’jaliklarida em-xashak hamda chorva mollari sotish yo’lga qo’yildi. Ozuqa bazasi chorvachilikni rivojlantirishning muhim omilidir. Em-xashak ekinlari maydoni respublnkadagi jami qishloq xo’jalik erlarining 7,7%ini tashkil etadi. Respublikada chorvachilik muammolari bilan chorvachilik qorako’lchilik, veterinariya sanitariya ilmiy tadqiqot institutlari shug’ullanadi. Qoramolchilik - respublika chorvachiligida asosiy o’rinni egallab, etishtiriladigan go’shtning 74 % ini, sutning 99,9 % ini beradi. Go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik tog’ va tog’ oldi mintaqalarida rivojlangan. Qoramol zotlarini takomillashtirish bo’yicha "Plemelita" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi 6 ta naslchilik zavodi, naslchilik xo’jaligi va naslchilik fermalarida ilmiy-amaliy ishlar olib boriladi. Andijonda - "Poytug’”, "Savay", Sirdaryoda "Malik", "Yangiobod", Toshkent viloyatida “Qizil Shalola", "Dustlik" nasilchilik xo’jaliklari mavjud. Qo’ychilik - respublikada qo’ychilikning qorako’l teri, go’sht-yog’ va jun uchun boqiladigan tarmoqlari rivojlangan. Qorako’l qo’y zoti Zarafshon vohasida yashagan chorvadorlar yaratgan zot hisoblanadi. Arab sayohi Ibn Xavhol 976 yili Xorazm va Buxoroga kelgan sayohatidan keyin bu qo’y zoti va uning mahsuloti to’g’risida o’z asarlarida malumot beradi. Hozir Janubiy Afrika, Afg’oniston, Rossiya (Qalmiq Respublikasi), Moldova, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida boqilayotgan qorako’l qo’ylarining vatani O’zbekiston hisoblanadi. Qorako’l zotli qo’ylardan asosiy mahsulot bo’lgan qorako’l teridan tashqari dag’al jun, parxez qo’y go’shti, po’stinbop teri, sut olinadi. Mo’yna Sankt-Peterburg kim oshdi savdosida, xalqaro yarmarkalarda, shuningdek Evropa va Amerika bozorlarida sotiladi. Respublikada 120 ta qorako’lchilikka ixtisoslashgan xo’jalikning 18 tasi naslchilik zavodlari, 9 tasi naslchilik xo’jaliklaridir. Ular qorako’lchilik xo’jaliklari uchun har yili 18-20 ming bosh naslli qo’chqor hamda 25-30 ming bosh urg’ochi to’qlilar etkazib beradi. Buxoro qorako’l zavodining 3 ta bo’linmasida (Nurobod, Tomdi, Nurota) hamda Buxoro qorako’l zavodi qoshida tashkil etilgan. Buxoro-Omega qo’shma korxonasida qorako’l terilariga ishlov beriladi. Respublikada go’sht, jun yo’nalishidagi qo’ychilikda dag’al jun, go’sht va yog beruvchi hisori va jaydari qo’y zotlari boqiladi. Hisori qo’ylar asosan tog’ va tog’ oldi mintaqalarida Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida boqiladi. Hisori zotli qo’ychilik bilai Sariosiyodagi, Oxunboboev, Boysun tumanidagi "Boysun" davlat naslchilik zavodi shug’ullanadi. O’zbekiston—go’shtdor-serjun qo’y zoti yarim mayin jun va go’shti uchun boqiladi. Echkichilik – go’sht, serqaymoq va shifobaxsh sut, jun, teri hamda tivit uchun muljallangan. O’zbekiston echkichiligida serjun angor, tivitli Orenburg, jundor O’zbekiston zotlari tarqalgan. 117 Undan turli texnik matolar, drap, adyol va trikotaj tayyorlanadi. Echkilar baland tog’ va tog’ oldi mintaqalarida boqiladi. Echkichilik Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida rivojlangan. O’zbekistonda echkichilikning naslchilik muammolari bilan Namangan viloyati Chust tumani, Kosonsoy tumani, Pop tumani, Chorkesar, Chodak, Surxondaryo viloyati Boysun tumani, Navoiy viloyati Xatirchi tumani "Oltinsoy" jamoa xo’jaliklari shug’ullanadi. Cho’chqachilik - bilan aholisining ko’pchiligini evropaliklar tashkil etgan yirik shaharlar yaqinida va g’allachilik mintaqalarida shug’ullanib kelinadi. Bu tarmoq Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin vujudga kelgan. Cho’chqa go’shtidan kolbasa ishlab chiqarishda foydalaniladi. Cho’chqachilik sohasida Samarqand viloyatida “Pastdarg’om", Toshkent viloyati Qibray tumanida "Qizil Shalola", Yangiyo’l tumanida "Novomixaylovka". Toshkent viloyatida "Sergeli" va "Toshkent" fermalari shug’ullanadi. Quyonchilik – parhez go’sht, momiq va mo’yna beradi. Hozirgi kunda respublikada 90 mingdan ziyod quyon, asosan shaxsiy fermer xo’jaliklarida, Farg’ona viloyati Toshloq va Oxunboboev tumanlaridagi quyonchilik komplekslari va Bog’ot tumanidagi "Narimonov" jamoa xo’jaligining quyonchilik fermalarida parvarish qilinmoqda. Yilqichilik- bilan O’rta Osiyo xalqlari miloddan avval bir necha asr ilgari shug’ullanganlar. Hozirgi O’zbekiston, Turkmaniston erlarida etishtirilgan ot zotlari haqidagi malumotlarni Gerdot, Strabon va boshqa olimlarning asarlarida uchratish mumkin. Yilqichilik xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Otlarning eng asosiy xususiyat ularning ishga layoqati bilan baholanadi. Sut, go’sht, teri va boshqalar esa ulardan olinadigan qo’shimcha mahsulotdir. Qorabayir Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistondagi asosiy maxalliy ot zotidir. O’zbekistonda "Rovot” Jizzax, "Xisor" (Qashqadaryo) hamda Navoiy, Toshkent, Samarkand viloyatlarida 12 ta naslchilik va 4 ta mahsulot ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar mavjud. Ot zavodlari respublika ot sporti maktablarini ot bilan taminlaydi, shuningdek har yili respublika xo’jaliklari va chet ellarga 400 dan ortiq nasldor va sport otlari etkazib beradi. Ot go’shti yuqori sifatli parxez xususiyatiga ega. Biya sutidan shifobaxsh qimiz tayyorlanadi. Qimizdan kamqonlik, oshqozon-ichak, yurak, asab kasalliklari va boshqa xastaliklarni davolashda foydalaniladi. Tuyachilik - 4000 yildan ortiq tarixga ega. Tuyachilik cho’l, chala cho’l va quruq dasht zonalarida mavjud. Buyuk ipak yo’li orqali boshqa ashyolar qatori Xitoyga Baqtriya va Farg’ona vodiysidan tuyalar olib ketilgan. Tuyachilik asosan Qoraqalpog’istonda, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Tuyalardan asosan ulov sifatida, shuningdek go’sht, sut va jun tayyorlashda foydalaniladi. Parrandachilik - respublikada sanoat asosida rivojlangan xo’jaliklarda tovuq (tuxum, go’sht yunalishlari), go’sht uchun kurka, o’rdak, g’oz parxez taomlar uchun bedana boqiladi. O’zbekistonda parrandachilik mahsulotlarining asosiy qismi "O’zparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi korxonalarida etishtiriladi. Uning tarkibida 71 ta parrandachilik fabrikasi 12 ta naslchilik xo’jaligining 5 tasi tuxum, 7 tasi go’sht etishtirishga ixtisoslashgan. Respublikada go’sht yo’nalishida kurkachilikni rivojlantirish bo’yicha Isroilning "MAD" firmasi mavjud. Xonobod, Chimyon, Rishton, Urganch, Yangiyo’l parrandachilik fabrikalari kurkachilikka ixtisoslashgan. Pillachilik- Respublika qishloq xo’jaligi acociy tarmoqlaridan biri. Pilladan olinadigan ipak sanoat va texnikaning ko’p sohalarida ishlatiladi. Mustaqillikdan keyin pilla etishtirish davlat tasarrufidan chiqarilib, uni xarid qilish erkin kelishilgan narxlar asosida olib borilmoqda. Har yili 30 ming t. atrofida pilla etishtiriladi. 1995 yil "Ipak" ishlab chiqarish majmuida integratsiyalash jarayonlarini kuchaytirish chora-tadbirlari ko’rildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 30 martdagi "Respublikada pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtipish to’g’risida”gi Farmoni bilan “O’zbek 118 ipak" mustaqil uyushmasi tashkil etildi. Baliqchilik - O’zbekistonda qadim zamonlardan beri tabiiy suv havzalarida shug’ullanib kelingan. Respublikaning daryo va ko’llarida 62 baliq turi yashaydi. Baliqchilikning sanoat asosida rivojlantirish 1937 yil boshlangan. Yuqori Chirchiq rayonlarida "Toshkent baliqchilik xo’jaligi" tashkil etildi. Qisqa xulosalar Maruza matnda qishloq xo’jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati, iqtisodiy geografik joylashish xususiyatlari, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida yangi mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi, undagi tarkibiy o’zgarishlar ko’rsatilgan. Asosiy etibor dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini mustaqillik yillarida rivojlanishi va joylanishini batafsil bayon etishga yo’naltirilgan. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, ushbu jarayonni intensifikatsiyalash muammolariga to’xtalib o’tilgan. Asosiy tayanch tushunchalar Agrar munosabatlar – erga egalik qilish tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Agrasanoat majmuasi - qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va istemolchilarga etkazib berish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi – bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatuvchi sohalar. Agrosanoat integratsiyasi - qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni istemolchiga etkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. Agrobiznes – tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq sohalardagi namoyon bo’lish shakli. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Qishloq xo’jaligi qanday xususiyatlarga ega? 2. O’zbekiston agrosanoat majmuasini tushuntirib bering. 3. Qishloq xo’jaligida islohotlar qanday kechmoqda? 4. Yangi mulk shakllari to’g’risida tushuncha bering. 5. O’zbekiston er fondi tarkibi boshqa mintaqalardan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi? 6. Eng muhim dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining zonal joylashish xususiyatlari. 7. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qo’shma korxonalar qurish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish masalalari qanday kechmoqda? O’zbekiston Respublikasining infrastruktura tarmoqlari Maruza rejasi 1. Infrastruktura haqida tushuncha. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida infrastrukturaning roli va ahamiyati. 2. O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqarish infrastrukturasiga baho. 3. O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy infrastrukturasi. Infrastruktura haqida tushuncha. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida infrastrukturaning roli va ahamiyati O’zbekiston Respublikasining milliy iqtisodiyoti shakllanayotgan davrda ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil qilish va takomillashtirishda infrastruktura tarmoqlarining rivojlanishi darajasi juda katta amaliy ahamiyat kasb qiladi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotini amalga oshirishda bozor infrastrukturasining ahamiyati juda ham beqiyosdir. Mazkur maruza matni Respublikamizda infrastruktura tarmoqlarining hozirgi holati, ularning rivojlanish darajasi va boshqa masalalarni o’rganishga qaratilgan. Infrastruktura – bu ishlab chiqarish va insonlarning turli faoliyatida shart-sharoit yaratib beruvchi iqtisodiyotning (ko’pqamrovli) tarmoqlar majmuasidir, u ijtimoiy mehnat taqsimoti mahsuli hisoblanadi. U moddiy va nomoddiy soha tarmoqlarining faoliyatida muhim tarzda 119 ko’maklashadi. U ishlab chiqarish tarkibiga kirmaydigan mustaqil tarmoq bo’lib, moddiy va nomoddiy sohaga xizmat qiladi (ishlab chiqarish infrastrukturasi va ijtimoiy infrastruktura)(1-rasm). 1. Ishlab chiqarish infrastrukturasi – transportning barcha turlari va transport xo’jaligi (temir yo’l, dengiz va daryo portlari, neft va gaz quvurlari), elektr uzatish, axborotlarni uzatish va qayta ishlash vositalari va boshq inshoatlar kiradi. Bularsiz albatta ishlab chiqarishda meyordagi jarayon bo’lmaydi. Xalq xo’jaligida infrastrukturani rivojlanish va taminlanganlik darajasi ko’p jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydi. 2. Ijtimoiy infrastrukturaga – aholiga xizmat ko’rsatuvchi savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlari, sog’liqni saqlash, yo’lovchi tashuvchi barcha transport turlari va aloqa, shahar uy-joy xo’jaligi tashkilotlari va nomoddiy sohaning boshqa qismlari kiradi. Infrastrukturani kelajakda rivojlanishi ishlab chiqarishda samaradorlikni oshiradi va jamiyatni moddiy va manaviy ehtiyojlarni qondirish va boshqa ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun shart- sharoit yaratadi, inson omili faoliyatini oshiradi. Ishlab chiqarishning hududiy tashkil etishning ilg’or shakli bo’lgan hududiy ishlab chiqarish majmualarini yaratish asosida infrastruktura tarmoqlarining samarali shakllanishi uchun sharoit vujudga keladi. Natijada mablag’larni tejash, joriy sarf xarajatlarni kamayishi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun imkon yaratiladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni va iqtisodiy integratsiyani amalga oshirishda ishlab chiqarish infrastrukturasi elementlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. 2. O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqarish infrastrukturasiga baho Ishlab chiqarishni uzluksiz davom etishida infrastrukturaning ahamiyati katta. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hududiy tizimlarini shakllanishida ishlab chiqarish infrastrukturasi bilan taminlanganligini o’rganish alohida ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va joylashtirishda transportning ahamiyati beqiyos. Transport har qanday mintaqada ishlab chiqarish infrastrukturasini muhim zvenosi hisoblanadi. Har qanday masshtabdagi hududni transportsiz samarali va oqilona rivojlantirish mumkin emas. Sanoat va qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish va istemolchiga etkazib berishda transport faol ishtrok etadi. Iqtisodiy tuman va zonalarda ixtisoslashuv transport orqali amalga oshadi. Transportning rivojlanish darajasi ishlab chiqarish kuchlari va texnika taraqqiyotining umumiy rivojlanish darajasiga bog’liq. O’zbekiston qudratli (temir yo’l, avto, avia, quvur va daryo) transport tizimlariga ega. Har yili yuk va yo’lovchi tashuvchi transportlarda juda ko’p miqdorda xizmat amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida 1999 yilda barcha turdagi transportda 8145 mln.tonna yuk tashilgan bo’lib, bu ko’rsatkich 1998 yilga nisbatan 1,7 %ga yuqoridir. Avtomobil transporti yuk tashish bo’yicha etakchi bo’lib, uning zimmasiga – 728 mln.tonna yoki 89,7% umumiy yuk tashish hajmiga to’g’ri keladi. Temir yo’l transportida yuk tashish 41,8 mln.tonna, havo transportida 15,8 ming tonnani tashkil qilsa, suv transportida bu ko’rsatkich 81,0 mln.tonnaga teng. Temir yo’l transporti. O’zbekiston hududida temir yo’l qurilishi 1888 yilda boshlangan edi. Krasnovodsk – Chordjo’y temir yo’li davom ettirilib, Farob bekatidan Samarqandgacha olib borildi. 1890 yilgacha esa Toshkentdan Andijongacha etkazildi 1905 yilda Orenburg va Toshkent oralig’ida temir yo’l ishga tushirildi. 1931 yilda Turkisib magistralining ishga tushirilishi O’zbekistonning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1952–1955 yillarda Chorjo’y – Qo’ng’irot temir yo’li qurilishi bilan Quyi Amudaryo sobiq Ittifoq va O’zbekistonning boshqa rayonlari bilan temir yo’l orqali bog’landi. 1962 yilda Navoiy – Uchquduq temir yo’li qurib bitkazilib, kon bilan sanoat markazi bog’landi. O’zbekistondagi temir yo’llarning uzunligi 3,4 ming kilometrga etdi. 1990 yilgacha Nukus– Chimboy temir yo’li qurib bitkazilib Tuyamo’yin–To’rtko’l yo’li qurildi. Ayni paytda qurilish Н. Тухлиев, А. Таксанов Национальная iкономическая модель Узбекистана. Т:. «Өқитувчи» 2000. 120 payoniga etgan Nukus–Uchquduq temir yo’li Respublika ahamiyatiga ega bo’lgan transport kommunikatsiyasini rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. Avtomobil transporti O’zbekistonda tez rivojlanmoqda. Bu transport asosan Respublika rayonlararo va xo’jaliklararo yuklarni tashishida muhim rol o’ynaydi. Keyingi yillarda Hamdo’stlik mamlakatlari va boshqa xalqaro xalq xo’jalik yuklarini tashishda uning ahamiyati oshib bormoqda. Avtmobil transporti ayniqsa, temir yo’l bo’lmagan cho’l, adir va tog’li joylarda asosiy transport vositasidir. Bir qancha beton yo’llar – Toshkent–Olmaliq yo’li, Katta O’zbekiston trakti, Farg’ona xalqa yo’li, Zarafshon va Qoraqalpog’iston tarktlari va boshqa yo’llar qurildi. Hozir Respublikada 70 ga yaqin avtobus va taksomotor saroylari barpo etilgan, ular zamonaviy texnika bilan taminlangan. Respublikamizda “O’rta Osiyo trans” avtomobil firmasining tashkil etilganligi O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga o’tganligining belgilaridan biridir. O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida va iqtisodiy aloqalarning o’sishida havo transportining roli oshib bormoqda. Respublikamiz endilikda Hamdo’stlikning 1000 dan ortiq shahar va aholi manzilgohlari, shu jumladan, uning barcha poytaxtlari bilan havo transporti orqali bog’langan. Toshknt aeroporti Sharqning xalqaro havo darvozalaridan biridir. Nukus, Termiz, Jizzax, Qarshi, Andijon va Namangan shaharlarida zamonaviy aeroportlar qurildi. Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlaridagi aeroportlar halqaro talabga javob beradigan ravishda qayta tamirlandi. Toshkent aeroporti passajirlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan zamonaviy yirik aeroportlardan biridir. Toshkentdan dunyoning ko’pgina mamlakatlariga samolyotlar parvoz qiladi. Hozir Respublikamizda samolyotlarda 1940 yilga nisbatan 110 marta, yuk tashish esa 230 martadan ziyod ko’paydi.O’zbekiston suv transporti rayonlararo xalq xo’jalik yuklarini tashishga xizmat qiladi. O’zbekistoninng quvur transporti rivojlanib bormoqda. Respublika hududida neft quvuri dastlab Chimyon neft koni bilan Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi o’rtasida qurilgan edi. Sovet hokimiyati yillarida Farg’ona vodiysida bir qancha neft konlari topilib ishga tushirilgach bu konlardan Oltiariq va Farg’ona neftni qayta ishlash zavodlariga neft quvurlar orqali keltiriladigan bo’ldi. Respublikamiz janubida neft konlari (Lalmikor, Qumqo’rg’on) ishga tushirilishi bilan Amudaryo konidan Amu Zangacha, Qashqadaryo viloyatidagi G’arbiy Toshloqdan Qashqadaryo bekatigacha, Shimoliy O’rtabuloqdan Oltingugurt zavodigacha neft quvurlari o’tkazildi. 1992 yilda Mingbuloq–Oqtosh neft quvuri ishga tushirildi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi esa Ko’kdumaloq–Qoravul bozor neft quvurining yotqizilishiga olib keldi. O’zbekistonda tabiiy gaz konlarining ishga tushirilishi quvur transportining rivojlanishida yangi istiqbollar ochib berdi. Gaz quvurlarini qurish 1958 yilda boshlandi. 1960 yilgacha Asaliy So’x–Farg’ona Quvasoy, Gazli–Kogon gaz quvurlari bitkazildi. O’zbekistonning deyarli barcha viloyat markazlari, Qozog’iston va Qirg’iziston gaz quvurlari o’tkazilgan. Respublikadagi Jarqoq–Buxoro, Samarqand– Toshkent gaz quvurlari juda muhimdir. Respublikadagi elektr stantsiyalarning O’rta Osiyo elektr tizimiga ulanishi bilan trasportnig yangi turi – elektron transport vujudga keldi. O’zbekiston xalq xo’jaligini rivojanishida bu transportning salmog’i tobora ortib bormoqda. O’zbekistonda birinchi elektr uzatgich liniyasi 1933 yilda GESi bilan Sharqiy Toshkent podstantsiyasi orasida qurilgan edi. 1958 yilda Qayraqqum GESi bilan Qo’yliq (Toshkent) orasida elektr uzatkich liniyasi qurildi. So’ngra Sirdaryo GRESi–Toshkent, Andijon–To’xtag’ul, Toshkent GRESi–Shimkent, Tursunzoda–G’uzor–Sirdaryo orasida elektr uzatkich liniyalari barpo etildi. Shunday qilib, O’zbekistonning asosiy elektr energiyasi manbalari qo’shni respublikalar bilan birlashtirildi, yani O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston energetika tizimi barpo etildi. Hozir O’zbekistonda 15 ming kilometrdan ortiq yuqori voltli kuchlanish elektr uzatkich liniyalari ishlab turibdi. 121 Bizga malumki, ishlab chiqarish infrastrukturasiga yana inshoat va qurilmalar, kommunikatsiya va tarmoqlar, jumladan elektr uzatish yo’llari, taqsimash tarmoqlari, suv, gaz, neft o’tkazgichlari issiqlik trassalari, telefon tarmoqlari va boshqalar kiradi. Xalq xo’jaligini ishlab chiqarish infrastruktura tizimi bilan taminlanganligini ko’rib chiqamiz (shahar va qishloq joylarda). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling