O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018


Download 456.18 Kb.
bet45/73
Sana20.11.2023
Hajmi456.18 Kb.
#1788935
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Bog'liq
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo‘llash jarayonida, ta’lim muas-sasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq eti-layotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiri-tilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘li-nadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:

  1. kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;


  2. kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;


  3. kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;


  4. har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;


  5. xulosa chiqarishga shoshilmaslik.


Pedagogik tadqiqotning asosiy yo‘llari, usullaridan biri kuzatish metodidir. Kuzatish ilmiy tadqiqot metodi aniq maqsadga qaratilgan, reja asosida pedagogik voqeylikni, jarayonni mohiyatini, qonuniyatlarini aniqlash yo‘llari, usullaridir. Oddiy kuzatishdan ilmiy tadqiqot kuzatishi quyidagi xususitlari bilan farq qiladi.


1. Ilmiy kuzatish aniq maqsadga qaratilgan ma’lum g‘oya, ilmiy faraz asosida tashkil etiladi. Masalan, u yoki bu ijtimoiy guruhda mafkuraviy immunitetni shakllanganlik holatini aniqlash, o‘tkazilgan tajriba natijalarini baholash, tarbiyaviy tadbirlarni ta’sir imkoniyatlarini aniqlash, ilmiy faraz isbotini aniqlash bo‘lishi mumkin.
2. Ilmiy kuzatishni reja asosida tizimli tashkil etilishi. Tadqiqotchi qo‘ygan maqsadi bo‘yicha kuzatish dasturini tuzadi, vaqtni belgilaydi, kuzatish vositalarini aniqlaydi, natijalarni umumlashtiradi. Kuzatish metodidan samarali foydalanish uchun tadqiqotchi amaliy faraz, dalil mezoni va olinadigan natija bir biriga mosligiga e’tibor berishi zarur.
3. Obyektivlik ilmiy kuzatish metodining asosiy tamoyilidir. Voqeylik hodisalarni bor holatini yozib borish, texnika vositalari: magnitafon, ko‘rsatuv vositalaridan foydalanish takroran kuzatish imkonini beradi. Ilmiy kuzatishning o‘ziga xos xususiyati tabiiy muayan pedagogik jarayonni xolisona tahlil etishda. CHunki, pedagogik kuzatishni tashkil etishda subyektiv holatlar uchrashi mumkin. Subyektivlikka, pedagogik voqe’likni hohish istak asosida tahlil etish, xulosani ilmiy qimmatini tushiradi. Fanda kuzatish metodining bir necha usullari mavjud. Pedagogik ilmiy tadqiqotda kuzatish obyekti uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayoni, yoshlar, pedagoglar, ota onalar faoliyati, muayyan pedagogik vaziyatlardir. Masalan, kuzatish obyektining mavjud vaziyatda holati:
- vaziyatdagi holatning asosiy sababi psixik voqe’lik;
- kuzatish obyektining jamoada tutgan o‘rni, jamoaga munosabati;
- so‘z va amaliy faoliyatning bog‘liqligi;
-ma’naviy-axloqiy, estetik, emotsional darajasi;
- nutqi, mimikasi, o‘zini tutish xususiyati, ularni boshqa vaziyatdagi holati kabilar hisobga olinadi.
Kuzatishda mavjud holat, voqe’lik tezda yozib borilishi shart, ayrim qirralari, dalillar vaqtida yozib borilmasa yoddan ko‘tarilishi mumkin.
Avvalo, ilmiy pedagogik kuzatishda o‘rganayotgan obyektning qo‘yilgan maqsad bo‘yicha mavjud sharoitda ichki holati, faoliyati; ikkinchidan, ichki va tashqi holatining uyg‘unligi, faoliyatda namoyon bo‘lishi; Uchinchidan,faoliyatni izchilligi, uzviyligi holati aniqlanadi.
Ilmiy kuzatish bevosita va bilvosita tashkil etilishi mumkin. Bevosita kuzatishda ilmiy izlanuvchi o‘zi amalga oshiradi, har xil vaziyatda izchil kuzatish natijasini yozib boradi. Bilvosita ilmiy tadqiqotda yordamchilarning qatnashishi, mutaxassislar ishtiroki ularni tadqiqot maqsadini xabardorligi muhimdir. Tadqiqotda hamkasblar, talabalar, maktabdan tashqari ta’lim muassasasi xodimlari qatnashishi mumkin. Shuningdek, o‘z-o‘zini kuzatish, yuqori sinf o‘quvchilari o‘rta-maxsus ta’lim, oliy o‘quv yurti talabalari orqali tadqiqot maqsadiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Pedagogik ilmiy tadqiqot farazsiga ko‘ra ilmiy kuzatish ochiq va yopiq shaklda olib borilishi mumkin. Ko‘pgina hollarda ochiq kuzatishda tadqiqot maqsadi aniqlanganda tashqi kuzatishda obyektiv holat o‘zgarishi mumkin.
Pedagogik ilmiy kuzatish qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli ma’lum soatda, daqiqalarda o‘tkazilishi mumkin, tadqiqot maqsadida tezkorlik , ayrim holatlarda qo‘llaniladi.
Uzoq muddatli ilmiy kuzatish bir necha yilgacha bo‘lish, ijtimoiy munosabatlar rivojini aniqlashda, kompleks muammolarni aniqlashda qo‘llaniladi. Bunday kuzatishni voqe’likning sababini aniqlash, prognozlash, o‘zlashtirishni yaxshilash masalalarida qo‘llaniladi.
Ilmiy kuzatish metodi eng ko‘p qo‘llaniladigan va murakkab metoddir. SHuning uchun o‘tkazishga alohida tayyorgarlik ko‘rish, iloji boricha oldindan mashq qilib ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lish zarur. YA’ni, aniq reja asosida tashkil etish, konsepsiya, ilmiy faraz, tadqiqotchining fikriy tajribasi o‘qituvchi va o‘quvchilar munosabati hisobga olinadi. Kuzatish jarayonida dalil aniq qayt etilishi, ishtiirokchilar va vaqti aniq ko‘rsatilishi shart. Kuzatish natijalarini tahlil etish, qiyoslash, umumlashtirish tadqiqotchiga aniq xulosa qilish imkoniyatini beradi.



Download 456.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling