O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar»
Download 6.87 Mb.
|
bt-sti-majmua-barno
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 - mashg‘ulot
- 2 - mashg‘ulot
- 3 - mashg‘ulot
- 5 - mashg‘ulot
- 7 - mashg‘ulot
- 9 - mashg‘ulot
- 10 - mashg‘ulot
- 12 - mashg‘ulot
Matematika to‘garagi
Maktabda matematikadan sinfdan tashqari ishning asosiy formasi matematika to‘garagidir. Maktabda matematika to‘garagi bo‘lsa, sinfdan tashqari ishlarning boshqa hech qaysi shakli (matematik olimpiada, matematika kechasi o‘tkazish va matematika gazetasi chiqarish) mumkin bo‘lmaydi, chunki maktabda matematika ishlarini tashkil qiladigan aktivlar to‘garak a’zolaridan iborat bo‘ladi. Tajriba kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan 1-sinfdan (ii-chorakdan) boshlab to‘garak mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ammo odatda bu ishni ii-iv sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi. Matematika to‘garagi ishi, uni tugri tashkil kilganda va uni tkazish metodikasidan to‘g‘ri foydalanganda, o‘quvchilarda matematikaga qiziqish uyg‘otish va bu qiziqishni rivojlantirish, ularning bilim va matematik kobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi. Mustaqil ishlash ko‘nikmalarini singdiradi, o‘z kuchlariga ishonchni, qiyinchiliklarini mustaqil bartaraf qilish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalar to‘garak ishi jarayonida o‘zlarining matematikaga qiziqishi o‘sganligini, yangi bilimlar va malakalar olganliklarini anglab yetishlari katta ahamiyatga ega. Shu boisdan o‘tkaziladigan mustaqil ishlar natijalarini o‘quvchilarning umumiy va individual muvaffaqiyatlarini ta’kidlagan holda to‘la batafsil tahlil qilish kerak. To‘garakning ba’zi mashg‘ulotlariga o‘quvchilarning ota-onalarini ham taklif qilish mumkin. Matematik savollar va masalalarning turli-tumanligiga qaramay kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan to‘garak mashg‘ulotlari mazmuni quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak. 1. Rejalashtiruvchi material dastur materiali bilan bog‘lanishga ega. Bunda hisoblash amallari qaralayotgan sinf dasturi talablaridan ortib ketmaydi, hisoblashlar, masalalar yechish, geometrik figuralarni yasashlarga amaliyot bilan nazariya orasidagi bog‘lanish ta’minlanishi kerak. 2. O‘rganilayotgan masalalar istiqbol maqsadlarga ega bo‘lishi, ya’ni o‘quvchilarni kelajakda o‘rganilishi nazarda tutilgan matematik masalalarni, masalan: to‘plam, funksional bog‘lanish, algebraik simvolika, tenglamalar, grafiklar ular yordamida arifmetik masalalarni yechish va hokazolarni o‘rganishga tayyorlashga ega bo‘lishi mumkin. 3. O‘rganiladigan masalalarning mazmuni qaralayotgan yoshdagi bolalarning kuchlari yetadigan, ularda matematikaga muxabbat va uni o‘rganishga qiziqish uyg‘otadigan asosiy ta’lim va tarbiyaviy masalalarni hal qilish imkonini beradigan bo‘lishi kerak. Qiyinroq misol va masalalar yechish, o‘quvchilar tafakkurini, konkretdan abstraktga o‘tish, zarur umumlashtirishlarni qila olish qobiliyatlarini rivojlantirish va hokazolar to‘garak ishi mazmuniga kiradi. Qizikarlilik xarakteridagi mashqlar, arifmetik fokuslar, «ajoyib kvadrat»lar, topishmoqlar, qiziqarli o‘yinlar, she’rlar va katta o‘rin oladi. Shu bilan birga materialni qiziqarli bo‘lishi yagona maqsad emas qaraladigan matematik qoidalar, qonuniyatlarni chuqurroq tushuntirishga imkon beradi. To‘garak mashg‘ulotlarida o‘qituvchilar suhbatlariga, to‘garak a’zolarining chiqishlariga katta o‘rin ajratiladi, ba’zi nazariy material o‘qituvchilar suhbatlarida bayon qilinadi, qiziqarli matematik masalalar beriladi. Matematika to‘garagida bir gruppa bolalarning ishtirok qilishi va ularning qiladigan ishlari faqat to‘garak qatnashchilarigina emas, balki sinfdoshlarning hammasi uchun ham katta ahamiyatga egadir. To‘garak a’zolari qo‘shma to‘garak tayyorlashda, ekskursiya o‘tkazishda, matematika gazetasi chiqarishda, matematika burchagi tashkil qilishda, shu singari ishlarda o‘qituvchiga yordam beradi. To‘garakda o‘qituvchilar masalalar yechish bilan birgalikda arifmolitr yoki cho‘tdan foydalanib, tez hisoblash va yer ustida o‘lchash ishlarini bajarish malakalarini hosil qiladilar. O‘qituvchi to‘garak a’zolari bilan haftada bir marta o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni oldindan rejalashtiradi. To‘garak mashg‘ulotlarini 2-sinflarda 30-35 minut, 3-4-sinflarda 35-40 minut davomiyligida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Matematik to‘garak ishini rejalashtirishda shuni hisobga olish kerakki, alohida olingan mashg‘ulot qo‘yilgan masalalarni to‘la hal qilmaydi. Hamma rejalashtirilgan mashg‘ulotlarning o‘rganilishi nazarda tutilgan savollarning to‘la ishlanmasi bilan birgalikdagi oldindan o‘ylab qo‘yilgan sistemasi zarur. Shu munosabat bilan yarim yilga yoki birdaniga bir yilga mo‘ljallangan reja tuzish kerak. Bunda butun materialni shunday taqsimlash lozimki, u shu vaqtda darsda o‘rganilayotgan mavzular bilan bog‘lik bo‘lsin. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishning boshida rejada o‘zgarishlar, to‘ldirishlar kiritiladi. Mavzuni butun o‘rganishni qiyinroq masalalarni yechish, shuningdek topqirlik, ziyraklik, diqqat talab qiluvchi masalalarni yechish, kichik-kichik qiziqarli savollarni almashlab borish foydalidir. Boshlang‘ich sinflarda quyidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazish mumkin: 1 - mashg‘ulot 1. O‘zbek matematiklaridan al-xorazmiyning bolaligi va sonlarni qanday topganligi haqida suhbat. 2. O‘ylagan sonni topish o‘yini. 2 - mashg‘ulot 1. Geometrik figuralarni tuzilishi va chizilishi haqida (qog‘oz va kartondan yasash). 2. Tartib bilan sanash o‘yini. 3 - mashg‘ulot 1. Ulug‘bekning bolaligi va matematikaga oid ishlari. 2. Qiziqarli masalalar. 4 - mashg‘ulot 1. Faraz qilish usuli bilan yechiladigan masalalar. 2. Tarozi bilan ishlash. 5 - mashg‘ulot 1. «oilada matematika» masalasini yechish. 2. Hazil masala. 6 - mashg‘ulot 1. Umar hayyom hayoti haqida suhbat. 2. Kalendar tuza olasizmi. 7 - mashg‘ulot 1. Mitti va ulkan sonlar haqida suhbat. 2. Mantiqiy masalalarni yechish. 8 - mashg‘ulot 1. Abu ali ibn sinoning ijodi. 2. 9 ga oid 9 topshiriqlarini bajarish. 9 - mashg‘ulot 1. Maktab hayoti bilan bog‘langan masalalarni yechish. 2. Ko‘rgazmali qurollar yordamida tenglik, tengsizlikni o‘rganish. 10 - mashg‘ulot 1. Gugurt cho‘plari bilan ishlash. 2. Pulli hisoblashlarga doir masalalar. 11 - mashg‘ulot 1. Idrok qilishga doir masalalar yechish. 2. Rim raqamlari yordamida sonlarni yozishga o‘rgatish. 12 - mashg‘ulot 1. Matematik belgilar tarixi haqida suhbat. 2. Yildagi oylar haqida ma’lumot. 13 - mashg‘ulot 1. Hazil masalalar yechish. 2. Matematik topishmoqlar. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling