O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar»


Kuni uzaytirilgan guruhlarning ish turlari


Download 6.87 Mb.
bet34/36
Sana24.08.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1669794
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
bt-sti-majmua-barno

Kuni uzaytirilgan guruhlarning ish turlari

  • Maktabda har bir sinf uchun bitta kuni uzaytirilgan guruh tashkil etiladi. Bu guruhda 3 ta fan asosida (ona tili, o’qish, matematika) ish tashkil etiladi.

  • Bunday guruh uchun maxsus o’qituvchi biriktiriladi.

  • Kuni uzaytirilgan guruhlarning darslari asosiy darslar tugaganidan keyin o’tkaziladi.

Kuni uzaytirilgan guruhlarning vazifalari:

  • Dars jarayonida mavzuni o’zlashtirishga qiynalayotgan o’quvchilar bilan ishlash;

  • Uyga berilgan vazifalarni mustaqil bajara olmaydigan o’quvchilar bilan ishlash;

  • Darsda o’tilgan mavzu asosida savol-javob yoki boshqa metodlar orqali o’quvchi bilimini mustahkamlash.



Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda ertaklarni o`rgatish metodikasi
Reja:
1. Adabiy janrlar haqida ma’lumot.
2. Ertak o’qish metodikasi.
3. Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida berilgan ertak va hikoyalarning o’ziga xos xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: adabiy janr, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, topishmoq

ADABIYOTLAR
1. Karima Qosimova va boshqalar “Ona tili o’qitish metodikasi” Toshkent 2009.
2. Nurmatova M. Ifodali o`qish to`garagi. “Til va adabiyot ta`limi” 1992 yil. 1-son.
3. Jalilova M. Ne`matova G. Takrorlash mashg`ulotlarini “Topqirlar bellashuvi” tarzida o`tkazish. “Til va adabiyot ta`limi” 1994 yil 2-3 qo`shma sonlari.
4. J.O.Tolibova. Pedagogik texnologiyalar – do‘stona muhit yaratish omili. - T. 2005
Adabiy janrlar haqida ma’lumot
Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o’rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop maqolalar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. SHunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchi unga mos metodlar tanlashi talab etiladi.
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir”.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling