O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti filologiya va tillarni o`qitish (O`zbek tili)
“Xudoyorxon va Furqat” asarida shoir va uning
Download 111.41 Kb.
|
Reja Kirish. Ishning umumiy tavsifi. I bob Furqatshunoslikning-fayllar.org
2.2. “Xudoyorxon va Furqat” asarida shoir va uning
ayrim asarlari haqida mulohazalar Zabardast o`zbek ma’rifatparvari Zokirjon Xolmuhammad o`g`li yashagan davr Qo`qon xonligi talato`plaolar girdobida edi. Ya’ni, toj-u taxt uchun bir qancha davogarlar chiqayotgan, rus bosqinchilari xonni taxtdan ag`darishga urinayotgan va bunga erishib yurtni xoxlagancha boshqarayoygan davr edi. Sharif Yusupov navbatdagi risolada Furqatning ushbu voqealarga munosabati qanday ekanligi to`g`risida bir qancha mulohalar yuritgan. Uning bu ishga qo`l urishiga asosiy sababni ushbu jumlalardan anglashimiz mumkin: “Furqat o`z xotirasida mustahkam o`rnashib qolgan bu iztirobli voqealarni qayta-qayta mushohada etgan, shu munosabat bilan qo`liga ko`p marta qalam olgan, bu xususda yaratilgan o`z asarlarinigina emas, balki hamkasb shoir do`stlari tomonidan bitilgan asarlarni ham o`zbek o`quvchilari bilan bir qatorda rus o`quvchilariga yetkazish yo`llarini ham topgan” . Bundan tashqari, bir qator rus tadqiqotchilari,xususan, 1972-yilda Leningradda Muqimiy va Furqat she’rlarini alohida kitob holida nashr ettirgan A.Zirin “Furqat Qo`qonni larzaga solgan o`zaro urushlar va qo`zg`olonlarning jonli guvohi edi. Biroq uning she’riy ijodida o`z ko`z o`ngida sodir bo`lgan bu voqealarga qiziqqanligini ko`rmaymiz” degan fikrlariga qarshiligi bu risolaning dunyoga kelishida bosh omil bo`ldi. Olim Furqatning bo`lib o`tayotgan voqealarga munosabat bildirgan bir qancha asarlarini talqin qiladi, ham adabiyot, ham tarix uchun muhim ma’lumotlarni ilm ahliga taqdim etadi. Kitobning debochasida Sharif Yusupov Furqat dastlab qo`qonlik shoir do`sti Mulla Siddiq Kotibning “O`ldi” radifli yuz misradan iborat katta muxammasini, sal keyinroq o`zining “Muxammas Muhammad Xudoyorxon tilidan” sarlavhali salmoqli muhammasini N.Ostroumov va Sattorxon Abdug`afforov yordamida ruscha tarjima qildirgani . Uni “Ross iya Arxeologiya jamiyati Sharqshunoslik bo`limi “Axborot”ida Peterburgda chop ettiradi. 1903-yil 9-iyunda “ Turkiston viloyati gazeti”da “Qasida” sarlavhali asar nashr qildirib,unda Qo`qon xonligidaa yuz berayotgan so`nggi voqealarni aks ettiradi. “Turkiston viloyatining gazeti”ning o`n ikki sonida chop etilgan “Sarguzashtnoma12” asarida Qo`qon xonligining rus mustamlakasiga aylanishiga olib kelgan voqealar,qirg`inlar,noshukurliklar manzarasini yoritgan. Furqat Qo`qon xonligining eng so`nggi hafta va oylariga bag`ishlangan asar yozgan, ammo bu asar bizgacha yetib kelmagan. Sharif Yusupov risolasining keyingi qismlarida Furqat aynan qaysi asarlarida qo`qon xonligining so`nggi kunlari haqida yozganini to`laroq yoritadi. So`nggi Qo`qon xoni Xudoyorxon hukmronligining turli davrlarida Niyoziy Xo`qandiy “Ilg`or ahli qissasi”, Mulla Qori Qunduziy “Tavorixi manzuma”,Mulla Avaz Muammad So`fi Attorning “Tuxfatut tavorixi xon”, Manjur Xo`jandiyning “Tarixi Xo`qand”, Shavqiy Namangoniyning “Jangnomayi Xudoyorxon” Abdug`afurovning “Zafarnomayi Xudoyorxon” asrlari yozilgan. Bu davrda Furqat uning zamondoshlari ham Xudoyorxonga atalgan muxammaslar bitgan. Sharif Yusupov ayni shu muxammaslarni to`plab, ulardagi yangi tarixiy faktlarni o`rganadi. “Xudoyorxon va Furqat” kitobining “Xudoyorxonga hamdard misralar”qismida Zavqiy,Zoriy, Kotib,Furqat muxammaslari yaratilish tarixi va o`ziga xos xususiyatlari haqida so`z boradi. Furqatning “Muxammasi Muhammad Xudoyorxon tilidan” deb nomlangan asari 1893-yil “Rossiya Arxeologiya jamiyati Sharqshunoslik bo`limi “Axboroti”ning sakkizinchi sonida birinchi marta chop etilgan. Unda to`la o`zbekcha nashr bilan bira ruscha tarchimasi ham bo`lib shaxsan N.Ostroumov va S. Abdug`afurov tarjima qilgan edi. Asar inqilobdan oldin ya’ni 1914-yilda Abdulla Avloniyning “Adabiyot” to`plamida nahr etilgan.1971-yilda Sobirjon Ibrohimov tomonidan “Muxammasi Muhammad Xudoyorxon tilidan” muxammasi nashrga tayyorlanib “Mehnat va turmush” oynomasining 5-sonida chop etilgan. Keyingi ikki nashrda Furqat tomonidan yozilgan so`zboshi berilmagan. “Xudoyorxon va Furqat” kitobida Sharif Yusupov asarni ilk nashrdagi mukammal xolida o`quvchilarga taqdim etadi. Furqat muxammasning so`zboshisida Xudoyorxon vatanjudolik kezlarida “charxi kajraftorning bedodidin shikoyat qilib, asosi davlat va xidomi xashamatlarni yod aylab, bir muncha hasratangez va nadomatomezlik birla” so`zlagan so`zlarini eshitgan kishilardan so`rab bu maxammasni bitganini yozadi. Ushbu muxammasning Kotib muxammasidan farqi Xudoyorxon tilidan yozilganidir. Demish xon bir kunikim davru davronlar qayon qoldi? Sariri saltanatda hukm-farmonlar qayon qoldi? Munaqqash xonalar, zarrin namoyonlar qayon qoldi? Ravoqu peshtoqu qasri kayvonlar qayon qoldi? Muqarnas, shahnishin zarkor ayvonlar qayon qoldi? Bor edi xizmatimda kecha-kunduz yaxshi hamdamlar, Beliga bog`lag`on tillo kamar gulchehra mahramlar, Misoli bu Ali Ibn sino, Falotuntab’ odamlar, Fatonat bobida olg`on hama xatti musallamlar O`shandog` ahli donishlar, suhandon qayon qoldi? Qabul aylab xudo bu tavba birla oh-zorimni, Yana Farg`onaga bir yo`l yeturgaymu guzorimni, Quvonsa notavon ko`nglum ko`rub yor-u diyorimni, Duogo`ular ichinda yaxshi bilgan e’tiborimni, Darig`o,Furqatiydek diyda giryonlar qayon qoldi? Muxammasining boshqalardan farqi Xudoyorxon toj-taxti zavolga uchrashini Kotib xon atrofidagi amaldorlarning xiyonati, og`li Nasriddinxonning laqmaligi, boshqalarning nohaqligidanm deb bilsa, Furqat bu ishlarning bosh sababi xonning maishatparastligi, hashamatga ortiqcha hirs qo`yganligi, fuqaro tirikchiligi g`amini yemaganligidan deb hisoblaganidir.Kotib Xudoyorxonning maishiy tomonlarini umuman qalamga olmagan, Furqat esa bu jihatlarni birinchi planga chiqargan. Muxammasning yana bir farqi haqida olim “Kotib muxammasini o`qigach, xon atrofida tuzuk, insofli,ilm-ma’rifatli odamlar umuman bo`lmagan ekanda deb o`ylaymiz . Furqat esa xonning maishatparastligi va hashamatga o`chligidan ichki norozilik bildirgan holda,uning atrofida aibn Sino, Aflotun taxlitidagi ahli donishlar, valoyat hosil etgan yaxshi eshonlar ham bo`lganligiga e’tibor qaratganligidir” degan mulhaza yuritadi.Bu muxammas Furqatni nafaqat Turkistin, Balki Rossiya va boshqa xorijiy mamalakatlarda ham mashhur qilgan Bundan tashqari, olim “Xo`qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti, o`zi yozg`oni” nomli mashhur nasriy asarini ham o`rganib unda shoirning davrga bo`lgan munosabatlarini yoritadi. “Ahvolot”da Furqat Xudoyorxon Qo`qon xonligidagi barcha madarasalar faoliyati bilan, ularda o`quv-tarbiya ishlari ta’minot masalari bilan shug`ullanishni o`z zimmasiga olgan. Bu bilan olim Xudoyorxonning ko`p yillar davomida kaltafahm va chalasavod hukmdor degan qarashlarga chek qo`yadi. Buni yaqqolroq “Xudoyorxon qochishga majbur bo`lishi bilanoq barcha madrasalar yopilib tolibi ilmlar kalavaning uchini yo`qotib qo`yadilar,duch kelgan kasb-hunarga o`zlani urishdab boshqa choralar qolmaydi” deb isbotlab beradi. . Qo`qon xonligida yuz bergan voqealar umrining oxirigacha Furqat qalbini vayron qilib kelganligini olim “Qasida” nomli asari orqali ham isbotlab bergan. Asarning kirish qismida asl maqsadni ifodalab “Mabodo xotirlarig`a xutur qilmog`aykim bu so`zlar xushomadgo`ylik yuzidin ado topg`n bo`lg`ay deb.Chunki maqsudimiz asli boshqa yerga resha chekmoqlig`i ko`nglumiz ganjinasida maktum va mazammirdur, vassalom” deb yozadi Furqat. “Qasida” asl ma’nosini chaqmay turib unga ta’na toshlarini otgan tadqiqotchilar fikriga qarshi chiqib olim asrdagi tag ma’noni o`quvchilar hukmiga havola etadi. Zukko ma’rifatparvar shoir aslida xiyonotkorona qilmishlari bilan Qo`qon xonligini rus mustamlakchilari oyog`i ostiga tashlab berishga olib kelgan o`jar va kaltabin , mol-dunyo va amalga mukkasidan ketgan hamyurtlarini avvalgi asarlarida deyarli uchramaydigan achchiq istehzo bilan,masxara ohanglarida hajv qiladi, ularning asl qiyofalarini fosh qiladi. Qadim ayyom xonlar davrini ko`rgan eshitganmiz, Har oyda bir tarafdin yov chiqib elga ziyon etti. Sipohilikda tartibu nizomi yo`q xaloyiqlar Bir-ikki ming kishi jam o`lsa, bir qirg`izni xon etti. Bir-ikki gaz qizil gaz chit nayzaga bog`la, alam aylab, Qo`shun tortub, necha yerlarni taroju talon etti Ota-bobosi miltiq otmaganlar: “biz sipohi”, deb, Minib bir baytal otni, o`zini botur gumon etti. Ko`sovdek miltiq ustida temurdek shofni bog`lab, Hayolida borib taxsiri Shomu Soqilon etti. Ko`b elni xuni nohaq qildi ul saffok zolimlar, Bolosini etim, xotunlarin bexonumon etti. Sharif Yusupov Furqatning “Muxammasi Muhammad Xudoyorxon tilidan” “Xo`qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti, o`zi yozg`oni” “Qasida” asarlarini talqin qilib ,shoir aslida Qo`qon xonligining so`nggi davriga befarq bo`lmaganligini asoslab berdi. Xulosa o`rnida olim quyidagi fikrlarni keltiradi: “ Zamonasining buyuk ijodkorlaridan bo`lmish Zokirjon Furqat xalq hayotiga, el-yurt qismatiga aloqador har bir voqeaga, bu voqealarda ma’lum rol o`ynagan tarixiy shaxslarga zo`r qiziqish hada sinchkovlik bilan qaragan, ular haqida yolqinli asarlar yaratgan, boshqa ijodkorlarning shu xususdagi asarlarini manfatdorlik bilan kuzatib brogan, ularni keng targ`ib etishdek savobli amallarni bajonu dil bajargan” Shunday qilib, Sharif Yusupov ham adabiyot, ham tarix uchun g`oyat muhim manbalarni taqdim etgan.Bundan tashqari, Furqatning ichki dunyosini , his-tuyg`ularini ham yoritib bergan. Download 111.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling