O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti filologiya va tillarni o`qitish (O`zbek tili)
Xorijlik tadqiqotchilarning Furqat bo`yicha ishlari
Download 111.41 Kb.
|
Reja Kirish. Ishning umumiy tavsifi. I bob Furqatshunoslikning-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik davrida furqatshunoslk
1.4. Xorijlik tadqiqotchilarning Furqat bo`yicha ishlari
Furqat shaxsiga bo`lgan qiziqish xorijlik tadqiqodlarda ham o`z aksini topgan. Amerikada Kolumbiya universiteti professori E. Ollvort, Turkiyada boshqird olimi, jadidchilik harakati yetakchilaridan Aqmad Zaki Validiy, Majoristonda Y. Ekkman, Sharqiy Turkistonda Ne`matullo Ubaydullo hoji, qodir Akbar, Arshildin Totliqkabi olimlar shoir qayoti va ijodini tadqiq etish borasida diqqatga sazovor ishlarni amalga oshirdilar. 1989-yilda Xitoy xalq respublikasining Qashqar uyg`ur nashriyotida Ne’matilla Ubaydulla hoji va Fayzullajon Is’hoq hojilar tomonidan nashrga tayyorlangan “Furqat tanlangan asarlari” chop etilgan.Kitobning bosh qismida kattagina kirish qismi berilgan . Unda yozilishicha, Furqat Qashqarda uyg`ur xalqining o'zbek xalqiga bo'lgan mer-oqibatini juda oshirib yuborgan. Uni yoshu-qari birday xurmat qilgan. So'z boshida yozilishicha, inson ruhiyati va tanasining tabibi-shoir Zokirjon Xolmuhammad o'g`li Furqat “1859 yili 3-oyning, 1-kuni Farg`ona vodiysini Qo'qon shahrining G`isht Ko'prik guzaridagi Eski Beshariq mahallasida ushshoq tijoratchi oylasida tu?ilgan. Zokirjonning dadasi Xolmuhammad zamonasining loyiq ilm suyar ma'rifatchi kishisi bo'lgan. Zokirjon Qo'qonning xususiy maktablarida savod chiqargan. 1870- yili “Mohlar Oyim” madrasasiga kirib ilm tahsil qiladi,”- deb yozadi. So'z boshi mualliflari shoir Furqat Yorkentda yozgan hamma asarlarini ham savdogarlar orqali doimiy ravishda Toshkentga, “Turkiston viloyatining gazeti” taxririyatiga, Toshboltu singari do'stlariga jo'natib ulgura olmaganini. Uning ko'pgina she'rilari siyohi qurimay, Yorkentliklar tiliga tushib ketganini chuqur hurmat bilan ta'kidlaydilar. Uning uchdan-ikki qismigina qolganini taxminlaydilar. “Shu nuqta misolida qayt qilish zarurki, -deb yozadi so'z boshi mualliflari, - o'zbek adabiyoti ko'p millatli Shingjong adabiy tarixini bir asr ilgarilab ketishiga sababchi bo'ldi”. Shuningdek, so`zboshida Furqat hayotining oxirgi yillarida Yorkentda yaratgan asarlarini to'plab ikki jildlik devon tuzishga kirishgan. Uning birinchi jildiga “Debochai avval” deb nom qo'yilib, unga g`azal va musammatlarini kirgizmoqchi bo'lganini, ikkinchisi “Debochai soni” bo'lishini hisobga olib asarlariga tartib bera boshlaganini, afsuski bu ezgu maqsadini shoir amalga oshira olmagan deb ma’lumot beriladi . U 1909-yilning 9-oyida bo'g`uz og`rig`i” kasali bilan vafot etganini, uning jasadi Yorkentdagi o'zbeklar qabristoniga qo'yilganini yozadilar. Mazkur to'plamga, -deb yozadi, so'z boshi mualliflari shoirning qo'lyozma asarlaridan “Bayozlar”, “Tuxfat ul - obidin”, “Arg`umoni Xislat”, “Bayozi Muhalla”, “Bayozi gulshani ash'or”, “Bayozi Dilkash”, “Devoni Qori” singari Yorkentda saqlanayotgan qo'lyozma va tosh bosma bayozlardan shoirning asarlarini terib olib kiritdik. Uyg`ur yozuvida nashr etilgan mazkur to'plamga shoir Furqatning 196 ta g`azali, 17 ta muxammasi, 3 ta masnaviysi, 4 ta maktubi, 1 ta dostoni, 3 ta musaddasi, 1 ta tarjibandi, 1ta mustazodi, 1 ta qasidasi va bu asarlarning har biriga alohida-alohida izohlar berilgan. Lekin to'plamdan shoirning Toshkentda yozgan “Vistavka xususida”, “Toshkent shahridagi vistavka xususida”, “Akt majlisi xususida”, “Toshkent shahrida bo'lg`on nag`ma bazmi xususida”, “Rus askarlari ta'rifida”, “Suvorov haqida”, “Yunon mulkida bir afsona” kabi qator masnaviy va qasidalari o'rin olmaganligini nashrga tayyorlovchilarning “... qo'limizdagi manbaalardan foydalandik”, jumlasi izohlab turibdi. To'plamga kiritilgan asarlarni marhum ustoz Xolid Rasul tomonidan tuzilgan ikki jildlik Furqat “Tanlagan asarlari” bilan taqqoslaganimizda anchagina g`azallar jumladan – “Berdi jahonlarg`a safo”, “Andalibi xush navo”, “Bu zamona jabro'sida vafo” singari g`azallar o'zbekcha nashrda yo'q”. Furqatning bu uyg`urcha durdona to'plamini hamda olti kitobdan iborat uyg`ur folklori materiallarini XXR Sintszyan paxtachilik instituti direktori, professor, tadbirkor Chju Ven Tszin (Yasin) tomonidan shoir vataniga keltiriladi. Adabiyotshunoslar oldidagi muhim vazifalardan biri Furqatning ushbu to`plami hamda 1959-yil Xolid Rasul nashrga tayyorlagan to`plamlar asosida Furqat asarlarini qaytadan chop etishdir. 1.5. Mustaqillik davrida furqatshunoslk Mustaqillik davri furqatshunosligida haqqoniy yoritilgan mavzulardan biri Furqatning ruslar istibdodiga munosabati masalasi bo`ldi. Ushbu yo`nalishdagi tadqiqotlar shoirning mustamlaka siyosatiga murosasiz munosabatda bo`lganligini, bu siyosatning asl maqsad-muddaosini, fojeiy oqibatlarini o`z asarlari vositasida ayovsiz fosh etganligini isbotladi. Milliy istiqlol davri furqatshunosligida shoir ijodining mutlaqo o`rganilmay kelgan yangi qirrasi diniy-ma`rifiy va so`fiyona mavzudagi asarlarini e`lon qilish, ommalashtirish va tadqiq etish borasida e`tiborga molik ilmiy izlanishlarni A. Madaminov, N. Jabborov, I. Haqqulov amalga oshirdilar. Natijada, Furqat ijodida diniy-tasavvufiy mavzu sho`ro zamonidagi ayrim tadqiqotlarda ta`kidlanganidek o`tkinchi, “... uning uchun tipik bo`lmagan kayfiyatlarni aks ettiruvchi” emas, aksincha, asosiy yo`nalishlardan ekanligi ilmiy jiqatdan asoslandi. Sho`rolar zamonida boshqa shoirlar kabi Furqat asarlarini nashr etishda ham kommunistik mafkura talablaridan kelib chiqildi. Uning aksariyat asarlari nojoiz qisqartirishlar bilan uzuq-yuluq holda chop etildi. Mavjud nashrlarni qo`lyozma manbalar bilan qiyoslash natijalari ularning bugungi talablar darajasida emasligini ko`rsatmoqda. Faqat milliy istiqlol sharofati bilangina bu haqda ochiqcha fikr yuritish, bu asarlarni to`la e`lon qilish, ommalashtirish imkoniyatlari paydo bo`ldi. Natijada shoirning shu paytgacha ma`lum bo`lmagan juda ko`p asarlari, ularning dastxat nusxalari aniqlandi va bu haqda tadqiqotlar e`lon qilindi. Milliy istiqlolga erishilganidan keyin o`tgan davr davomida zikr etilgan tadqiqotlardan tashqari, Sh.Yusupovning “ O`zbek ma`rifatparvarlik adabiyoti va Furqat” nomli uslubiy qo`llanmasi nashr etildi N.Jabborovning “Furqat asarlarining qo`lyozma manbalari” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Shoirning vaqtli matbuotda ishtiroki masalalariga bag`ishlangan tadqiqot yuzaga keldi. Sh.Rizaevning “Jadid dramasi” asarida Furqat birinchi o`zbek teatr tanqidchisi ‒ san`atshunos sifatida talqin etildi. Ushbu dalillarning o`ziyoq Furqat hayoti va ijodini tadqiq etish milliy istiqloldan keyin tamomila yangi bosqichga ko`tarilganligini, uni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar paydo bo`lganligini ko`rsatadi. 2009-yilda Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqatning 150 yilligi nishonlandi. Farg`ona viloyatida katta konferensiya o`tkazildi va unda Furqat hayoti va ijodiga bag`ishlangan 29 maqola ishtirokchilar diqqatiga havola etildi.Bular orasidan “Furqat va G`aribiy” (Zohidova D.) “Furqat she'riyatida xarobot ahli talqini”(I. Mannopov) “Furqat asarlari tilida qo`llangan rang bildiruvchi so`zlar semantikasi” (I.P.Po'latov )”Furqatning Qashqarda nashr etilgan she'riy to'plami haqida” (I.Bekmurodov )“Furqatning “Kelinchak” g`azalini o'rganish”(B. Abdurahmonova)“Furqat poetikasining bir qirrasi” (Barno Xasanova)“Furqatning bir taxmisi haqida” (Irmuxamedova G. )“Tutash taqdir tarannumi” (Kamoliddin Marasulov)“Furqat hayoti va faoliyatining geografik qirralari”(M. Mo'ydinov)“Furqat ma'naviyati” ( Muqaddas Tojiboeva)“Shoir ijodida 0Vatan va Vatan sog`inchi tasviri” (Hoshimova M. M.)“Shoir muxammaslarining mavzu doirasi”(Murodova U.)“Shoir Furqat ziyoratgohi” (Nodirbek Abdulahatov) “Furqatning “Turkiston viloyati gazeti”da bosilgan maktub va maqolalarida o'zlashma so'zlar” (N. Soatxo'jaev)“Furqat ijodida ishq mavzusi” (N. Xolmatova)“Navoiyni ustoz bilib...” (H.Otajonov)“Furqatning o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyoti taraqqiyotidagi o`rni”(Nurboy Jabborov)“Furqat izidan Yorkentga sayohat”(Olimjon Yoqubov)“Uch xarobotiy kimlar edi?” (R. Tojiboyev) Furqat ma'naviyati yoshlarga o'rnak (R. Zokirov) kabi maqolalar o`rin olgan. Download 111.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling