O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Download 6.5 Mb.
bet7/83
Sana06.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1752035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
Muqobil majmua 2023 yil

1.2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


O’zbekistonda qayta tiklanadigan energetika sohasidagi davlat siyosatida sanoati rivojlanagan, shu bilan birga rivojlanayotgan qator mamlakatlarning qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishdagi rivojlanish tajribasi va ularning miqyosi hisobga olingan. Bu shuni ko’rsatdiki, qayta tiklanadigan energetika sohasida aniq maqsad va vazifani belgilashi hamda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi –qayta tiklanadigan energiyaning an’anaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyasiga nisbatan raqobatbardosh bo’lishiga ko’maklashadi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanishga bir qadar salmoqli mablag’ sarflansa-da, ular iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaydi. An’anaviy yoqilg’i bilan ishlaydigan energetika tufayli havoga chiqayotgan oltingugurt, azot, uglerodoksidlari uzoq masofaga tarqaladi. Bundan tashqari, ular yomg’ir suvlari bilan qo’shilib, kislota birikmalariga aylanadi hamda yomg’ir tarkibida yerga tushib, o’simliklarga, tuproqqa salbiy ta’sir ko’rsatadi. Atrof muhitda bunday kislotalarning ko’payishi oqibatida, og’ir metallar oziq-ovqatlarga va pirovardida shu mahsulotlar orqali inson organizmiga ta’sir ko’rsatadi.Bunda bir zarar ikkinchi bir zararni ham o’zi bilan birga olib keladi.
Qayta tiklanadigan energiya –yer biosferasida to’xtovsiz qayta tiklanadigan va insoniyat miqyosida tuganmas hisoblanadi. Ular – quyosh energiyasi, shamol, okean, daryo, yer osti konlari, bioenergiyadir. Qayta tiklanadigan energiyaning asosiy foydali tomoni –tuganmasligi va ekologik sofligidir. Undan foydalanish sayyoraning energiya muvozanatini o’zgartirmaydi, ya’ni tabiat jarayonlariga ta’sir etmaydi.Bu sifatlari qayta tiklanadigan energetikani chet ellarda, mana endi, Respublikamizda rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Sir emas, O’zbekiston qayta tiklanadigan energiya bo’yicha ma’lum imkoniyatlarga ega. Yalpi imkoniyat 51 mlrd.t. n. e. (jadvalda ifodalangan) atrofida, lekin hozirgi texnologiya darajasi undan 179 mln.t.n.e.dan foydalanishga imkon bermoqda.Hattoki, qidiruv orqali topiladigan yoqilg’ilarni ishlabchiqarishning joriy yillik hajmidan 3 marotaba ortiq.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling