O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Biomassa–chiqindini yoqish natijasida olinadigan energiyadir, Amalda biomassa bu –


Download 6.5 Mb.
bet9/83
Sana06.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1752035
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Bog'liq
Muqobil majmua 2023 yil

Biomassa–chiqindini yoqish natijasida olinadigan energiyadir, Amalda biomassa bu chiqindi.Qurigan daraxt yoki ularning shox-shabbasi, tomorqadan poliz o’simliklarining ildizpoyalari, yog’och qobig’i va qirindilari kabilardir. Bunday chiqindilar tarkibi chorva fermalarida ozuqa va to’shama sifatida ishlatiladigan somon hamdir.
Ko’proq miqdorda qishloq xo’jaligi ekinlari: don, paxta, makkajo’xoriva boshqalar bo’lishi mumkin.
Odarda uyimizdan chiqqan, maishiy chiqindilar chiqindixonaga chiqarilib, ko’mib tashlanadi.Maishiy chiqindi ham biomassaning bir turi, undan ham bioyoqilg’i ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
Biomassada foydalanish juda oddiy. Maxsus pechlar yoqilib, qozonlarda yoqilib, qozonlarda suv isitiladi, bug’ga aylantirilib va elektr energiyasi olish uchun trubinalar aylatiradi.
Biomassa energiyasibiomassani chiqitga chiqarish, biogas olish va foydalanish energetikaning istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi. Biomassa manbalariga qattiq maishiy, sanoat chiqindilari, shaharning loyqa va oqava suvlari va chorvachilik, o’simlik qoldiqlar, o’rmon maxsulotlari, xususan, yog’och tayyorlash va jo’natishda ishlab chiqarishdagi, yog’och, qog’oz massalari va boshqa chiqindilar kiradi.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko’ra, biomassadan olinadigan energiya O’zbekiston energetika ehtiyojining 15–19 foizni qondira oladi. Energiya ishlab chiqarishning bunday usuli, ma’lum darajada atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini hal etishda mamlakat qishloq xo’jaligini yuqori sifatli o’git bilan ta’minlaydi.
Chiqindixonada biomassadan to’gridan-to’g’ri biogas olishda foydalanilsa bo’ladi. Chiqindi cherish davomida metan gazi ajralib chiqadi. Ular trubalarda to’planib, issiqlik elektrstansiyasiga yuboriladi, u yerda aralashma tabiiy gaz bilan qo’shilib, elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Biogaz. Odamlar biogazdan 200 yildan beri foydalanib kelmoqdalar. Elekrt paydo bo’lgunga qadar Londonda biogas yer ostidagi kanalizasiya trubalaridan olingan maxsus gaz lampalarida ko’chalarni yoritishga foydalanib, ko’cha «gazli shoxi» deyilgan.
Biogaz odatda karbonat angidrid (СО2)va (СН4) metan gazlari aralashmasidir.U havo va kislorod kirishi mumkin bo’lmagan holatda (kislorod bo’lmasligi, «anaerob holati» deyiladi), turli biologik mikroorganizmlar parchalanishidan hosil bo’ladi.
Biogaz, shuningdek, botqoqda va ko’l tubida organik qoldiqlar, chirish sharoitida ko’p namlik va kislorod bo’lmaganligidan ham paydo bo’ladi. Bundan tashqari, anaerob sharoitda yashash qobiliyati, metaan hosil qilish qobiliyatidagi mikroorganizmlarning boshqa xususiyatlarga ham ega. Ular yog’ochning asosiy ingredienti sellyulozani hazm qilishi mumkin. Bu bakteriyalarning yana bir xususiyati, temperatura, kislotali, suv hajmi va boshqalarda yashash sharoitiga juda sezgir hisoblanadi.
Biogaz uskunalari alohida parranda fabrikalari va bo’rdoqchilik, chorvachilik kompelkslarida sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan edi. Lekin hozircha keng tarqalmadi, ommalashmadi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling