O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 6.5 Mb.
bet11/83
Sana06.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1752035
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Bog'liq
Muqobil majmua 2023 yil

Dengiz to’lqin energiyasi–dengizva okean yuzasida esadigan shamol tufayli hosil bo’ladigan to’qindan paydo bo’ladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, dunyodagi okeanlarning qirg’ogidagi to’lqinlar energiyasining jami 2 dan 3 milliongacha megovatt energiyani tashkil etadi.
Bu to’lqin energiyasidan foydali ishga, jumladan, suvni chuchuklashtirish va rezervuarlarni suv bilan to’ldirish uchun foydalanish mumkin. To’lqin energiyasi qayta tiklanadigan energiya manbaidir. To’lqin energiyasidan elektr energiyasi olish hozirgi paytda ommalashmagan, chunki bu sohada faqat eksperimental izlanishlar olib borilmoqda.
Agar iqlim va ob-havo sharoitlardagi o’ziga xoslik e’tiborga olinsa, mamlaktimizda qayta tiklanadigan energiya manbalari imkoniyatlari yetarlicha. Eng muhim masalardan biri energetika, hududni to’liq iqtisodiyoti rivoji uchun mavjud yoqilg’i-energetika imkoniyatlaridan samarali va omilkor usullarda hamda energobalansga yangi ekologik toza energiya turlarini jalb etib amalga oshirish hisoblanadi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari (elektr, tabiiy gaz, issiq suv) uzoqda joylashgan cho’l tog’li, suv bilan ta’minlanmagan, shuningdek, elektr energiyasi, issiqlik va ichimlik suvi bilan bog’liq bo’lgan mavsumiy ishlar yoki ekspedisiyadagi odamlar uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
O’zbekistonda 60 foizdan ko’proq aholi qishloq joylarida yashaydi. 1,5 mingga yaqin boorish qiyin bo’lgan qishloq aholi punktlari, an’anaviy elektr manbalaridan foydalana olmaydilar. Shuning uchun mamlakatda hozirgi paytda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish dastrulariga e’tibor keskin kuchaygan.
Geotermal energiya – Yeryuzasi quyosh singari issiqlik energiyasini nurlantiradi. Bu energiya geothermal energiya deb atalib, u odamlarni issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin. Uni ishlab chiqarish atrof-mihitni ifloslantirmaydi, ya’ni ekologik toza hisoblanadi.
Geotermal energiya yerda yonuvchi gazlar va kosmik changlar aralashish jarayoni natijasida 4 milliard yil avval paydo bo’lgan. Yer yadrosinining 6,5 ming kilometr atrofidagi chuqurligida temperatura 5000 gradusgacha ko’tarilishi mumkin.
Qadimda odamlar yer ostidan otilib chiqqan qaynoq va issiq suv manbalaridan foydalanganlar. Vaqt o’tishi bilan bu shifobaxsh suvlardan boshqa maqsadda ham foydalana boshlagan.Qadimgi rimliklar Pompey sharida geothermal suv yordamida o’z binolarini isitish tizimini yaratgan.Amerikalik hindular esa deyarli 10000 yil avval issiq suv manbalaridan ovqat pishirish uchun foydalanganlar.
Yer ostidagi issiq suv, issiq havo yoki bug’ energiyalaridan, hozirgi texnologiyalar bilan elektr energiyasi ishlab chiqarish va xonani isitish uchun foydalanish mumkin.

3-MAVZU: QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH


Reja:

  1. Quyosh energiyasi.

  2. Quyosh radiasiyasidan xalq хo’jaligida fоydalanish.

  3. Quyosh radiatsiyasi haqida ma’lumot.

  4. Quyosh radiasiyasining atmоsfеra оrqali o’tganda o’zgarishi.

Kalit so’zlar: quyosh radiatsiyasi, fotosintez, ultrabinafsha nurlar, karbonat angidrid, konsentratsiya, atmosfera massasi, quyosh radiatsiyasi intensivligi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling