O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 6.5 Mb.
|
Muqobil majmua 2023 yil
Xususiy o’tkazuvchanlik:Yarim o’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi metallarning elektr o’tkazuvchanligidan yomon, dielektriklarnikidan esa yaxshiroqdir. Tabiatda yarim o’tkazgich elementlar va yarim o’tkazgich kimyoviy birikmalar mavjud. Shuning uchun ham ularni xususiy va aralashmali yarim o’tkazgichlarga ajratishadi. Kimyoviy toza yarim o’tkazgichlarga xususiy yarim o’tkazgichlar, o’tkazuvchanligiga esa xususiy o’tkazuvchanlik deyiladi. Ularga germaniy – Ge, selen – Se va ba’zi kimyoviy birikmalar kiradi.
OK da boshqa tashqi sabablar bo’lmaganda xususiy yarim o’tkazgichlar o’zlarini dielektriklardek tutishadi. n 7.3-chizma:Temperatura ortishi bilan valent zonasining yuqori sathidagi elektronlar o’tishi -o’tkazuvchanlik. Temperatura ortishi bilan valent zonasining yuqori sathidagi elektronlar o’tkazish zonasining quyi sathlariga sakrab o’tadi (7.3-chizma). Kristallga elektr maydoni qo’yilganda esa ular maydonga qarshi harakatga kelib elektr toki hosil qiladi. Xususiy yarim o’tkazgichlarning elektron bilan bog’liq o’tkazuvchanligi elektron o’tkazuvchanlik yoki (yunoncha negate ve – manfiy so’ziga asosan) n – tip o’tkazuvchanlik deyiladi. p – tip o’tkazuvchanlik.Elektronlar sakrab o’tkazish zonasiga o’tib ketgandan so’ng, valent zonada bo’sh o’rinlar qolib, ularga teshiklar deyiladi. Tashqi elektr maydoni ta’sirida elektronning bo’sh o’rni – teshikni qo’shni sathdagi boshqa electron egallashi mumkin. Bunda teshik ham ko’chgan elektronning o’rniga o’tadi. Bu jarayon davom etsa go’yoki teshik elektronlar harakati yo’nalishiga teskari yo’nalishida ko’chib yurgandek bo’ladi. Ya’ni go’yoki zaryadi zaryadi electron zaryadiga teng, ishorasi musbat bo’lgan zaryadning ko’chishi ro’y beradi. Xususiy yarim o’tkazgichlarning kvazizarralar – teshiklar harkati bilan bog’liq o’tkazuvchanligi teshikli o’tkazuvchanlik yoki (yunoncha positive – musbat so’ziga asosan) p - tip o’tkazuvchanlik deyiladi. Kimyoviy toza yarim o’tkazgichlarda o’tkazish zonasiga o’tgan elektronlar sonly valent zonasida hosil bo’lgan teshiklar soniga teng bo’ladi va ularning har ikkalasi ham elektr toki hosil qilishda ishtirok etadi. Shu bilan birga elektronlarning harakatchanligi teshiklarnikiga nisbatan katta bo’lganligi uchun teshikli tok umumiy tokning yarmiga teng bo’lolmaydi. Shunday bo’lsa-da, yarim o’tkazgichlarning solishtirma o’tkazuvchanligi elektronli va teshikli o’tkazuvchanliklarning yig’indisidan iborat bo’ladi. Zaryad tashuvchilar, ya’ni elektronlar va teshiklar xususiy zaryad tashuvchilar bo’lganligi uchun ham ular vujudga keltiradigan o’tkazuvchanlikka xususiy o’tkazuvchanlik deyiladi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling