O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 6.5 Mb.
bet36/83
Sana06.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1752035
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
Bog'liq
Muqobil majmua 2023 yil

Aralashmali o’tkazuvchanlik. Yuqorida ta’kidlanganidek, yarim o’tkazgichlarning o’tkazuvchanligi elektronlarning va teshiklarning konsentrasiyasi va ularning harakatchaligiga bog’liq. Shuning uchun ham turli usullar bilan yarim o’tkazgichlardagi zaryad tashuvchilar sonini ko’paytirishga harakat qilinadi. Bunday usullardan biri aralashmalar kiritishdir. Yarim o’tkazgichlarning ko’pchiligiga aralashmalar kiritilib, ularning elektr o’tkazuvchanligi yaxshilanadi. Aralashmalar ikki xil: donor va akseptor bo’lishi mumkin.
D

7.4-chizma


onor aralashma.
Agar to’rt valentli germaniyning kristall panjarasiga beshta valent elektronli mishyak, surma va shunga o’xshash moddalarning atomlari aralashma sifatida kiritilsa, yarim o’tkazgichlardagi elektronlarning konsentrasiyasi keskin ortadi. Bunga sabab aralashma atom elektronlarining to’rttasi germaniy atomi bilan kimyoviy bog’lanish hosil qilishda qatnashib, beshinchisining bo’sh qolishidir. Natijada uning o’z atomi bilan bog’lanishi juda kuchsiz bo’lib, uni osongina tark etishi va “erkin” elektronga aylanishi mumkin (7.4-chizma). Shunday qilib, bu holda aralashma atomlar o’z elektronlarini beradi, ya’ni elektronlar donori bo’ladi va shuning uchun ham donor aralashma deyiladi. Donor aralashmada elektr o’tkazuvchanlik erkin elektronlar harakatining natijasi bo’lganligi sababli unga elektronli yoki n – tip o’tkazuvchanlik deyiladi.
Akseptor aralashma. Agar germaniyning kristall panjarasiga uchta valent elektronli indiy, galley va shunga o’xshash moddalarning atomlari aralashma sifatida kiritilsa, yarim o’tkazgich o’tkazuvchanligini xarakteri o’zgaradi. Bunga sabab germaniyning atomi bilan juft electron bog’lanish hosil qilish uchun indiy atomida bitta elektron yetishmaydi. Boshqacha aytganda, bu ikki atom orasida to’ldirilmagan valent bog’lanish, ya’ni teshik vujudga keladi va shuning uchun ham aralashmaga aakseptor aralashma deyiladi (7.5-chizma). Kristalldagi teshiklar soni aralashma atomlar soniga teng bo’ladi. Akseptor aralashmada elektr o’tkazuvchanlik teshiklar harkatining natijasi bo’lganligi sababli unga teshikli yoki p – tip o’tkazuvchanlik deyiladi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling