To‘lqinli energetik qurilma — dengiz to‘lqinlari energiyasini elektr
energiyasiga aylantirib beruvchi energetik qurilma.
«U»
Utilizatsiya qiluvchi qozonlar — o‘z o‘txonasi bo‘lmagan hamda sanoat
yoki energetik qurilmalardan o‘tayotgan gazlar bilan isitiladigan bug‘ qozonlari
«F»
Fotoelektron o‘zgartirgich — Fotoeffekt asosida, nur-yorug‘lik
energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilma, ya’ni elektronlarni
10
yorug‘lik kvantlari bilan haydab chiqarish. Quyosh elektrostansiyalarida
qo‘llanadi.
«Q»
Qatlamli qaynatish qozonlari — o‘txonasida, pastdan purkaladigan havo
yordamida, inert material qatlamida shaklida joylashgan maydalangan yoqilg‘i
yoqiladigan qozonlar
Quyosh doimiysi — atmosferaning yuqori qatlamlaridan 1 m2 erga to‘g‘ri
keladigan quyosh nuri energiyasining quvvati
Quyosh elektrostansiyasi (QES) — quyosh nurlaridan elektr energiyasi
ishlab chiqarishda foydalanadigan elektrostansiya
Kayta tiklanadigan yokilgi — energetika resurslari- tabiiy jara-yonlar
natijasida muntazam to‘ldiriladigan tabiiy energiya tashuvchilari.
Qayta tiklanadigan yokilg‘i- energetika resurslari qayta tiklanadigan ener-giya
manbalaridan foydalanishga asoslangan, ya’ni:
quyosh nurlari, shamol, daryolar, dengizlar va okeanlar energiyasi, Er
sharining ichki issiqligi;
o‘simlikshunoslik va chorvachilik, sun’iy o‘rmonlar va suv o‘tlari
chiqindilar sifatida olinadigan barcha turdagi biomassadan foydalanish asosida
xosil bo‘ladigan energiya;
o‘simlik biomassasini bevosita yoqishdan olinadigan energiya.
Qayta tiklanadigan energetika –qayta tiklanadigan manbalar energiyasini
energiyasining boshka turlarga aylantirish bilan bog‘liq energetika soxasi.
Quyosh issiqlik ta’minoti- turli iste’molchilarni isitish, issiq suv bilan
ta’minlash va texnologik extiyojalarni qondirish uchun quyosh nurlari
energiyasidan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |