Kondensatsiya — quyulish, to‘planish, zichlanish yoki gaz yoki bug‘ning
suyuq holatga o‘tishi
Korroziya — metallarni, metall qotishmalarini hamda metall buyumlarni atrof
muhit bilan ximik yoki elektroximik o‘zaro ta’siri ostida emirilishi
«N»
Noan’aviy qayta tiklanadigan energiya manbalari — gidroenergiya va
o‘simlik biomassasini bevosita yokish natijasida olinadigan energiyadan tashqari
barcha turdagi qayta tiklanadigan energiya.
«P»
Past qaynovchi issiqlikni tarqatuvchi— ikki konturli geotermal
issiqlik elektrostansiya(GeoTES)larida qo‘llaniladigan freonlar va
uglevodorodlar.
Piroliz — organik birikmalarni yuqori temperatura ostida boshqa narsaga
aylanishi.
«S»
Sarmoyador — qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi, ushbu qog‘ozlarning u
yoki bu turni tanlashda avvalo tavakkalchilikni kamaytirish xaqida o‘ylaydigan
shaxs.
9
Sath ko‘tarilishi va tushishi elektrostansiyasi (PES) — dengizlardagi sath
ko‘tarilishi va tushishi energiyasini elektr ener giyasiga aylantiruvchi elektr
stansiyasi.
Sintetik yoqilg‘i — qattiq qo‘ng‘ir ko‘mirdan, slanslardan va dala
ekinlaridan olinadigan suyuq yoki gaz shaklidagi yoqilg‘i.
«T»
Tiklanish — oksidlanish-tiklanish reaksiyalarida elektronlarning qo‘shilish
jarayoni.
Tiklovchilar — oksidlanish-tiklanish reaksiyalarida o‘z elektronla-rini
beruvchi atom, molekula, atom yoki molekula ionlaridir, bu jarayonda ularning
o‘zlari oksidlanadilar
Tiklanuvchi gidroagregat — gidroakkumulyasiyalash va sath ko‘tarili-shiga
asosan ishlaydigan elektr stansiya(PES)larda qo‘llaniladigan hamda nasos-turbina
va elektrodvigatel –generatorlardan tashkil topgan agregat.
Termoelektrik o‘zgartirgich — Zeebek effekti asosida, issiqlik energiyasini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Quyosh
elektrostansiyalarida qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |