Miozin –go’sht globulini.
Prolaminlar – suvda kam, etil spirtining suvdagi 60-80%
li eritmasida esa
yaxshi eriydigan oqsillar. Ular gidrolizlanganda prolin aminokislotasi hosil bo‘ladi.
Prolaminlar g‘alladoshlar donida ko‘p uchraydi.
Protenoidlar – ipak, soch, tirnoq, shox tarkibiga kiruvchi, oltingugurt tutgan
oqsillar bo‘lib, suvda, tuzlarda, kislota va ishqor eritmalarida erimaydi.
Protaminlar –
tarkibida oltingugurt tutmagan, kuchli asos xossalariga ega
oqsillar bo‘lib, faqat baliqlar sutida topilgan.
Glyutelinlar – bug‘doy, makkajo‘xori va guruch donlarida uchraydigan,
ishqorning 0,2% li eritmasida eriydigan oqsillardir.
Xromoproteidlar – oddiy oqsil va rangli
moddaga gidrolizlanadigan
murakkab oqsillar bo‘lib, ular kislorod tashishda, biologik oksidlanishda,
yorug’likka ta’sirchanlikda ishtirok qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: