Geteropolipeptidlar - ikki va undan ortiq har xil -aminokislota
qoldiqlaridan tuzilgan polipeptidlar
Depsipeptidlar - tarkibiga -aminokislotalar bilan bir qatorda -
oksikislotalar ham kirgan peptidlardir.
Antibiotik peptidlar - tarkibida D-aminokislotalarning
qoldiqlarini tutgan
oqsillar.
Kininlar - geteropolipeptid zanjirini tutuvchi birikmalar.
Ionoforlar - siklik geteropolipeptid zanjirli birikmalardir.
Globulyar oqsillar - shar ko‘rinishdagi oqsil.
Fibrillyar oqsillar - cho‘ziq, ipsimon oqsil.
Miozin iplarining tuzilishi - bu iplar miozin oqsillaridan tashkil topgan.
Barcha sklet oqsillarning dayarli yarmi miozin oqsillaridan iborat.
Miozin
molekulasi tarkibida ikkita bir-biriga o’xshash yuqori molekulyar polipeptid zanjir
va to’rtta nisbatan quyi molekulyar polipeptid zanjirlaridan iborat bo’ladi.
Aktin iplarining tuzilishi - bu iplar tarkibiga aktin, tiropomiozin, tiroponin
oqsillari kiradi. Iplar asosan aktin molekulasidan tashkil topgan bo’lib, uning
molekulyar massasi 43000, diametri 5 nm keladigan sharsimon glabulyar oqsildir.
Do'stlaringiz bilan baham: