O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


 O„yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o„rgatish usullari


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

4. O„yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o„rgatish usullari. 
Suhbat jarayonida bolalar bilan so‗zlashuvning jonliligi ko‗p jihatdan og‗zaki 
nutqqa va nutqiy muloqotning savol-javob shakliga xos bo‗lgan grammatik 
tuzilmalarining turlichaligi bilan bog‗liqdir. Suhbat jarayonida bolalarda nutqiy 
muloqot ko‗nikmalarini shakllantirish zarur. Bolaga mana bunday ko‗rsatma berish 
mumkin: «Qisqa javob ber. Batafsil javob ber (ammo to‗liq javob bilan emas)», 
ulardan so‗rash mumkin: «Kim qisqa javob bera oladi (yoki o‗rtog‗idan chiroyliroq 
javob bera oladi)». Zarur holatlarda pedagog qo‗yilgan savolga keng qamrovli 
javob namunasini namoyish qilishi mumkin. Suhbatlarda bolalar keng qamrovli 
fikr bildirishlari va bir-ikkita so‗zdan iborat bo‗lgan javob berishlari mumkin 
(Sizga bog‗ yoqdimi? – Ha). Bolalarni keng qamrovli javoblarga savollarni to‗g‗ri 
qo‗yish orqali yo‗naltirish zarur: «Bahorda ob-havo ko‗proq qanday bo‗ladi? 
Bu haqda aytib bering». Didaktik o‗yin: «О‗yinchoqlar dо‗koni» О‗yin jarayonida 
bolalarning о‗tilgan о‗quv materialidan nutqda foydalana olishlarini, savollar 
berishlari va ularga javob qaytarishlari hamda hosil qilinayotgan vaziyatda 
mustaqil nutqiy yechimlar topa olishlarini aniqlash zarur bo‗ladi. Bolalar 
sotuvchining oldiga kelib, о‗z ismini aytishi va о‗yinchoqning rangi va о‗lchamini 
aytgan holda uni olib berishni sо‗rashi kerak. О‗yinchoqlar bolalarning bilimlari 
(ularning nomi, о‗lchami va rangi haqidagi) ga mos ravishda tanlanadi: qizil va 
sariq mashinalar, katta va kichik qо‗g‗irchoqlar, kubiklar, sharlar, har xil rangdagi 
bayroqchalar va kuzovi yashil, kabinasi esa qora bо‗lgan bitta mashina. Sotuvchi 
rolini Sanjar ismli bola ijro etadi. Bolalarga ular dо‗kondan xohlagan 


78 
о‗yinchoqlarini olishlari mumkinligini aytadi. Sotuvchi bilan bolalar о‗rtasida 
taxminan mana bunday dialog bо‗lib о‗tadi: Sotuvchi: Assalomu alaykum. bola: 
Assalomu alaykum. 
Sotuvchi: Keling, ismingiz va sizga qanday o‗yinchoq kerak? 
Bola: Mening ismim Alisher, menga sochi qora rangdagi Zumrad 
degan o‗yinchoq kerak. 
Sotuvchi: Bu qizlar o‗yinchog‗i-ku. Uni qanday o‗ynaysiz? 
Bola: Bu o‗yinchoqni singlim Nargizaga sovg‗a qilaman. U ham 
Zumrad kabi aqlli qiz bo‗lishi uchun. 
Sotuvchi: Juda yaxshi o‗ylabsiz. Bu fikringiz menga yoqgani 
uchun, qo‗g‗irchoqni sizga sovg‗a qilishga moslab, o‗rab beraman. 
Bola: Rahmat. 
Bolalar navbati bilan kelib, о‗zlariga yoqqan о‗yinchoqlarni 
sо‗raydilar. Anvar kelganida esa barcha mashinalar tarqatib bо‗lingan 
va faqat yashil kuzov va qora kabina rangli mashina qolgan edi. 
Alisher va Dilshod о‗rtasida quyidagi suhbat bо‗lib о‗tdi: 
Alisher: Salom Dilshod. 
Dilshod: Assalomu alaykum. 
Alisherr: Sen oying bilan o‗yinchoqlar do‗koniga bordingmi? 
Dilshod: Men oyimlarni o‗yinchoqlar do‗koniga olib bordim. 
Alisher: Qanaqa o‗yinchoq olding? 
Dilshod: Koptok. 
О‗yinning tugashi: Bolalar dialogini kuzatib turgan tarbiyachi, ularni boshqa 
mashg‗ulotga yо‗naltiradi. Dialog davomida Dilshod tomonidan qilingan nutqiy 
g‗alizliklar inobatga olinadi va kunning ikkinchi qismida Dilshod bilan individual 
ish olib boriladi. 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling