O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Bola tarbiyasida milliy o„yinchoq va qo„g„irchoqlarning roli


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

3. Bola tarbiyasida milliy o„yinchoq va qo„g„irchoqlarning roli. 
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning aqliy tafakkurini 
shakllantirish 
turli 
xil 
vositalar 
orqali 
amalga 
oshiriladi. 
Avvalo 
tarbiyalanuvchilarning aqliy tafakkuri har xil faoliyatlar vositasida katta 
kishilarning mehnati bilan tanishtirish jarayonida (masalan, qo‗g‗rirchoq yasash 
ishi), har xil mashg‗ulotlar va mashg‗ulotlardan tashqari, ta‘lim berish asosida, 
mustaqil topshiriqlarni bajarish bilan rivojlantirib boriladi. Bundan tashqari, har xil 
bayramlar, turli xil tadbirlar, shoir va yozuvchilarning tavallud topgan kunlarini 
nishonlash jarayonlari, san‘at vositalari, bolalar badiiy adabiyoti, tasviriy va amaliy 
san‘at, o‗yinchoq va o‗yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, kino va turli 
xil multfilmlar, xalq og‗zaki ijodi namunalari bo‗lgan ertaklar, rivoyat va 
topishmoqlar, maqollar tarbiyalanuvchilarning aqliy rivojlanishiga katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. Bu hamma vositalardan keng ravishda, izchillik va tizimlilik asosida 
foydalanib borsagina bolalar aqliy tafakkurining rivojlanishiga samarali ta‘sir 
ko‗rsatadi. Masalan, maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi bolalar tafakkur va 
bilimlarini 
faqat 
o‗yin-mashg‗ulotlarda 
yaxshi 
o‗zlashtirib 
oladilar. 
Tarbiyalanuvchilar tomonidan o‗zlashtirib olingan aqliy tafakkur jarayoni tasavvur 
va tushunchalarni ongli ravishda tushunib yetishlari, fikrlashlari dastlab 
mashg‗ulotlarda, keyinchalik o‗yin, mehnat, ayrim topshiriqlarni mustaqil 
bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Ana shunday vositalardan biri maktabgacha 
yoshdagi (3–5 yoshli) bolalar aqliy tavakkurini shakllantiruvchi asos 
qo‗g‗irchoqlardir. Qo‗g‗irchoqlar voqea, hodisa va jarayonning obrazli 
ko‗rinishidir. Qo‗g‗irchoqlar milliy va umuminsoniy xususiyatlarga egaligi bilan 
insoniyat sivilizatsiyasida yashagan bo‗lib kelmoqda. Uning obrazlilik xususiyati 
maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy tafakkurini, maqsadni shakllantirish imkonini 
beradi. Bu o‗rinda, ta‘kidlash lozimki, aqliy tafakkur tushunchasida bilish, 
emotsional va anglash tafakkuridan shu jihatlari bilan aqliy tafakkur farq qiladi. 
Maktabgacha ta‘lim sog‗lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun 
zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda 
muntazam ravishda ta‘lim olishga tayyorlash ota-onalar davlat va nodavlat 
maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Shunday shakllardan biri 
qo‗g‗irchoqlar vositasida tarbiyalashdir. O‗zbek tilining izohli lug‗atida 
qo‗g‗irchoq - odamga yoki boshqa biror narsaga o‗xshatib yasalgan bolalar 


77 
o‗yinchog‗idir. Shu ma‘noda qo‗g‗irchoq o‗yinchoqning bir turi va har turli 
ashyolardan yasaladi. Qo‗g‗irchoqlarning to‗la, shartli va natural ko‗rinishlari bor. 
Qo‗g‗irchoqlarni shartli ravishda ikki ko‗rinishga bo‗lish mumkin: 
1) odam timsoli ifodalangan qo‗g‗irchoqlar. 
2) hayvonlar timsoli ifodalangan qo‗g‗irchoqlar. 
Butun dunyo xalqlarida qo‗g‗irchoq mavjud, hatto qo‗g‗irchoq teatrlari ham 
faoliyat ko‗rsatmoqda. Insoniyat qachondan boshlab qo‗g‗irchoq yasay boshlagan 
va uni qaysi davrdan boshlab tarbiya vositasiga aylantirganligi masalalari 
aniqlangan emas. Lekin olimlar qo‗g‗irchoqlar eramizdan avvalgi X-XI asrlarda 
mavjud bo‗lganligini qayd etadilar. Bizning fikrimizcha, qo‗g‗irchoqlarning 
yasalishiga sabab aynan tarbiyaviy zaruriyati bo‗lgan. Chunki qo‗g‗irchoqning 
quyidagi xususiyatlarga egaligi tarbiya vositasi sifatida qabul qilingan: a) 
qo‗g‗irchoqlar yumshoq, mayin va estetik rang-barang ashyolardan yasaladi, bu 
bolada qiziqish uyg‗otadi; b) bola qo‗g‗irchoq bilan ovunadi va o‗zi xohlagan 
tarzda o‗ynaydi; d) qo‗g‗irchoq bolada idrok, tasavvur va fikr uyg‗otadi; e) bola 
qo‗g‗irchoq bilan munosabatga kirishadi, uni yaqin kishisi sifatida qabul qiladi; 
f) qo‗g‗irchoq bola ongining o‗sishiga ta‘sir ko‗rsatadi va h.k. 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling