O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Bolalarni hikoya tuzishga o„rgatish


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

2. Bolalarni hikoya tuzishga o„rgatish. Hikoya tuzish – hikoya qilib 
berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning o‗zi ushbu 
mavzu bo‗yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, ketma-ket 
(tarbiyachi yoki o‗z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur. Maktabgacha yoshdagi 
bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko‗rsatish mumkin: 
– qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani 
ko‗rayotganligi haqida hikoya); 
– xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul 
qilganligi haqida hikoya); 
– tasavvur asosida hikoya qilish (o‗ylab topilgan hikoya). 
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan 
bo‗lib, bolalar faktlarni bayon qiladilar. Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod 
mahsuli bo‗lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o‗z tajribasining shaklini 
o‗zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi. Bitta mashg‗ulotda bitta 
fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‗l qo‗yish mumkin: bola 
o‗yinchoqni tavsiflab (qabul qilish asosidagi hikoya) bo‗lganidan so‗ng uni 
qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) 
aytib berishi mumkin. Yuqorida sanab o‗tilgan barcha hikoyalar turlari ta‘lim 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki 
mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin.Masalan, tarbiyachi to‗tiqushlar 
haqida mashg‗ulot o‗tkazib, bolalarga hikoya qilib berishni topshirishdan oldin 
to‗tiqushlar haqida savollar beradi: 
– To‗tiqushning patlari qanaqa rangda? 
– To‗tiqush patlari uning hamma yerida bir xil ko‗rinishdami? Dumi, boshidagi 
patlari qanday? Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq? 
– Idishga suv solib qafasga qo‗yamiz, qushlar nima qiladi, cho‗miladimi, 
uchadimi? 
– Qushlar qanday uchadi, bir-birining patini nega cho‗qiydi, nima uchun shoxdan-
shoxga qo‗nadi? 
– Qafasning ichiga don, tuxum, tvorog, sabzi, olma solamiz. 
To‗tiqushlarimiz ularning qaysi birini xush ko‗rib yeydi? 
Bu savollar vositasida bolalar qushlar bilan ishlashga o‗rganadilar, savollar 
natijasida va kuzatishlar asosida «Men qushlarga don berdim» mavzusida hikoya 
tuzish topshiriladi. So‗ng 5–6 boladan hikoyani so‗zlab berish so‗raladi. 
Zebinisoning hikoyasi hammaning diqqatini tortadi: «Dadam menga bozordan 
ikkita to‗ti sotib olib berdilar. To‗tilar kichkina qafaschada edi. Ikkinchi kuni ini 


68 
bor, chiroyli, katta qafas olib keldilar va to‗tilarni unga qo‗yib yubordilar. To‗tilar 
keng qafasga kirgandan so‗ng sayray boshladilar, ham yayrab o‗ynay boshladilar. 
To‗tilarning pati yashil, havorang, sariq, kulrang bo‗lib, tovlanib turar edi. Ular 
bir-birlarining patlarini tozalay boshladi. To‗tilarning patlari bosh qismida kalta, 
dumida, qanotlarida uzun, kichik-kichik xolchalari ham bor. Xuddi ataylab 
chizilgandek. Hikoya tugagandan so‗ng tarbiyachi hikoyalarni tahlil etib, eng 
yaxshi tasviriy lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: masalan, 
to‗tiqushning patlari rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq, havorang deb 
tasvirlaydi. «To‗tiqushlar nima uchun shoxdan-shoxga qo‗nadi?» degan savolga 
Dilbar: «To‗tiqushlar mitti, jonsarak qushlar, o‗ynashni yaxshi ko‗radi», - dedi. 
Sarvar esa: «To‗tiqushlar don cho‗qiydi, tuxumni yaxshi ko‗radi, sabzi, olma 
bersak ham yeydi. To‗tilarga meva va sabzavotlar juda foydali», - deydi. Syujetli 
hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi. Masalan, «Bizning oila», 
«Mening do‗stlarim», «Alla», «Do‗kon», «Bizning doktor», «Mening ko‗cham», 
«Ko‗cha harakati qoidalari», «Men kim bo‗lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta 
terimida», «Mehrjon bayrami», «Bizning qishloq» kabi mavzulardagi hikoyalar 
shakl jihatidangina emas, mazmunan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
hikoyalarni tuzishda bolalarning nimalarga e‘tibor berishi tushuntiriladi. 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling