O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 2.6 Mb. Pdf ko'rish
|
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Suhbatning qanday turlarini bilasiz ? 2. Suhbat didaktik maqsadiga ko‗ra qanday turlarga bo‗linadi? 66 3. Grammatik rasmiylashtirilgan nutqni rivojlantirish qanday amalga oshiriladi? 4. Tarbiyachining suhbatga tayyorlanishi va o‗tkazish jarayoni haqida gapirib bering. 5. Suhbatga o‗rgatish usuli orqali savollar berish qanday amalga oshiriadi? II JARAYON 1-Mavzu: Hikoya qilib berish turlari va metodlari. Reja: 1. Bolalarni hikoya qilishga o‗rgatish usullari. 2. Turli yosh guruhlarida bolalarni hikoya qilib berishga o‗rgatish. 3.Amaliy mashqlar orqali boshlangan so‗zni to‗ldirish usuli. 4.Gapirganda so‗zlarni bir-biriga bog‗lab, jumlalar tuzishga o‗rgatish. 5.Tarbiyachi rejasini tuzish usullari. 6.Hikoyalar turlari va ularni o‗rgatishning izchilligi. Tayanch tushunchalar: Hikoya, o‗quv materiali, qurilish materiallari, uy maketlari, mashg‗ulot uchun ko‗rgazmali qurollar. 1. Hikoyalar turlari va ularni o„rgatishning izchilligi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida hikoya –o‗quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og‗zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‗lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog‗liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog‗cham», «Mening oilam», «Mening sevimli o‗yinchog‗im» va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya‘ni tinglay olish, mazmuniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo‗ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‗rgazmali materiallarni (narsa-buyumlar, ularning tasviri) namoyish qilish bilan birga qo‗shib olib boriladi. Ko‗rgazmali materiallardan bolalar tasavvurga ega bo‗lmagan voqea- hodisalar haqida hikoya qilinganda o‗rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq, katta guruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‗rgazmali materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‗z yordamida fikrlashga o‗rgatish, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish lozim. Hikoya – biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syujetli bo‗lishi mumkin. Tasviriy hikoya – bu biror predmet yoki voqeaning 67 o‗ziga xos tomonlarini bayon etishdir. Hikoyalar turlari va ularni o‗rgatishning izchilligi. Hikoya – biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli bayonidir. Download 2.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling