O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
 1. Suhbatning qanday turlarini bilasiz ? 
2. Suhbat didaktik maqsadiga ko‗ra qanday turlarga bo‗linadi? 


66 
3. Grammatik rasmiylashtirilgan nutqni rivojlantirish qanday 
amalga oshiriladi? 
4. Tarbiyachining suhbatga tayyorlanishi va o‗tkazish jarayoni 
haqida gapirib bering. 
5. Suhbatga o‗rgatish usuli orqali savollar berish qanday amalga oshiriadi? 
 
II JARAYON 
1-Mavzu: Hikoya qilib berish turlari va metodlari. 
Reja: 
 
1. Bolalarni hikoya qilishga o‗rgatish usullari. 
2. Turli yosh guruhlarida bolalarni hikoya qilib berishga o‗rgatish.
3.Amaliy mashqlar orqali boshlangan so‗zni to‗ldirish usuli.
4.Gapirganda so‗zlarni bir-biriga bog‗lab, jumlalar tuzishga o‗rgatish. 
5.Tarbiyachi rejasini tuzish usullari.
6.Hikoyalar turlari va ularni o‗rgatishning izchilligi. 
Tayanch tushunchalar: Hikoya, o‗quv materiali, qurilish materiallari, uy 
maketlari, mashg‗ulot uchun ko‗rgazmali qurollar. 
1. Hikoyalar turlari va ularni o„rgatishning izchilligi. Maktabgacha ta`lim 
tashkilotlarida hikoya –o‗quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon 
etish imkonini beruvchi og‗zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi 
bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, 
yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‗lishi mumkin. Hikoya 
qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, 
bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog‗liq hikoyalar qiziqarlidir: 
«Mening bog‗cham», «Mening oilam», «Mening sevimli o‗yinchog‗im» va 
boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya‘ni tinglay olish, mazmuniga 
munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch 
yoshdan boshlab paydo bo‗ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‗rgazmali 
materiallarni (narsa-buyumlar, ularning tasviri) namoyish qilish bilan birga qo‗shib 
olib boriladi. Ko‗rgazmali materiallardan bolalar tasavvurga ega bo‗lmagan voqea-
hodisalar haqida hikoya qilinganda o‗rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida 
ham foydalaniladi. Biroq, katta guruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‗rgazmali 
materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni 
so‗z yordamida fikrlashga o‗rgatish, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish lozim. 
Hikoya – biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va 
syujetli bo‗lishi mumkin. Tasviriy hikoya – bu biror predmet yoki voqeaning 


67 
o‗ziga xos tomonlarini bayon etishdir. Hikoyalar turlari va ularni o‗rgatishning 
izchilligi. Hikoya – biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli 
bayonidir. 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling