O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


 Suhbatga o„rgatish usuli orqali savollar berish


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

3. Suhbatga o„rgatish usuli orqali savollar berish. Bolalar hayotda kо‗rgan, 
ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va hodisalarni kuzatish orqali ularni suhbatga 
o‗rgatish. Bolalar turli mavzular yuzasidan o‗tkazgan suhbatlarda hosil qilgan 
tushunchalarini, taassurotlarini sо‗z vositasida boshqalarga bildiradilar. «Mening 
o‗yinchog‗im» 
«Avtobusda 
sayr», 
«Bizning 
hovli» 
«О‗rtog‗imizga 
kо‗maklashyapmiz», «Koptokni qutqaryapmiz», «Chana uchyapmiz», «Bozorda», 
«Akamning kabutarlari», «Mehmonda», «Yozda», «Uy hayvonlari», «Mushuk 
bolalari bilan», «Quyonlar», «Mening onam shifokor», «Mening dadam quruvchi» 
va boshqa mavzulardagi suhbatlar jumlasiga kiradi. Ushbu mavzular bо‗yicha 
o‗tkazilgan suhbatlarda bolalar yangi so‗zlarni bilib olishadi. Suhbatlar natijasida 
bolalar nimalarni о‗zlashtirishlari lozimligini, qaysi yangi sо‗zlarni esda 
saqlashlarini va uning mazmunini tushunib olishlarini, bolalar diqqatini nimalarga 
qaratishni va ular yuzasidan beriladigan savollarni tarbiyachi о‗ziga belgilab 
qо‗yishi lozim. Savollar qisqa va aniq bо‗lishi, bolalar tajribasiga asoslanishi
ularga fikr yuritishni, boshlang‗ich — oddiy xulosalar chiqara olishni о‗rgatishi 
kerak. Shuningdek, tarbiyachi mavzular bо‗yicha mashg‗ulotni qanday boshlash va 
yakunlashni о‗ylab qо‗yishi, mavzu mazmuniga mos she‘rlar, topishmoqlar, 
maqollar, masallar, tez aytishlar, kichik hikoyalar ham tanlashi kerak bo‗ladi. 
Mashg‗ulotni boshlashdan oldin bolalarni jonlantirish, suhbat mazmunini 
yaxshilab tushunib olishlari uchun qisqagina kirish suhbati о‗tkazish mumkin, 
Masalan: «Mushuk о‗z bolalari bilan» nomli suhbatni boshlashdan avval tarbiyachi 
bolalarga: Kimning uyida mushugi bor? Nima uchun mushuk saqlaysiz? Uni 
nimalar bilan boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi? kabi savollar beradi. Sо‗ngra 
bolalarga: «Men sizlarga mushuk va uning bolalari tasvirlangan suratni olib 
keldim» – deb suratni ularga ko‗rinarli joyga ilib qо‗yadi va bolalar uni yaxshilab 
kо‗rib olishlari uchun 1–2 daqiqa vaqt beradi. Suratni yaxshilab kо‗rib olishgach, 
tarbiyachi unda tasvirlanganlar bо‗yicha savollar bera boshlaydi. Savollar 
bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini, dastur maqsadini hisobga olgan holda 
beriladi. Chunonchi, agar birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda ushbu surat 
bо‗yicha mashg‗ulot о‗tkazilsa, undan maqsad: bolalarning mushuk va uning 


65 
bolalari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, tashqi kо‗rinishi, harakati, ovqatni 
qanday yeyishi haqida tushuntirish va lug‗atini faollashtirish bо‗lsa, tarbiyachi 
bolalarga suratni kо‗rsatib shunday savollar beradi: Suratda nima tasvirlangan? 
Ona mushuk nima qilyapti? Ona mushuk yonida kim yotibdi? Mushuk qanday 
miyovlaydi? Ikkinchi kichik guruh bolalariga esa yuqoridagi savollardan tashqari 
yana ushbu savollarni ham berish mumkin: Ona mushukning panjalari qanday 
rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida nimalari bor, tumshug‗ida-
chi? Kulrang mushukcha nima qilyapti? U nimadan sut ichyapti? U sutni qanday 
ichyapti? Ip kalavasi bilan о‗ynayotgan mushuk bolasini kо‗rsatib: Bu mushukcha 
qanday rangda? U panjalari bilan nima о‗ynayapti? Ip kalavalari qanday rangda? 
Katta va maktabga tayyorlov guruhida beriladigan savollar esa ancha 
murakkablashadi. Rasmlarni kо‗rib chiqish vaqtida bolalar diqqati ayrim detallarga 
yо‗naltiriladi: Ona mushuk nimaning ustida yotibdi? Uning yonida uxlab yotgan 
mushukchaning panjalarida ninasi kо‗rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip 
kalavalari qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Savatni 
kim ag‗darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar javob berib bo‗lishgach, 
surat yuzasidan tarbiyachining о‗zi gapirib beradi: «Mana bu ona mushuk – 
Mosh». Uning mushukchalari bor. U gilamcha ustida yotib, bolalariga qarayapti. 
Kulrang mushukchalar tarelkadagi sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ‗il 
rangdagi mushukcha esa sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag‗darib yubordi. Ip 
kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi va targ‗il mushukcha kо‗k 
rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib о‗ynay boshladi. Oq-qora rangli mushukcha 
esa ona mushukningyonida uxlab yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti 
va «xur-xur» qilib xurillayapti». Ushbu mashg‗ulot jarayonida yangi sо‗zlar 
izohlab beriladi, qiyin sо‗zlar jо‗r bо‗lib takrorlanadi. Mashg‗ulot topishmoq 
aytish va uning javobini topish (Kichkina qumg‗on, о‗tirib kо‗zini yumgan), she‗r 
aytish (Sh. Sa‘dullaning «Mushuk» she‘rini): 
Mushugim deydi: miyov, 
Sichqon doim menga yov! 
Shuning uchun qо‗ymayman, 
Qancha yemay tо‗ymayman. 
yoki qisqa hikoya о‗qib berish bilan (Habib Pо‗latovning «Mosh hikoyasi») 
davom ettirilishi mumkin. Tarbiyachi ushbu mashg‗ulotda bolalar lug‗atiga 
mushukchalar, ip kalavasi, panja, mо‗ylov, ichyapti, chapillatib, chuvalashib
kulrang, sochib yuborilgan, miyovlaydi, xurillaydi va boshqa so‗zlarni kiritadi.

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling