O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 2.6 Mb. Pdf ko'rish
|
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-mavzu: Suhbat turlari va uning mazmuni. Reja: 1. Suhbat turlari. Suhbat qismlari. 2. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va uni o„tkazishi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli nimadan iborat? 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari haqbda nimalarni bilasiz? 3. Qanday mashg‗ulotlar aqliy tarbiyada samarali hisoblanadi? 4. Bolalarni rang, shakl, kattalik tushunchalarini anglashga qanday o‗rgatiladi? 5. Turli mashg‗ulot, o‗yin, tabiat burchagi va maydonchadagi mehnat hamda sayrning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati nimalardan iborat? 62 10-mavzu: Suhbat turlari va uning mazmuni. Reja: 1. Suhbat turlari. Suhbat qismlari. 2. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va uni o„tkazishi. 3. Suratlar orqali suhbatlar o„tkazish. 4. Didaktik maqsadiga ko‗ra suhbat qurish va umumlashtiruvchi turlarga bo‗lish. 5. Bolalarni o‗yin faoliyatiga tayorlash. Tayanch tushunchalar: axloqiy mavzu, dialogik metod, axloqiy tasavvur, didaktik maqsad, old ko‗makchi, chet ma‘no, sintaktik qator, kirish suhbati. 1. Suhbat turlari. Suhbat – ta‘limning dialogik metodi bo‗lib, savol-javob o‗tkazish, o‗z nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi. Suhbat bolalar narsa- hodisalar, voqealar to‗g‗risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo‗lgan holatda o‗tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalarning mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi. Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko‗nikma va malakalarni paydo qiladi: bir-birini tinglash, aytilganlarini to‗ldirish, ularni takrorlamaslik, bildirilgan fikrlarni samimiy baholash va boshqalar. Suhbat fikrning aniq yo‗nalganligini, diqqatni va o‗z xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq fikr bildirish, xulosa qilishga o‗rgatadi. Suhbat orqali tarbiyachi bolalarda his-tuyg‗ularni tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea hodisaga munosabatni tarkib toptiradi. Mazmuniga ko‗ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mavzudagi va bilishga doir. Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‗tkaziladi, bilishga doir suhbatlarni esa o‗rta guruhdanoq boshlab o‗tkazish mumkin. Axloqiy mavzudagi suhbatlar bolalarda axloqiy his-tuyg‗uni tarbiyalash, axloqiy tasavvur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsadini ko‗zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy suhbatlarni o‗tkazish mumkin: «Xushmuomalalik haqida», «Do‗stlik va o‗rtoqlik haqida», «Salomlashish odobi», «Ovqatlanish qoidalari» va boshqalar. Axloqiy mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o‗qish, ko‗rgazmali materiallarni ko‗rsatish, film namoyish etish bilan uyg‗unlikda amalga oshiriladi. Bilishga doir suhbatlar mavzusi maktabgacha ta‘lim dasturlarida aniqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush voqealari, atrof-muhit va kattalar mehnati bilan ham chambarchas bog‗liqlikda o‗tkaziladi. Didaktik maqsadiga ko‗ra suhbat qurish va umumlashtiruvchi turlarga bo‗linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‗zda tutilayotgan faoliyatga, kuzatishga tayyorlash maqsadida kirish suhbatidan foydalaniladi. Ana shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani aniqlaydi, ularning bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‗zda tutilayotgan faoliyatga qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga doir vazifalarni 63 taqdim etadi. Umumlashtiruvchi suhbat bolalarning biror mavzuda tashkil etilgan o‗quv ishi natijasida qo‗lga kiritilgan bilimlarni jamlash, aniqlashtirish, tizimga solish maqsadida o‗tkaziladi. Download 2.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling