O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
O`simliklar sistematikasi.
14. Bakteriyalar bo`limi… 1. O`simliklarning yer sharida qancha turi bor ? 500 ming . 2. O`simliklar qaysi belgilariga qarab sistematik birliklarga bo`linadi ? Kelib chiqishi, o`xshashkil darajasi, tarixiy rivojlanishiga qarab. 3. O`simliklar turlardan tashkil topgan sistematik birlik ? Turkum. 4. Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo`lib kim kiritgan ? K. Linney. 5. Sarimsoq piyoz , anzurpiyozdagi sarimsoq va anzur so`zlari qaysi sistematik birlikka tegishli ? Turga. 6. Bir-biriga yaqin turkumlar qo`shilib ? Oilani. 7. Bodom, olma, o`rik, namatak, do`lana turkumlari birlashib ? Ra`nodoshlar oilasini tashkil qiladi. 8. Ayrim belgilari bilan bir-biriga juda o`xshagan va kelib chiqishi jihatidan yaqin bo`lgan oilalar birlashib ? Sinfni. 9. Loladoshlar, bug`doydoshlar, chuchmomadoshlar oilalari birlashib ? Bir urug`pallalilar sinfini hosil qiladi. 10. O`simliklar qanday sistematik birliklarga bo`lingan ? Tur, turkum, oila, sinf, bo`lim, o`simliklar dunyosi . 11. Mikroblarni mikroskop yordamida o`rgangan olim ? A. Levenguk 12. Mikroblar orasida eng katta guruh? Bakteriyalar. 13. Bakteriyalarni qancha kattalashtirilgan tasvirlari mavjud ? 2000- 20000. 14. Bakteriyalarning tuzilishi, xilma-xilligi , faoliyati, ular vujudga keltiradigan turli-tuman o`zgarishlar bilan qaysi fani shug`ullanadi? Mikrobiologiya . 15. Bakteriyalarning hujayrasi ? Yupqa qobiq, uning ichidagi yarim suyuq sitoplazma. 16. Bakteriyalarni rangi nima uchun yashil emas ? Xlorofill donachalari bo`lmaganligi uchun. 53 17. Bakteriyalar hujayra shakliga qarab, asosan nechta guruhga bo`linadi ? Uch bukilgan, sharsimon, tayoqchasimon. 18. Bakteriyalar qanday oziqlanadi ? Tayyor oganik moddalar hisobiga. 19. Bakteriyalar qanday ko`payadi ? Ikkiga bo`linish bilan. 20. Bakteriyalar qulay sharoitda necha daqiqada ? 20-30 . 21. Bakteriyalar noqulay sharoitga tushib qolishi bilan ? Sporaga aylanadi. 22. Bakteriyalarning ko`payishini cheklovchi omillar ? Past harorat, havoning quruqligi, quyosh nuri. 23. Bakteriyalar organik moddalar bilan oziqlanadi, ularni parchalab mineral moddalarga aylantiradi, bu jarayon ? Moddalar aylanishi deyiladi. 24. Chirituvchi bakteriyalar qanday oziqlanadi ? Saprofit. 25. Chirish deb nimaga aytiladi ? Azotli organik moddalarning bakteriyalar tomonidan parchalanishi. 26. Tuproqqa solingan go`ng qaysi bakteriyalar faoliyati ta`sirida mineral tuzlarga aylanadi ? Chirituvchi bakteriyalar. 27. Chirish jarayonida hamisha ajralib chiqadi ? Issiqlik. 28. Achituvchi bakteriyalar qayerlarda yashaydi ? Sutda, yangi sersuv sabzavotlarda, o`tlarning barg poyalarida yashaydi. 29. Oziq-ovqat mahsulotlarida qo`lansa hid odamni zaharlaydigan zaharli moddalar paydo qiladigan organizm ? Chirituvchi bakteriya. 30. Chirituvchi bakteriyalarning ahamiyati ? Tuproq hosil bo`lishida , sanitarlik, issiqxonalarda issiqli. 31. Chirituvchi bakteriyalar qishloq xo`jaligiga qanday zaraz keltiradi ? Ekma o`simliklarni kasallantiradi. 32. Chirituvchi bakteriyalarni zarari ? Oziq-ovqat mahsulotlarini, ho`l mevalarni chirishiga, ekma o`simliklarni kasallanishiga olib keladi. 33. Tuproq bakteriyalariga qaysi bakteriyalar kiradi ? Chirituvchi. 34. Azotsiz organik moddalarning bakteriyalar yordamida parchalanishi ? Achish deyiladi. 35. Achishning eng muhim xillaridan biri ? Sut kislotali. 36. O`tlarning poya barglarida yashaydigan bakteriya ? Achituvchi. 37. Sut kislotali achish jarayonida parchalanayotgan shakar nimaga aylanadi ? Sut kislotasiga. 38. Sut kislotali achish jarayonida chirituvchi bakteriyalarning o`sishiga ko`payishiga to`sqinlik qiladi ? Sut kislatasi. 54 39. Kokklar qanday bakteriya ? Sharsimon . 40. Batsilalar qanday bakteriya ? Tayoqchasimon, silindrsimon. 41. Spirallar qanday bakteriya ? Bukilgan. 42. Nima uchun ko`pchilik bakteriyalar organik moddalar yarata olmaydi ? Xlorofill yo`qligi uchun. 43. Bakteriyalarning qulay hayot kechirishi uchun muhim bo`lgan omil ? Oziq, issiqlik. 44. Bakteriyalar qanday ta`sirlar natijasida tez nobud bo`ladi ? Quyosh nuri, past harorat, havoni quruqligi. 45. Ko`zga ko`rinmaydigan tirik mavjudotlar ? Mikroblar. 46. Organizmlarni nima bilan oziqlanishi saprofit deyiladi ? O`lik qoldiqlar . 47. Hayvon , o`simlik qoldiqlaridan tabiatni tozalab turuvchi bakteriyalar ? Saprofit bakteriyalar. 48. Qaysi organizmlarning qulay hayot kechirishi uchun yorug`lik zarar keltiradi ? Bakteriyalar 49. Pomidor, karam, bodringni konservalashda keng qo`llaniladi ? Sut kislotali achish. 50. Tugunak bakteriyalarning faoliyati natijasida tuproq qanday birikmalar bilan boyiydi ? Azotli. 51. Xom tola olishda qaysi bakteriyalar faoliyatidan foydalaniladi ? Achituvchi. 52. Qaysi bakteriyalar o`simliklar ildizida yashab, havodagi erkin azotni o`zlashtiradi ? Tugunak. 53. Yem-xashak o`simliklaridan silos bostirishda keng qo`llaniladi ? Sut kislotali achish. 54. Yuqori navli sirkalar, spirt, vinolar olishda ? Sirka kislotali achitish. 55. Tugunak bakteriyalar qaysi o`simliklarning ildizida yashaydi ? Burchoqdoshlar. 56. Bakteriyalar dastlab paydo bo`lgan soda tuzilishdagi organizmlar ekanligini ko`rsatuvchi belgi ? Yadroning aniq ko`rinmasligi. 57. Bakteriyalar spora hosil qilganda bakteriyalarda qanday belgi kuzatiladi ? Sitoplazma qisilib yumaloqlanadi, qalin pishiq parda bilan o`raladi. 58. Bakteriya oziqlanmaydi, o`smaydi, ko`paymaydi lekin uzoq muddat tirik bo`ladi ? Spora holatida. 55 59. Bakteriyalarning faoliyati natijasida vujudga keladigan jarayonlarga qarab bakteriyalar qanday guruhlarga bo`linadi ? Chirituvchi, achituvchi, parazit. 60. Osimlik , hayvon, odam organizmida yashab, shular bilan oziqlanadigan bakteriya ? Parazit bakteriyalar. 61. Parazit bakteriyalar ularning sporalari o`simlik, hayvon, odam organizmiga qanday kiradi ? Havo, ovqat, suv, teridagi jarohat orqali. 62. Parazit bakteriyalar odamlarda qaysi kasallikni hosil qiladi ? Sil, terlama, bo`g`ma, vabo, o`lat. 63. Yuqumli kasalliklarning suv va havo orqali tarqalishini aytib o`tgan olim ? Abu Ali ibn Sino. 64. Qaysi kasallik epidemiyalaridan goho butun-butun qishloq va shahar aholisi qirilib ketgan ? Terlama, vabo, o`lat. 65. Odamlar qaysi kasallikdan saqlanish uchun emlanadi ? Terlama, bo`g`ma, qizamiq, chechakdan. 66. Ko`pgina daraxt va butalar havoga maxsus moddalar ajratadi bu ? Fitonsid. 67. Qaysi daraxtlar fitonsid moddalarni ayniqsa ko`p ajratadi ? Gledichiya, archa, yong`oq, terak. 68. Paxtachilikka zarar keltiradigan bakteriya ? G`o`za gommozi. 69. G`o`zada yuz beradigan gommoz kasalligining birinchi belgisi ? Barglarida qora dog`lar paydo bo`ladi. 70. G`o`zadagi gommoz kasalligining yuqishi qanday sodir bo`ladi ? Birinchi bosqichda chigit bilan birga tuproqqa tushib tez ko`payadi, nihol ichiga kirib olib poyasi barglariga o`tadi. 71. Kasal barglar ? Quriydi, maydalanib, kukun bo`lib ketadi. 72. G`o`zadagi gommoz kasalligining yuqishi qanday sodir bo`ladi ? Kukun shamol orqali uchib boshqa sog`lom g`o`zalar bargiga tushadi, barg og`izchalari orqali barg eti hujayralariga kiradi. 73. G`o`za gommozi g`o`zaning qaysi hujayralari bilan oziqlanadi va yemiradi ? Barg eti. 74. G`o`za gommoziga qarshi kurash usuli ? Chigit kimyoviy preparatlar bilan dorilanadi, kasal o`simlik daladan yo`qotiladi, yoqib tashlanadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling