O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Burchoqdoshlar ( dukkakdoshlar) oilasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
26. Burchoqdoshlar ( dukkakdoshlar) oilasi.
1. Burchoqdoshlarning gul formulasi ? Gk (5) Gt 1+2(2) Ch (9)+1 U 1. 2. Burchoqdoshlarning yer sharida qancha turi bor ? 400 turkumga oid, 12000 tur. 3. Burchoqdoshlarning respublikamizda qancha turi bor ? 57 turkum, 470 ta turi . 4. Burchoqdoshlar ildizida qaysi bakteriyalar bo`ladi ? Tugunak. 5. Tugunak bakteriyalar qaysi elementni o`zlashtiradi ? N ni. 6. Burchoqdoshlarning poyasi qanday bo`ladi ? Tik o`suvchi ,ilashuvchi, o`raluvchi, yotib o`suvchi, ko`tarilib o`suvchi. 7. Burchoqdoshlarning gullari ? Qiyshiq, ikki jinsli, shingil, kallakcha to`pgulda joylashgan 8. Gultojibarglari qanday shaklda ? Kapalak. 9. Burchoqdoshlarni tojbarglari ustidagi yirikrog`i ? Yelkan bayroqcha 10. Burchoqdoshlar gultojibarglarni ikki yoniga joylashgani nima deyiladi ? Qanotcha yoki eshkak. 78 11. Burchoqdoshlarning bir-biri bilan qo`shilgan bir juft ostki gultojbarg esa nima deyiladi ? Qayiqcha. 12. Burchoqdoshlarning changchilari ? 10 ta 9 tasining iplari bir-biri bilan qo`shilib ketgan, o`ninchisi esa erkin. 13. Sebargaga xos xususiyat ? Bo`yi 25-50 sm keladi, ko`p yillik o`t, barglari uzun bandli, uch yaproqchali, gullari mayda 2-3,5 sm keladigan boshcha shaklidagi to`pgulga joylashgan, dukkagi bir urug`li tuxumsimon, uzunligi 1,5-2 mm, guli asalshiraga boy, poyasi ko`tarilib o`sadi. 14. Yantoqqa xos xususiyat ? Tog` etaklaridagi tekisliklarda, qir, cho`llarda o`sadi, , yoshi oshgan sari uning ildizi nam chuqurlikka va yoniga qarab uzaya boradi, yantoqning boshi olovda, oyog`i suvda deyishadi, guli asal shiraga boy, yozning issiq kunlarida shakar ajraladi, ildizi 30 m. 15. Burchoqdoshlarning tabiatda uchraydigan turlari ? Isirg`ao`t, quyonsuyak, shirinmiya, oqquray, zirako`t, qashqarbeda, afsonak, astragal, boqila, burchoq, beda. 16. Burchoqdoshlarning madaniy turlariga ? Mosh, no`xat, loviya, soya, yasmiq 17. Burchoqdoshlarning manzarali turlariga ? Tuxumak, yapon saforasi, tikan daraxt, gledichiya, oq akatsiya. 18. Burchoqdoshlarning necha turi Qizil Kitobga kiritilgan ? 60 tur, astragal 37 tur, oksitrops 13 tur, tangao`t 8 tur, 19. Yeryong`oqqa xos xususiyat ? Bir yillik o`t, barglari juft patsimon, guli to`q sariq, dukkagi cho`ziq, gullari changlanib va urug`lanib bo`lgach gulli novdalari qayrilib tuproq ichiga kiradi va meva hosil qiladi. 20. Burchoq o`simligiga xos xususiyatlar ? Yovvoyi yem-xashak o`simligi, qanotli poya yonbargchali toq bargchalar o`rnida gajaklar hosil bo`ladi, gullari qiyshiq ,changchilari 10 ta 9 tasining iplari bir - biri bilan qo`shilib ketgan o`ninchisi erkin, urug`chisi bitta; mevasi dukkak, burchoqdoshlar oilasi vakili; 21. Burchoq o`simligi ildizida azot fiksatsiyalovchi bakteriyalarning o`zaro munosabati nimaga misol ? Simbiozni mutalizm shakliga. 22. Burchoqdoshlarning mevasi ? Dukkak 23. Sebarga turkumining nechta turi bor 7 ta. 24. Yantoq turkumining nechta turi bor ? 4 ta . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling