O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
29. Qovoqdoshlar oilasi.
1. Qaysi oilaning yer yuzida 800 turi bor ? Qovoqdoshlar. 2. Qovoqdoshlarning changchi gullari ? Gk (5) Gt (5) Ch (2)+(2)+1 U 0. 3. Qovoqdoshlarning urug`chi gullari ? Gk (5) Gt (5) Ch (0) U (3) 4. Qovoqdoshlarga qanday hayotiy shakldagi o`simliklar kiradi ? Bir va ko`p yillik o`tlar. 5. Qovoqdoshlarning poyasi ? O`rmalab jingalaklari bilan ilashib o`sadi. 6. Qovoqdoshlarni gullari ? To`g`ri, ayrim jinsli, hashorotlar yordamida changlanadi 7. Qaysi oilalarning Gk, Gt barglari 5 tadan qo`shilib o`sgan ? Qovoqdoshlar, ituzumdoshlar, murakkab guldoshlar. 8. Nima uchun qovoqdoshlarning changchi va urug`chi gullari alohida-alohida formula va diagrammalarda berilgan ? Ayrim jinsli bo`lganligi uchun. 9. Qovoqning poyasi ? Silindrsimon, mayin tuklar bilan qoplangan, o`rmalab yoki jingalaklar bilan ilashib o`sadi. 10. Qovoqning barglari ? Yirik buyraksimon , yaprog`i 5-7 ga bo`lingan. 11. Qovoqning mevasi ? Soxta meva tashqi qavati qattiq, ichki qavati esa shirador va etdor . 12. Qovoq turkumiga oid nechta tur o`simlik O`zbekistonda ekiladi ? 3 ta. 13. Qovoqdoshlar oilasiga mansub begona o`t ? It qovun. 14. Qovoqdoshlar oilasiga mansub turli-tuman shaklidagilari ? Idishqovoq, qozonyuvg`ich. 82 15. Qovoqdoshlar oilasiga kiradigan shirin-shakarlariga ? Handalak, qovun, tarvuz, bodring. 16. Changchili gullari nisbatan yirik bo`lib urug`chili gullardan oldinroq ochiladi ? Qovoq . 17. Qaysi o`simlikning changchi va urug`chi gullari bitta tupda yetishadi ? Qovoq. 18. Qaysi oilani O`zbekistonda 18 turi bor ? Qovoqdoshlar. 30. Ziradoshlar ( soyabondoshlar) oilasi. 1. Ziradoshlarning ikkinchi nomi ? Soyabondoshlar. 2. Ziradoshlarning gul formulasi ? Gk 5 Gt 5 Ch 5 U 1 . 3. Ziradoshlarning yer yuzida qancha turkumi, turi bor ? 300 turkum, 3500ga yaqin turi bor. 4. Ziradoshlarning O`zbekistonda qancha turkumi , turi bor ? 69 ta turkum, 198 ta tur. 5. Ziradoshlarning asosiy qismi qayerda o`sadi ? Shimoliy yarimsharda. 6. Ziradoshlar oilasiga qanday hayotiyt shakldagi o`simliklar kiradi ? Bir va ko`p yillik o`tlar. 7. Ziradoshlar oilasidan qaysilarining bo`yi 200-250 sm ga yetadi ? Alqor, shashir, kovrak turkumlarning turlari. 8. Hayotida bir marta gullab, yo`qolib ketadigan turlar ? Kovrak turkumiga mansub. 9. Ziradoshlarning to`pguli ? Kallakcha, oddiy, murakkab , soyabon. 10. Ziradoshlarning mevasi ? Danakcha. 11. Yovvoyi sabziga xos xususiyat ? Ikki yillik o`t, poyasi silliq, balandligi 80-100, (120) sm, shoxlangan, barg yaprog`i ikki karra patsimon, soyaboni murakkab ko`p nurli, 15- 20 gulli, mevasi danakcha, may-iyun oylarida gullab, mevasi iyulda pishadi, begona o`t. 12. Ziradoshlardan oziq-ovqat sifatida keng foydalaniladigani ? Sabzi, kashnich, petrushka, shivit. 13. Ziradoshlardan qaysi turkum vakillari efir moyiga boy ? Zira, alqor 14. O`zbekistonda zira turkumining nechta turi bor ? 9 ta. 15. Zira asosan qayerda tarqalgan ? Adir va tog`larda. 83 16. Oddiy ziraga xos xususiyatlar ? Tugunakli ko`p yillik o`t, poyasi tuksiz, balandligi 40-60(80) sm, soyaboni 15-20 nurli, 20-30 gulli, iyunda gullab mevasi iyulda pishadi. 17. Yer yuzida juda keng tarqalgan asosiy qismi Shimoliy Yarimsharlarda o`sadi ? Ziradoshlar. 18. Hayotiy shakliga ko`ra qaysi oilada bir va ko`p yillik o`tlar ustunlik qiladi ? Ziradoshlar. 19. Ziradoshlarning gullari o`simlik turiga va o`sib turgan joyiga qarab uzunligi ? 20-150 sm . Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling