O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Qoqio`tdoshlar ( murakkabguldoshlar) oilasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
31. Qoqio`tdoshlar ( murakkabguldoshlar) oilasi.
1. Qoqio`tga xos xususiyatlar ? Ko`p yillik o`t, poyasi juda kalta, savatchadagi gullar ikki jinsli tilsimon gullardir, mevasi doncha, mevasi uchida o`rnashgan popukchasi bor, 2. Sachratqining savatchasidagi gullari ? Zangori rangli, ikki jinsli tilsimon 3. Sachratqi qaysi kasallikni davolashda ishlatiladi ? Oshqozon-ichak 4. Moychechakdoshlarning to`pguli ? Aksariyat qismida naychasimon gullar ayrim turlarda savatchaning atrofida soxta tilchasimon, voronkasimon gullar bo`ladi 5. Moychechakdoshlarning O`zbekistonda keng tarqalgan vakillari ? Shuvoq, tirnoqgul, kungaboqar, bo`znoch, andiz, bo`ymadaron. 6. Qoqio`tdoshlarga mansub moylisi ? Kungaboqar, maxsar. 7. Qoqio`tdoshlarga mansub tabiiy holda uchraydigan dorivor o`simliklarga ? Bo`yimodoron, bo`znoch. 8. Ermon shuvog`ining qaysi qismidan dori tayyorlanadi ? Bargi, poyasi, to`pgulidan. 9. Qoqio`tdoshlarga mansub manzarali o`simliklarga ? Qashqargul, xrizantema, qo`qongul, kartoshkagul, dastagullar. 10. Shuvoqqa xos xususiyatlar ? Yozgi tinim davrida bo`ladi, kuz kelgach shuvoq yana o`sa boshlaydi, sentabrning ikkinchi yarmida gullaydi, savatchasi ro`vak xilidagi to`pgulga o`rnashgan, savatchalarning har birida 5-7 tadan ikki jinsli tilsimon gullar bo`ladi. 11. Qoqio`tdoshlarning qanchasi Qizil Kitobga kiritilgan ? 13 turkumga mansub, 50 tur, ulardan 30 tasi karrak turkumiga mansub. 12. Murakkab guldoshlarning umumiy gul formulasi ? Gk 0(5) Gt (5) Ch 5 U 1. 84 13. Qoqio`tdoshlarning yer yuzida qancha turkum, turi bor ? 920 turkum, 19000 tur. 14. Qoqio`tdoshlarning O`zbekistonda qancha turi turkumi bor ? 137 turkum, 597 tur. 15. Qoqio`tdoshlarning muhim belgisi ? To`pgullarning savatcha shaklida bo`lishidir. 16. Qoqio`tdoshlarning savatchasi sirtda ? Bir yoki bir necha qator turli shakldagi o`rama bargchalar bilan qoplangan. 17. Qoqio`tdoshlarning savatchasi bo`lishi mumkin ? Bir gulli yoki ko`p gulli 18. Qoqio`tdoshlarning ko`pchiligida savatchalar o`z navbatida qanday to`pgulda o`rnashadi ? Shingil, ro`vak, qalqon boshcha. 19. Suttikandoshlarning to`pguli asosan qanday ? Tilsimon gultojibarglardan tashkil topgan. 20. Suttikandoshlarning O`zbekistonda tarqalgan vakillariga ? Qoqio`t, karrak, sachratqi, qarg`atirnoq, takasoqol, maxsar, kakra. 21. Sachratqining qaysi qismidan dori tayyorlanadi ? Ildizi, barglari, gullagan paytidagi poyasidan. 22. Shuvoq o`simligiga xos xususiyat ? Murakkabguldoshlar oilasining moychechakdoshlar oilasiga kiradi,chorva mollari uchun to`yimli ozuqa,yozning quruq va jazirama kunlarida shuvoqda yozgi tinim davri boshlanadi,kuz kelgach shuvoqlar yana o`sa boshlaydi,sentabrning ikkinchi yarmida gullaydi, shuvoq savatchalari ro`vak xilidagi to`pgulda o`rnashgan. 23. O`zbekistonda qoqio`t turkumiga mansub nechta tur bor ? 26 . 24. Ko`p turdagi bir yillik va ko`p yillik o`tlar bo`lib,ularning juda kam qismini yarim butalar tashkil etadi. Faqat tropik mintaqalarda unga oid buta liana va daraxtlar o`sadi, bu qaysi oilaga xos ? Murakkabguldoshlar. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling