Qutirish virusi


Download 55.95 Kb.
bet1/4
Sana08.06.2023
Hajmi55.95 Kb.
#1463214
  1   2   3   4
Bog'liq
Viruslar

Qutirish virusi

Yusupov Abbos 56U

Rhabdoviridae (Rhabdovirus) Morfologiyasi

  • Quturish virusi Rhabdoviridae (rhabdovirus) oilasiga kiradi. Bu oilaga quturish virusi, vezikular stomatit, hayvonlar va hasharotlarda kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar kiradi.
  • Morfologiyasi. Quturish virusi tayoqchasimon (o‘qsimon) shaklga ega, bir uchi yassi, ikkinchi uchi esa biroz cho‘ziq. 80—180 nm kattalikda. Tarkibida bitta iðli RNKni saqlaydi, atrofi kapsid bilan o‘ralgan. Kapsid esa tashqi tarafidan glikoproteid va glikoliðidlarni saqlovchi qobiq bilan o‘ralgan. Qobiqda peplomeri mavjud.Virus bilan zararlangan hujayra sitoplazmasida Babesh (1882) va Negri (1903) aniqlagan kiritmalarni hosil qiladi. Shuning uchun ularni Babesh-Negri tanachalari, deb yuritiladi. Bu tanachalarning kattaligi 3—4 dan 20 mkm.gacha. Ular turli shakllarda, ko‘pincha sferik, ovalsimon va ko‘p qirrali bo‘lishi mumkin. Kislotali bo‘yoq- larda ular qizil rangga kiradi. Babesh-Negri tanachalari bosh miya nerv hujayralari sitoplazmasida joylashadi. Babesh-Negri tanacha- larini aniqlash tashxisda katta ahamiyatga ega

Kultural xossasi va Antigenlik xossasi.

  • Kultural xossasi. Quturish virusi sichqon, jo‘ja, quyon miya to‘qimasida, tovuq embrioni, buzoq, qo‘y embrionlarida va turli xil hayvonlarning to‘qima kulturalarida undiriladi.
  • Antigenlik xossasi. Quturish virusi antigenlik turlariga ega emas. Ikki xil quturish virusi mavjud bo‘lib, birinchisi yovvoyi—ko‘cha virusi, hayvonlar orasida aylanib yuradi. Odam uchun ham patogen hisoblanadi. Ikkinchi quturish virusini L. Paster uzoq vaqt (133 marta) ketma-ket quyon miyasiga yuborish yo‘li bilan olgan. Bunda quyonni zararlashdagi virusning yashirin davri 21 kundan 7 kungacha qisqar- gan. Keyingi zararlashlar virusning yashirin davrini qisqartirmadi. U yetti kunligicha qoldi va bu virus fiksatsiyalangan (Virus fixe) virus deb nomlanadi. Virusni quyon miyasiga yuborish jarayonida u quyon miyasiga joylashadi va kasallik keltirib chiqarish xossasini yo‘qotadi. Lekin u antigenlik xossasini to‘liq saqlab qoldi. Shuning uchun bu virus quturishga qarshi antirabik vaksina tayyorlashda qo‘llaniladi.

Download 55.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling