Qutirish virusi


Patogenligi Infeksiya manbayi va Tarqalsh yo’li


Download 55.95 Kb.
bet2/4
Sana08.06.2023
Hajmi55.95 Kb.
#1463214
1   2   3   4
Bog'liq
Viruslar

Patogenligi Infeksiya manbayi va Tarqalsh yo’li

  • Patogenligi. Quturish bilan uy va yovvoyi hayvonlar, qushlar kasallanadi. Kopincha it, bo‘ri, tulki, ko‘rshapalaklar va boshqalar kasallanadi. Korshapalaklarda kasallik belgisiz otadi. Ular quturish virusini saqlovchi manba bolib hisoblanishi mumkin.
  • Infeksiya manbayi. Kasal hayvon, odam.
  • Tarqalish yo‘li. Quturish virusi bevosita aloqa yo‘li orqali, ya’ni quturgan hayvon tishlaganda yoki kasal hayvonning solagi shikastlangan teri va shilliq pardalarga tushishi natijasida tarqaladi.

Patogenezi.

  • Quturgan hayvon tishlaganda yoki so‘lagi tushgan vaqtdan kasallik yuzaga kelguncha bo‘lgan davr 15—45 kundan 3—6 oygacha davom etadi (hatto yashirin davr 1 yildan ortiq bo‘lganligi ham aniqlangan). Yashirin davrning uzoqligi infeksiyaning kirish darvozasiga va jarohatlangan to‘qimaning tabiatiga hamda joylanishiga bog‘liqdir. Bosh va yuz qismini tishlaganda, yashirin davr qisqa bo‘ladi. Viruslar organizmga kirgan joydan nerv to‘qimalari orqali tar- qaladi va markaziy nerv sistemasi hujayralariga tushadi. Viruslar giðpokampda, cho‘zinchoq miya, bosh suyak nerv yadrolari va orqa miyaning bel qismida ko‘p miqdorda to‘planadi. Nerv hujay- ralarida viruslar bo‘linib ko‘payadi. Natijada nerv sistemasi shi- kastlanib, yurak reflektor qo‘zg‘alishi — tomir tortishishi, nafas va yutqin mushaklari-ning changak bo‘lishi kuzatiladi. Hansirash, havodan cho‘chish (aerofobiya) va suvdan qo‘rqish (gidrofobiya) yuzaga keladi. Suv haqidagi birgina xabar bemorda kuchli og‘riqli changak keltirib chiqaradi. Havo harakati, shamol, ba’zan har qanday shovqin, ravshan yorug‘lik va shu kabilar bemorda talvasa tutishiga sabab bo‘ladi, bemor bezovta bo‘lib, ko‘pincha atrofdagi kishilardan birontasini urish, timdalash, hatto, tishlashga payt poylaydi. 4—5 kundan so‘ng kasallik o‘lim bilan tugaydi. Davolan- magan bemorlarda o‘lim 100 % ni tashkil qiladi.Itlarda quturish belgilari quyidagicha namoyon bo‘ladi: itlarning qovog‘i solingan, xo‘mraygan, so‘lagi oqib turgan bo‘ladi. Itlar yeb bo‘lmaydigan narsalar (toshlarni, qisqich, otashkurak va b.)ni yemoqchi bo‘ladilar va keyin ularda o‘ta qo‘zg‘alish davri boshlanadi. Itlar boshlarini past qilib to‘g‘ri chiziq bo‘yicha chopadilar. Yo‘lda uchragan odamga hurmasdan birdaniga tashlanadilar va tishlaydilar. Qo‘zg‘alish davri falajlanish bilan almashinadi va o‘lim bilan tugaydi.

Download 55.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling