Qutirish virusi


Imuniteti Profilaktikasi Maxsus profilaktikasi


Download 55.95 Kb.
bet3/4
Sana08.06.2023
Hajmi55.95 Kb.
#1463214
1   2   3   4
Bog'liq
Viruslar

Imuniteti Profilaktikasi Maxsus profilaktikasi

  • Immuniteti. Infeksiyadan keyingi immunitet to‘liq o‘rganilma- gan. Emlangandan keyin immunitet 2 haftadan so‘ng hosil bo‘ladi. Bu vaziyat virusni neytrallovchi antitelolarga bog‘liq. Shuningdek, u ko‘cha va fiksatsiya viruslarining interferensiyasiga ham bog‘liq. Interferensiyaning ajoyib xususiyati shundan iboratki, bunda fik- satsiyalangan virus asab hujayralariga tez yetib boradi va ularda bo‘- linib ko‘payadi hamda ko‘cha virusining hujayralarga kirishiga to‘s- qinlik qiladi. Immunitet 6 oygacha saqlanadi.Profilaktikasi. Quturgan itlarni, hayvonlarni, daydi itlarni yo‘qo- tish, itlarni ro‘yxatga olish va albatta, quturishga qarshi emlash. Tishlagan hollarda jarohatni sovunlab yuvish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib jarohatni tozalash.Maxsus profilaktikasi. Paster tomonidan taklif etilgan antirabik vaksinasini yuborish lozim. Vaksina fiksatsiyalangan quturish virusi bilan zararlangan hayvon (quyon, sichqon va b.) miya to‘qima aralashmasidan tashkil topgan ikki xil vaksina mavjud — Fermi va Filliðs vaksinalari. Ular konservantlarning miqdori va sifatiga ko‘ra, bir-biridan farqlanadi. Fermi vaksinasi 1 % li fenol, Filliðs vaksi- nasi esa glitserinni saqlaydi.

Keyingi yillarda amaliyotda Flori vaksinasi ham qo‘llanilmoqda. Bu tirik antirabik vaksinadir. Qush embrionida undirilgan viruslardan tayyorlangan bo‘lib, ularning ta’sir mexanizmi hali o‘rganilmagan. Òishlangan yoki kasal hayvon so‘lagi tushgan bemorlarning barchasi emlanishi shart. Vaksinatsiyaga qarshilik yo‘q, lekin yetarli ko‘rsat- malar bo‘lmagan odamlarga vaksina yuborib bo‘lmaydi, chunki fiksatsiyalangan virus turli asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Bemorlarga vaksina o‘z vaqtida va ko‘p miqdorda qilinishi lozim. Vak- sina tananing qorin qismi teri ostiga qilinadi. Qancha miqdorda yuborilishini shifokor belgilaydi.Xavfli hollarda, yuqori natijaga erishish uchun, bemorga vak- sinadan tashqari antirabik immunoglobulin ham yuboriladi. Immu- noglobulin fiksatsiyalangan virus bilan otlarni giðerimmunizatsiya qilib, ularning ham zardobidan olinadi. Immunoglobulin viruslar ta’sirini neytrallash xossasiga ega. Bundan tashqari, u emlangandan so‘ng yuzaga keladigan asoratlarning (allergik ensefalomiyelit va b.) oldini oladi.Butun dunyoda antirabik vaksinalar asoratlar qoldirmasligiga doimo tekshirilib turiladi.Davosi. Ishlab chiqilmagan.

  • Keyingi yillarda amaliyotda Flori vaksinasi ham qo‘llanilmoqda. Bu tirik antirabik vaksinadir. Qush embrionida undirilgan viruslardan tayyorlangan bo‘lib, ularning ta’sir mexanizmi hali o‘rganilmagan. Òishlangan yoki kasal hayvon so‘lagi tushgan bemorlarning barchasi emlanishi shart. Vaksinatsiyaga qarshilik yo‘q, lekin yetarli ko‘rsat- malar bo‘lmagan odamlarga vaksina yuborib bo‘lmaydi, chunki fiksatsiyalangan virus turli asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Bemorlarga vaksina o‘z vaqtida va ko‘p miqdorda qilinishi lozim. Vak- sina tananing qorin qismi teri ostiga qilinadi. Qancha miqdorda yuborilishini shifokor belgilaydi.Xavfli hollarda, yuqori natijaga erishish uchun, bemorga vak- sinadan tashqari antirabik immunoglobulin ham yuboriladi. Immu- noglobulin fiksatsiyalangan virus bilan otlarni giðerimmunizatsiya qilib, ularning ham zardobidan olinadi. Immunoglobulin viruslar ta’sirini neytrallash xossasiga ega. Bundan tashqari, u emlangandan so‘ng yuzaga keladigan asoratlarning (allergik ensefalomiyelit va b.) oldini oladi.Butun dunyoda antirabik vaksinalar asoratlar qoldirmasligiga doimo tekshirilib turiladi.Davosi. Ishlab chiqilmagan.

Download 55.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling