O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
5 SO`Z BOSHI Umumiy o`rta ta`lim maktablarida botanika fanining o`qitilishi, bu fanning o`quvchilar tomonidan o`rganilishi, o`zlashtirilishining samara dorligini ta`minlashda o`quv adabiyotlarining ( darslik, qo`llanma, yordamchi o`quv- uslubiy ishlar) O`zbekiston Respublikasida amal qilayotgan uzviylashtirilgan Davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi (Toshkent, 2010) talablari asosida ishlab chiqilishi, yaratilishi muhim ahamiyatga ega. Ta`kidlash lozimki hozirgi vaqtda mamlakatimiz ta`lim tizimida bu sohada ancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ammo davr talabi o`quvchilarning mustaqil bilim olishi, fikr yuritishi imkoniyatlarini yana ham kengaytirish va chuqurlashtirishni taqozo etmoqda. Shunga ko`ra Botanika fanidan savol - javob topshiriqlari o`quv-uslubiy qo`llanmasi tayyorlandi. Bu qo`llanmada biologiya fanining botanika qismi uchun DTSda keltirilgan uzviylikka rioya qilib fan doirasidagi mavzular, bo`limlar “oddiydan murakkabga” tamoyili asosida joylashtirildi va unga 1768 ta savol - javob topshiriqlari kiritildi. Savolarni tuzishda va turli manba`lardan tanlanganda mahalliy sharoitga mos keladiganlariga ko`proq e`tibor berildi. O`quv-uslubiy qo`llanmadan biologiya fani o`quvchilari, repetitorlar, talabalar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, o`rta umumta`lim maktabi o`quvchilari, hamda biologiyaga (botanika) qiziquvchilar, abituriyentlar, mustaqil o`rganuvchilar ham foydalanishi mumkin. Botanika bo`yicha nazariy bilimlarni puxta o`zlashtirishda, uni amaliy faoliyat bilan bog`lashda, u yoki bu masala bo`yicha mustaqil fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirishda, ta`limga kompetensiyaviy yondoshishni kuchaytirishda ushbu o`quv- uslubiy qo`llanma yordam berishi mumkin. O`qituvchilar fan bo`limlari, mavzulari bo`yicha tarqatma materiallarni qisqa vaqt ichida tayyorlashlari, ulardan dars davomida, darsdan, sinfdan, maktabdan tashqari o`tkaziladigan tadbirlarda foydalanishlari ham mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling