O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
17. Suvo`tlar bo`limi .
1. Tallom qanday o`simliklarga xos ? Suvo`tlarga. 2. Tuban o`simliklarga kiradi ? Suvo`tlar. 3. Qaysi o`simliklar tanasi tallom deyiladi ? Ko`p hujayrali tuban o`simliklarning . 4. Suvo`tlarni fanga ma`lum bo`lgan turlari qancha ? 30000. 5. Suvo`tlarni qaysi fan o`rganadi ? Algologiya. 6. Yashil suvo`tlarida fotosintez jarayonini bajaruvchi organoidni belgilang ? Xromatofor. 7. Faqat yashil suvo`tlar hujayrasida uchraydigan organoidni toping ? Xromatofor. 8. Suvo`tlarning jinsiy a`zolari qanday hujayradan tashkil topgan ? Bitta hujayradan. 61 9. Qaysi bir hujayrali suvo`tning tarkibida oqsil, moy, kraxmal, vitamin ko`p bo`ladi ? Xlorella. 10. Tuban o`simliklarning o`ziga xos xususiyati ? Tanasi ildiz poya bargga bo`linmagan, erkaklik jinsiy a`zosi bir hujayrali, to`qima uchramaydi. 11. Suvo`tlar … suvdan tashqari qayerlarda uchraydi ? Zax tuproqlarda, sernam sharoitda , o`suvchi daraxtlar poyasida, to`nkalarda, daryo yoqasidagi toshlar ustida . 12. Xlorella qaysi oilaga mansub ? Xlorelladoshlar. 13. Xlorella po`sti orqali nimalarni shimib oladi ? Suvni, CO 2 mineral tuzlarni 14. Xlorella qanday ko`payadi ? Jinssiz. 15. O`rta Osiyoda 5 ta turi mavjud bo`lgan suvo`ti ? Xlorella. 16. Xlorella avlodi bir oy ichida ko`payib qanchaga yetishi mumkin ? Bir necha millionga. 17. Xlorella qachon sporaga aylanadi ? Kuzda. 18. Xlorellaning qancha turi bor ? 40 ta. 19. Tuban o`simliklar yuksak o`simliklardan qanday farq qiladi ? Yuksak o`simliklarning tanasi barg, ildiz ,poyaga bo`lingan jinsiy hujayralar ko`p hujayrali. 20. Xlorella qanday tuzilishga ega ? Qobiq, sitoplazma, mag`iz, xromotafor. 21. Iflos azotli birikmalarga boy suv havzalarida qaysi suvo`ti uchraydi ? Xlamidomonada. 22. Xlorella ichidagi borliq nechta bo`lakka bo`linadi ? 4 yoki 8 ta. 23. Xlamidomonada hujayrasining shakli ? Noksimon . 24. Qaysi suvo`ti har xil dorilar tarkibiga qo`shiladi ? Xlorella. 25. Hujayrasida ikkita vakuolasi bo`lgan suvo`tini belgilang ? Xlamidomonada. 26. Xlamidomonadaning ko`zchasi nima deb ataladi, uning rangi qanday ? Stigma, qizil. 27. Ko`p hujayrali yashil suvo`tlarga ? Ulotriks, spirogira, kladafora, xara. 28. Ko`p hujayrali suvo`tlarga xos belgi nimadan iborat ? Tallomlarning doimo o`sib kattalashib borishi. 29. Belbog`li ulotriks qaysi suvlarda uchraydi ? Daryo, soylarda. 30. Ulotriks nimaga yopishib o`sadi ? Toshlar, yog`ochlarga. 62 31. Ulotriks ipchasi qanday hujayralardan iborat ? Zanjirsimon tuzilgan bir xil hujayralardan tashkil topgan shoxlamaydi. 32. Ulotriks suv tagidagi narsaga nimasi bilan birikadi ? Rizoid. 33. Chuchuk suvda yashaydi ko`p hujayrali xromotofori belbog`simon ko`rinishda bo`lgan suvo`ti ? Ulotriks. 34. Zoosporalar hosil qiladigan suvo`tlar ? Ulotriks, xlamidomonada. 35. Xromatofori spiralsimon tuzilishga ega bo`lgan suvo`ti ? Spirogira. 36. Ulotriks jinssiz ko`payganda ona hujayra ichidagi borliq nechta bo`lakka bo`linadi ? 16-32 hujayrachalarga. 38. Jinssiz ko`payganda hosil bo`lgan hujayralar ? Zoosporalar. 39. Ulotriksni zoosporalar harakatdan to`xtab suv tagidagi narsalarga yopishib ko`ndalangiga ikkiga bo`linadi, pastki qismida va ustki qismidan hosil bo`ladigan hujayralar ? Pastki qismidan rizoid, ustki qismi vegetativ hujayra. 40. Ulotriks gametalarining zoosporadan farqi ? Gametalar 2 xivchinli, zoosporalar 4 xivchinli. 41. Ulotriksning zigotasi tinim davri o`tagandan so`ng nechta ulotriks hosil bo`ladi ? 4 ta . 42. Ulotriksning nechta turi bor ? 25 ta . 43. Hovuzlarda, zovurlarda , sekin oqadigan suvlarda ko`p uchraydigan suvo`ti ? Spirogira. 44.Yadrosi sitoplazmadan chiqqan iplarga osilgan holda turadigan suvo`ti ? Spirogira . 45. Qaysi suvo`ti iplari shoxlanmagan yirik silindrsimon hujayralardan tuzilgan ? Spirogira . 46. Spirogiralarning nechta turi ma`lum ? 340. 47. Daryo, ko`l, suv omborlarida suvo`tlardan qaysi turi uchraydi ? Kladofora. 48. Xara qayerlarda o`sadi ? Ariq, hovuz, ko`l, sholipoyalarda. 49. Plankton holda o`suvchi suvo`ti ? Spirogira. 50. Sug`orish tarmoqlarini bosib ketib, suvning oqishiga to`sqinlik qiladigan suvo`ti ? Xara . 51. Bo`yi 1 metrga yetadigan suvo`ti ? Kladofora. 52. Bo`yi 30-60 sm ga yetadigan suvo`t ? Xara. 53. Ulotriksning zigotasiga xos xususiyat ? Qalin po`st bilan qoplanadi, tinim davri tugagach bo`linadi, 4 ta hujayraning hammasi o`sib ulotriksning ipiga aylanadi. 63 54. Ulotriks qachon spora hosil qiladi ? Noqulay sharoit vujudga kelganda, suv havzasi qurib qolganda, qish kelib suv soviganda. 55. O`zbekistonda suvo`tlarni o`rganishda xizmatlari katta bo`lgan olim ? A. M. Muzaffarov. 56. Dengiz suvo`tlariga qaysi suvo`tlar kiradi ? Nemalion, ulva, laminariya. 57. Dengiz suvo`tlarining bo`yi ? Bir necha sm dan 60-70 metrgacha boradi. 58. Rizoidli suvo`tlarga qaysilari kiradi ? Ulotriks, xara, kladofora, laminariya . 59. Karotin ? Sariq . 60. Ksantofil ? Zarg`aldoq. 61. Laminariya qanday ko`payadi ? Jinssiz va jinsiy. 62. Dengiz suvo`tlarida qaysi element bor ? Yod, brom 63. Dengiz suvo`tlarining 1 kg kulidan qancha miqdorda toza yod olish mumkin ? 5-20 g . 64. Agar-agar qaysi suvo`tidan olinadi ? Qizil. 65. Dengiz suvo`tilarining boshqa suvo`tlardan farqi ? Karotin, ksantofil, qizil qo`ng`ir pigmentlar bo`lishi . 66. Laminariyaning bo`yi ? 2-6 - 12 m. 67. Laminariyaning eni ? 10-75 sm. 68. Laminariyaning rizoidi ? Novsimon , kalta silindrsimon. 69. Qaysi suvo`tidan turli xil ovqatlar konservalar shirin mahsulotlar tayyolanadi ? Laminariyadan. 70. Nemalion ulva qaysi mamlakatlarda o`sadi ? Quriya, Xitoy, Yaponiyada. 71. Nemalion ulva tarkibida qaysi moddalar ko`p ? Oqsil, uglevod, vitamin. 73. Nemalion ulva tarkibida qaysi moddalar kam ? Moy. 74. Dengiz suvo`tlari qaysi mamlakatlarda uy hayvonlariga beriladi ? Norvegiya, Islandiya, Shotlandiya, Irlandiya, Angliya. 75. Sanoatda agar-agardan nima tayyorlanadi ? Marmelad, muzqaymoq. 76. Labaratoriyalarda bakteriyalar, zamburug`lar o`stirish uchun oziq sifatida qo`llaniladi ? Agar-agar. 77. Laminariyaning ikkinchi nomi ? Dengiz karami. 78. Laminariya dengiz karami deyilishiga sabab ? Tarkibida darmondorilar , shakar, oziqbob moddalar to`planadi. 64 79. Laminariya Yapon dengizining qaysi qismida keng tarqalgan ? Shimoliy qismida. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling