O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
13. Meva va urug`lar.
1. Meva hosil bo`lishida tugunchadan tashqari gulning qaysi qismi ishtirok etadi ? Gulqo`rg`on, gulo`rin. 2. Mevalar hosil bo`lishiga qarab ? Ikki xil chin(haqiqiy) , soxta. 3. Haqiqiy meva gulning qaysi qismidan hosil bo`ladi ? Urug`chi tugunchasidan. 4. O`rik, gilos, olcha, olxo`ri qanday meva ? Chin. 5. Qayrag`och, zarang, shumtol qanday meva ? Soxta qanotchali. 47 6. Qovoq, qovun, namatak, saksovul qanday meva ? Soxta. 7. Tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ishtirokida hosil bo`1gan meva ? Soxta. 8. Mevaning vazifasi nimadan iborat ? Urug`ning tarqalishiga yordam berish, urug` pishib yetilguncha uni tashqi ta`sirdan himoya qilish. 9. Olma, nok, behi, qulupnay qanday meva ? Soxta. 10. Meva asosan nechta qismdan iborat ? Uchta; ustki qism-po`st, oraliq qism-meva eti, ichki qism mag`iz. 11. Mevaning tuzilishiga ko`ra xillari ? Ho`l va quruq. 12. Zarang, qayrag`och, shumtolning mevasi ? Qanotchali. 13. Mevalarning oraliq qismi seret qalin bo`lsa ? Ho`l meva. 14. Mevaning oraliq qismi yupqa etsiz, quruq bo`lsa bunday mevalar ? Quruq meva. 15. Ho`l mevaning xillari ? Rezavor, qovoq, urug`li, danakli. 16. Qo`ng`irbosh mevasining uzunligi, og`irligi ? Uzunligi 0,5 mm, og`irligi 0,1-0,2 mg . 17. Ko`sak va rezavor mevalar qaysi oilalar uchun xarakterli ? Loladoshlar, ituzumdoshlar. 18. Noyob mevali o`simliklar ? Yong`oq, pista, bodom safsan. 19. Chuchmoma o`simligining mevasi ? Ko`sak. 20. Akatsiya, tangao`t, zirako`t o`simliklari uchun xarakterli meva ? Dukkak. 21. Lavlagi mevasi ? Yong`oqcha. 22. Qaysi o`simlik mevasi tarkibida oshlovchi modda bor ? Namatak. 23. Mevasidan dori-darmon sifatida foydalaniladigan o`simliklar ? Marmarak, namatak, qoraqat. 24. Mevasi rezavor hisoblangan o`simliklar ? Qulupnay, ituzum, pomidor, kartoshka, uzum. 25. Qaysi mevaning eti rezavor mevalarnikiga qaraganda qalin, usti qattiq po`st bilan o`ralgan ? Qovoq mevalar. 26. Ho`l mevalar orasida juda ko`p bo`lgani ? Rezavor. 27. Rezavor mevalarga misol ? Pomidor, qoraqat, ituzum, kartoshka, qulupnay. 28. Rezavor mevalar orasida C darmondorisi bor meva ? Pomidor, ituzum. 29. Rezavor mevalar orasida zaharlisi, istemol qilishga yaroqsizi ? Kartoshka. 48 30. Qattiq danagi, sersuv eti, hamda shu danak ichida joylashgan bittadan mag`izi bilan ajralib turadigan ho`l mevalar ? Danakli. 31. Po`sti yupqa oraliq qismi sersuv meva ? Rezavor. 32. Qovoq mevali o`simliklar guruhiga ? Qovoq, tarvuz, qovun, handalak, tomoshoqovoq, bodring. 33. Qaysi mevalar inson salomatligi uchun zarur bo`lgan foydali moddalarga va darmondorilarga boy bo`ladi ? Danakli. 34. O`simlikning o`sishi va rivojlanishi uchun nihoyatda zarur ? Tuproq, suv, yorug`lik, harorat, kislorod. 35. Quruq mevalar bo`linadi ? Chatnaydigan, chatnamaydigan. 36. Chatnamaydigan quruq mevali o`simliklarga ? Bug`doy, arpa, suli, makkajo`xori, sholi. 37. Danak mevalar orasida shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi ? O`rik. 38. Bir nechta mevabargdan tashkil topgan urug`i pishgandan keyin chokidan ochiladigan meva ? Ko`sak. 39. Quruq mevali o`simliklar ? Yong`oq, pista, bodom. 40. Chatnaydigan quruq mevalar ? Ko`sak, dukkak, qo`zoq- qo`zoqcha, qanotchali. 41. Kungaboqarning mevasi ? Pista. 42. Chetlari bir-biriga qo`shilib ketgan meva bargchalardan iborat, meva yetilgan vaqtda ikki pallaga ajraladi, pallalar orasida to`siq bo`lmaydigan meva? Dukkak. 43. Ko`sak mevali o`simliklarga ? Boychechak, g`o`za, lola,bangidevona, chuchmoma. 44. Dukkak mevali o`simliklarga ? No`xat, mosh, loviya, burchoq, oq akatsiya. 45. Qo`zoq mevaning tuzilishidagi xususiyayt ? Bo`yi enidan uch marta va undan ham uzun. 46. Qo`zoqcha mevaning tuzilishidagi xususiyat? Bo`yi eni bilan bir xil yok ikki marta uzun. 47. Qaysi o`simliklarning mevasi dukkakka o`xshasada, lekin orasida to`sig`i borligi bilan farq qiladi ? Karam, rediska, turp, qurttana. 48. G`o`za qanday mevali o`simlik ? Chatnaydigan ko`sak. 49. Dukkak meva qo`zoq mevadan qanday farq qiladi ? Pallalari orasida to`siq bo`lmasligi. 49 50. Qaysi o`simlikning urug`chi tuplari mevasi pishgan vaqtda paxta bilan o`ralgandek tuyuladi va uchib yuradi ? Terak, tol, qoqio`t, qo`g`a. 51. Ayrim manzarali daraxtlarning mevasi qanday bo`ladi ? Qanotchali. 52. Qo`zoq-qo`zoqcha mevali o`simliklar ? Karam, qurttana, rediska, turp. 53. Boshoqli o`simliklarning mevasi qaysi mevaga kiradi ? Quruq don mevaga bir urug`li . 54. Allergiya kasalligiga duchor qiladigan o`simlik ? Terak. 55. Terak qaysi qalamchasidan ko`paytiriladi ? Changchilik. 56. Mevalar birinchi navbatda o`simliklarning ? Ko`payishi, tarqalishi, nasl qoldirishi uchun zarur. 57. Mevalar tabiatda qanday ahamiyatga ega ? Tuproq hosil o`lishida, tirik mavjudotlar uchun ozuqa, o`simliklarning tarqalishiga . 58. Mevasidan oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o`simliklar ? Olma, yong`oq, o`rik, uzum, bug`doy, mosh, loviya, tariq, qo`noq, no`xat. 59. Zaytunning qaysi qismidan moy olinadi ? Mag`zidan. 60. O`zbekistonda eng ko`p tarqalgan ziravorlarga ? Zira, alqor, kashnich, sedana, murch. 61. Iqlimi issiq mamlakatlarda o`sadigan o`simliklar ? Qovun daraxti, non daraxti, banan, kokos palmasi 62. Mevasidan zeb-ziynat buyumlarni tayyorlashda foydalaniladi ? Yersovun, tasbehmunchoq, qalampirmunchoq. 63. Dukkagi bir urug`li , tuxumsimon, uzunligi 1,5-2 mm bo`lgan o`simlik ? Sebarga, 64. O`simliklar urug`pallasiga qarab ? Bir va ikki urug`pallali o`simliklarga bo`linadi. 65. Urug` o`simlikning qanday organi ? Murtak, urug`palla, po`stdan iborat ko`payish. 66. G`o`za urug`ining tuzilishi ? Tola, yog`ochsimon qobiq, oq po`st, urug`palla, murtak, ( ildizcha, poyacha, ikkita kichik bargcha). 67. Loviyaning urug`i dukkak pallasiga qaysi qismi orqali birikadi ? Chok. 68. Loviya urug`ining tuzilishi ? Silliq po`st, urug` palla, murtak ildizcha poyacha ikkita bargcha. 50 69. Bug`doy donini tuzilishi ? Tashqi po`st (meva po`sti) ichki po`st (urug`po`sti) endosperm, murtak. 70. Qaysi o`simliklar yer yuziga ikkita urug`palla barg bilan chiqadi ? Ikki urug`pallali. 71. O`zbekistonda ikki urug`pallali o`simliklar orasida eng keng tarqalgani ? G`o`za. 72. Qaysi o`simliklar yer yuzida bitta urug`palla bargi bilan unib chiqadi ? Bir urug`pallali. 73. Yer yuzida eng ko`p tarqalgan bir urug`pallali o`simliklardan biri ? Bug`doy. 74. Bug`doy murtagining qismlari ? Boshlang`ich ildizcha, poyacha, kurtakch. 75. Bug`doy murtakni, endospermadan ajratib turadi ? Bitta urug`pallasi. 76. Bug`doy urug`ining aksariyat qismi ? Endosperma. 77. Endosperma qanday hujayralar to`plamidan iborat ? Oziq moddalar to`plamini tashkil etuvchi hujayralardan iborat. 78. Chigit po`sti, loviya urug`i po`stidan nimasi bilan farq qiladi ? G`o`zaning chigiti yog`ochsimon po`st, loviyaniki yaltiroq silliq po`st bo`lishi bilan. 79. Suli urug`ining asosiy qismini nima tashkil etadi ? Endosperma. 80. Arpa urug`ining murtagi qanday qismlardan tuzilgan ? Urug`po`sti, bitta urug`palla, ildizcha, poyacha, kurtakcha. 81. Qaysi o`simliklarning urug`i tarkibida zaharli moddalar bo`ladi ? Mastak, achchiq bodom, shaftoli, kampircho`pon. 82. Urug`da kraxmal ko`p bo`lgan o`simliklar ? Bug`doy, makkajo`xori, sholi, arpa, oqjo`xori. 83. Urug` tarkibida kraxmal borligini qaysi modda yordamida aniqlash mumkin ? Yod. 84. Urug`tarkibida oqsil moddasi ko`p bo`lgan o`simliklar ? Loviya, mosh, no`xat. 85. Urug`da yog` miqdori ko`p bo`lgan o`simliklar ? Kungaboqar, g`o`za, yong`oq, soya, maxsar. 86. Urug`i tarkibida efir moylari bo`lgan o`simliklar ? Zira, shivit. 87. Urug` tarkibidagi organik moddalarga ? Kraxmal, oqsil , moylar. 88. Agar urug`ni qizdirish davom ettirilsa ? Tutay boshlaydi, kuygan hid tarqaladi, urug` qorayib ketadi. 89. Urug`lar nafas olganda ? O 2 yutib, CO 2 H 2 O issiqlik ajratadi. 51 90. Qaysi urug`lar o`sish xususiyatini bir yildan ortiqroq saqlaydi ? Saksovul, chayir, izen. 91. Bug`doyni ekish chuqurligi unib chiqish uchun zarur harorat ? Chuqurligi 3-4 sm, gradusi 3 0. 92. Har bir urug`ning unib chiqishi uchun birinchi navbatda ? Tinim davrini o`tishi zarur. 93. Urug`ning p o`sti nima ta`sirida yoriladi ? Bosim kuchi ostida. 94. Sabzi ekish chuqurligi, unib chiqishi uchun zarur harorat ? 0,5-2 sm chuqurlikda 5 0 gradus . 95. Turpni ekish chuqurligi ? 2-3 sm. 96. Qanday urug`lar chuqurroq ekiladi ? Yirik urug`lar maydalariga qaraganda chuqurroq ekiladi. 97. Qanday tuproqda urug`lar yuzaroq ekiladi ? Zich tuproqda. 98. Zich tuproqda urug`larni yuzaroq ekishga sabab ? O 2 kam bo`ladi. 99. Urug`ning unib chiqishi uchun qanday sharoitlar zarur ? Suv, havo issiqlik. 100. O`simta o`sishi va rivojlanishi uchun oziq moddalarni qayerdan oladi ? Urug`palla endospermdan . 101. Qaysi o`simliklarning danagi kuzda ekiladi ? O`rik, shaftoli, bodom. 102. Nish ? Urug`dan endigina o`sib chiqqan kalta nozik o`simta. 103. Nish o`sishi uchun oziq moddalarni qayerdan oladi ? Urug`palla endospermadan. 104. Nish o`sib asta sekin ? Maysaga aylanadi. 105. Maysalar oziqlanadi ? Fotosintez jarayonida hosil bo`lgan moddalar hisobiga. 106. Meva urug`larning tarqalishiga moslanishi ? O`simliklarning eng muhim biologik xususiyatlaridan biri. 107. Saksovulning ildizi o`ziga namlik izlab qaysi qatlamni teshib o`tadi ? 0,5-1 m li gips qatlamlarini. 108. Seyshel palmasining og`irligi ? 25 kg. 109. Meva urug`larini o`z kuchi bilan tarqatadigan o`simliklarga ? Avtoxor o`simliklar. 110. Avtoxor o`simliklarga ? Xina, burchoq, o`qotar, yorongul. 111. Yozning eng issiq paytlarida barglarini to`kib , salqin tushishi bilan yana barg chiqaradigan o`simlik ? Shuvoq, boyalish. 52 112. Nilufar, g`umay, kurmak, machin, qo`ypechak, zarpechak, zubturum, qurttana kabi o`simliklarning mevasi qanday tarqaladi ? Suv. 113. G`o`zaning qaysi qismidan moy olinadi ? Chigitidan. 114. Kungaboqarning qaysi qismidan moy olinadi ? Pistasidan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling