O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
12. To`pgullar.
1. Bitta umumiy bandda bir nechta gul joylashgan bo`lsa ? To`pgul deyiladi. 2. To`pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o`simliklar ? Lola, binafsha, behi, ko`knor . 3. Oddiy to`pgulda ? To`pgul oqi shoxlanmaydi. 4. Qanday to`pgullar oddiy hamda murakkab bo`ladi ? Boshoq, soyabon shingil. 5. Zubturumning to`pguli qanday bo`ladi ? Oddiy boshoq. 6. Qaysi o`simliklarning gullari to`pgul oqiga bandsiz birikadi ? Zubturum, makkajo`xori. 7. Qaysi o`simliklarda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar to`pgul oqida navbat bilan joylashadi ? Olma, nok, gilos, olcha. 44 8. Mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashgan o`simlik ? Oddiy boshoq , zupturum . 9. Gullari gulpoyada uzun bandi bilan birlashgan o`simliklar ? Karam, rediska, jag`-jag`, qurttana. 10. Qaysi to`pgulning yuqori qismi bir xil tekislikda bo`ladi ? Qalqonsimon. 11. Karam, rediska, jag`-jag` qurttana qanday to`pgul hosil qiladi ? Oddiy shingil. 12. Sabzi, ukrop, petrushka, shashir, bodiyon qanday to`pgul hosil qiladi ? Murakkab, soyabon. 13. Boshoqli o`simliklarning ko`pchiligida ikkita, uchta gul birlashib ? Oddiy boshoq. 14. Qashqarbeda qanday to`pgul hosil qiladi ? Oddiy shingil. 15. Bir nechta oddiy boshoqlar birlashib ? Murakkab boshoqni hosil qiladi. 16. Boshoqqa o`xshaydigan to`pgul ? Kuchala. 17. Olma, nok, gilos, olchaning to`pguli ? Oddiy qalqonsimon. 18. Yong`oq , oqqayin, tolning changchili to`pguli ? Kuchala. 19. Kuchala to`pgulning boshoq to`pguldan farqi ? Gulpoyasining osilib turishi bilan ulardan farq qiladi. 20. Savatcha atrofi qanday bargchalar bilan o`ralgan ? O`rama bargchalar bilan. 21. Kungaboqar, kartoshkagul, shuvoq, bo`tako`z, sachratqi, ermon, karrak kabi o`simliklarning guli qanday to`pgulda joylashgan ? Savatcha. 22. Murakkab, shingil, ro`vak hosil qiladigan o`simliklar ? Tok, sholi, qamish, nastarin, kelin supurgi, otquloq, rovoch. 23. Ituzum, pomidor, kartoshkaning to`pguli ? Gajak to`pgul. 24. Ziradoshlar oilasiga xos to`pgul ? Murakkab, soyabon. 25. Bug`doy, arpa, javdarning to`pguli ? Boshoq. 26. Changdonda yetilgan changlarning urug`chi tumshuqchasiga tushishiga ? Changlanish. 27. Changlanishning xillari ? Chetdan, o`z-o`zidan, sun`iy. 28. Hashorot yordamida changlanadigan o`simliklarning o`ziga xos xususiyati ? Gullari yirik, xushbo`y hid taratadi, gullari rang - barang bo`ladi. 29. Hashorotlar yordamida changlanuvchi o`simliklarga ? Olma, o`rik, nok, beda, oqquray, g`o`za . 45 30. Guldan hashorot nimani oladi ? Chang, xushbo`y asal shirani. 31. Gullardagi chang va nektarni turli a`zolari yordamida oladi, bularga ? Tuklari, oyoqlari, xartumi. 32. Bir gramm asal yetishtirish uchun har bir asalari qancha gulga qo`nadi ? Minglab guldan-gulga. 33. Karamdoshlar qanday to`pgul hosil qiladi ? Oddiy shingil. 34. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklarning gullari ? Ko`rimsiz, mayda, hidsiz, rangsiz. 35. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklarga ? Bug`doy, arpa, sholi, suli, tol, terak, yong`oq. 36. Qaysi o`simliklar avval gullab, keyin barg chiqaradi ? Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklar. 37. Qaysi o`simlikning changchilari boshoqdan tashqarida osilib turadi ? Bug`doy. 38. Oddiy soyabon bo`lgan o`simliklar guruhini toping ? Prumula ,piyoz. 39. O`z-o`zidan changlanadigan o`simliklar guruhini aniqlang ? Olma, nok, namatak. 40. O`z hayoti davomida bir marta gullab bir marta meva beradigan ko`p yillik o`simlikni aniqlang ? Kavrak. 41. O`z-o`zidan changlanadigan o`simliklarning o`ziga xos xususiyati ? Changchi bilan urug`chi bir vaqtda yetiladi, changchi urug`chiga nisbatan uzun bo`ladi. 42. Bir tup o`simlik changchisidagi chang shu guldagi urug`chining tumshuqchasiga tushsa bunday changlanish ? O`z-o`zidan changlanish. 43. O`simlikning guli inson tomonidan changlantirilsa ? Suniy changlanish. 44. Ko`pincha qaysi o`simlik suniy changlantiriladi ? Makkajo`xori. 45. Suniy changlantirishdan maqsad ? Hosildorlikni oshirish ,yangi navlar yaratish. 46. Urug`lanish deb nimaga aytiladi ? Changchi va urug`chidagi jinsiy hujayralarning qo`shilishiga . 47. Bitta changdonda qancha chang yetiladi ? 100 lab, minglab. 48. Chang o`simliklarning turiga qarab qanday bo`ladi ? Har xil shaklda va kattalikda . 49. Chang hujayralar nechta qanday hujayralardan tashkil topgan ? 2 ta, yirik vegetativ ,mayda generativ. 46 50. Chang naychasi changning qaysi qismidan hosil bo`ladi ? Vegetativ hujayrasidan. 51. Urug`kurtak qayerda joylashgan, qanday hujayradan tuzilgan ? Urug`chi tugunchasida, tuxum ,markaziy. 52. Chang qanday moslanish ta`sirida urug`chining tumshuqchasida ushlanib qoladi ? Chang donasining o`zi notekis ,tumshuqchadan yopishqoq shira ajraladi. 53. Generativ hujayra bo`linib nimani hosil qiladi ? 2 ta spermiyni. 54. Chang naychasi tez o`sib boradi ? Tumshuqchaga, ustunchaga, tugunchaga. 55. Spermiylarni biri tuxum hujayra, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo`shilishi ? Qo`sh urug`lanish deyiladi. 56. Urug`langan tuxum hujayradan ? Murtak. 57. Urug`langan markaziy hujayradan ? Endosperm. 58. Urug`ning zapas oziq moddalar saqlovchi qismi qanday nomlanadi ? Endosperm. 59. O`simlikning urug`i gulning qaysi qismidan ? Urug`kurtakdan. 60. Urug`ni nima hosil qiladi ? Murtak endosperma. 61. Urug`kurtakning po`stidan ? Urug`ni o`rab turuvchi po`st hosil bo`ladi. 62. Tugunchada bitta urug`kurtak bo`lsa ? Bir urug`li meva. 63. Bir urug`li mevaga ? Gilos, olcha, olxo`ri. 64. Ko`p urug`li mevaga ? G`o`za, olma, ko`knor. 65. Spermalar gulning qaysi qismidan rivojlanadi ? Chang donachasidan. 66. Ham ro`vak, ham so`ta to`pguli bo`lgan o`simlik? Makkajo`xori. 67. Qaysi oilaning gullari yakka-yakka barg qo`ltig`ida, shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to`pgullarda joylashgan ? Ranodoshlar. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling