O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
8. Barg.
1. O`simlik nima bilan tirik ? Barg. 2. Bargning vazifasi ? Organik moddalar hosil qilish, suvni bug`latish, nafas olish, zaharli moddalardan holi qilish. 3. Bandsiz barglarga ? Lola, bosh piyoz, shirach, gulsafsar, bug`doy, makkajo`xori, arpa, sholi. 4. Bandsiz barglar poyaga qanday birikadi ? Yaprog`ining pastki qismi bilan. 5. Barg asosan qanday qismdan iborat ? Barg yaprog`i, barg bandidan. 6. Barg bandining pastki qismida yon bargchalari bo`lgan o`simlik ? Olma bargi. 7. Barglar poyada yoki novdaga qanday birikadi ? Bandi yoki barg yaprog`ining pastki qismi bilan. 8. Ikki urug`pallali o`simliklarning bargi odatda qanday tomirlangan ? Patsimon, panjasimon, to`rsimon. 9. Bir urug`pallali o`simliklarning bargi odatda qanday bo`ladi ? Parallel, yoysimon. 10. Terak, chinor, olma, o`rik, nok, tut , g`o`zaning bargi qanday tomirlangan ? To`rsimon tomirlangan. 11. Bug`doy, arpa, makkajo`xori, oq jo`xori, g`umayning bargi qanday tomirlangan ? Parallel, yoki yoysimon. 12. Tomirlar qanday vazifani bajaradi ? Bargka mustahkamlik, moddalar harakatini ta`minlaydi. 35 13. Oddiy barg deb nimaga aytiladi ? Bitta barg bandida bitta barg yaproqchasi bo`lgan barglarga. 14. Olma, o`rik, nok, shaftoli, tut, tok, g`o`za, terak, rovoch, yantoq qanday bargli ? Oddiy. 15. O`simliklarning bargi tuzilishiga ko`ra qanday bo`ladi ? Oddiy va murakkab. 16. Barglar yaprog`ining chetiga qarab ? Tekis, tishli, ikki karra tishli, arrasimon o`yilgan. 17. Barglar o`simliklarning turiga qarab ? Tukli- tuksiz. 18. Oddiy barglar yaprog`ining tuzilishiga ko`ra ? Patsimon, panjasimon, uch bo`lakli. 19. Yong`oqning bargi ? Toq patsimon. 20. Panjasimon murakkab barg ? Soxta kashtan. 21.Tuxumsimon barg ? O`rik, ituzum. 22. Teskari tuxumsimon barg ? Qayrog`och. 23. Murakkab bargning xillari ? Uch bargchali, panjasimon, toq, juft, patsimon, ikki uch karra bo`lingan murakkab barg, toq bargchalar o`rniga gajaklar hosil qiladigan barglar. 24. Buyraksimon barg qaysi o`simlikda bo`ladi ? Binafsha, qovoq. 25. Qaysi o`simlik bargining shakli elipissimon bo`ladi ? Nok, yantoq. 26. Qalami barg qaysi o`simlik uchun xos ? Bug`doy, makkajo`xori. 27. Qaysi o`simlik bargining shakli ninasimon ? Qarag`ay, 28. Qaysi o`simlik bargi tangasimon ? Archa. 29. Yerbag`ir tugmachagulning barg shakli ? Yumaloq. 30. Bitta barg bandida bir nechta bargchalar joylashgan bo`lsa bunday barglarga ? Murakkab barg deyiladi. 31. Qayrag`och, majnuntol qanday bargli ? Oddiy. 32. Barglar yaprog`ining shakliga qarab ? Yumaloq, panjasimon, tuxumsimon, ovalsimon, qalami, rombsimon, uchburchaksimon. 33. Uch bo`lakli oddiy barg ? G`o`za. 34. Panjasimon oddiy barg ? Zarang. 35. Patsimon oddiy barg ? Jag`-jag`, sabzi. 36. Uchta bargchali murakkab barg ? Beda, sebarga, loviya, mosh, qulupnay. 37. Rediska, turp, sabzi, lavlagi qanday bargli ? Oddiy . 38. Bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo`lsa, bunday barglar ? Juft patsimon . 36 39. Umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa ? Toq, patsimon barg. 40. Qaysi o`simlikning bargi maydalashib , qipiq shakliga kelib qolgan ? Saksovul. 41.Barg yaproqlarning uzunligi 50-70 sm dan bir metr gacha yetadigan o`simlik ? Rovoch, ojud, kavrak. 42. Qaysi o`simliklarning bargi yaxlit ? Olma, o`rik, gilos. 43. Qaysi o`simliklarning bargi o`yilgan ? Tok, g`o`za, tut, anjirning. 44. Qoqidoshlar va ziradoshlar oilalari ko`pchilik vakillarining ildiz bo`g`zida joylashgan barglar uzunligi ? 50-60 sm. 45. O`simliklar bargi poyada qanday joylashadi ? Navbat bilan, qarama-qarshi, halqa hosil qilib . 46. Barglari novdada navbat bilan joylashadigan o`simliklarga ? G`o`za, tok, pomidor, olma, o`rik, terak, tut, atirgul, oqquray, do`lana . 47. Barglari poyada qarama-qarshi joylashgan barglarga ? Rayhon, yalpiz, chinnigul, ligustrum, nastarin, dalachoy, kiyiko`t, mavrak, gazanda, kampirchopon. 48. Barglari halqa hosil qilib o`rnashgan o`simliklarga ? Sambitgul, qirqbo`g`im, qumrio`t. 50. O`simlikning qaysi qismi organik modda hosil qiluvchi , suvni bug`latuvchi, nafas oluvchi asosiy organ hisoblanadi ? Barg. 51. Lola, arpani bargi qanday barglarga misol bo`ladi ? Bandsiz, parallel tomirlangan, oddiy qalami, ketma-ket o`rnashgan . 52. Oqqurayni bargi poyada qanday joylashgan ? Navbat bilan. 53. Qaysi o`simliklarning poyadagi barglari o`troq bo`ladi ? Lola, aloe, andiz, bug`doy. 54. Yalpiz, sebarga, tol, yantoqning bargi qanday tomirlangan ? To`rsimon. 55. Beda, sebarga, loviya, mosh, qulupnay qanday barg ? Murakkab uch bargchali ,to`rsimon tomirlangan ,barg bandiga ega. 56. Zarangga xos xususiyatlar ? Panjasimon oddiy barg, manzarali, guli ko`rimsiz, quyuq soya beruvchi salobatli daraxt, qanotchali meva bargi birinchi sovuqdan keyin to`kiladi. 57. Toq bargchalar o`rniga gajaklar hosil qiladigan o`simliklar guruhini toping ? No`xat, burchoq. 58. Ikki yoki uch karra bo`lingan patsimon murakkab barg ? Totim, shoyi akatsiya. 59. Gledichiyaning ikkinchi nomi ? Tikan daraxt. 37 60. Yorug`sevar o`simliklarga qaysi o`simliklar kiradi ? Kungaboqar, yantoq, kartoshka, pomidor, g`o`za. 61. Soyasevar o`simliklar qayerlarda o`sadi ? Soya joylarda, g`orlarda, daraxtlar tagida, qalin o`rmonlarda. 62. Soyasevar o`simliklarga qaysi o`simliklar kiradi ? Xina, binafsha, yovvoyi qulupnay. 63. Barglarning ichki qismi qanday to`qimalardan tashkil topgan ? Qoplovchi, asosiy o`tkazuvchi, mexanik. 64. Barg tomirning nay tolali boylamini hosil qiladi ? Naychalar, elaksimon naychalar, tolalar. 65. Bargdagi tomirlarda po`sti qalin, pishiq, juda uzun hujayralar bo`lib ular nima deyiladi ? Tolalar. 66. Bargdagi tomirlar ichida qalin devorli o`lik hujayralardan tashkil topgan … nima joylashgan ? Naychalar bo`lib, suv va unda erigan tuzlar harakatlanadi 67. Tomirlarda naychalardan tashqari cho`ziq bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan hujayralar ham bor, ular ? Elaksimon naychalar. 68. Barglarning ustki va orqa tomonidagi po`sti oralig`ida joylashgan ? Barg eti hujayralari. 69. Barglarida og`izchalar kam, barglari mum qavati bilan qoplangan juda sekin o`suvchi o`simlikni aniqlang ? Archa . 70. Bargning po`st qavati vazifasi ? Bargni ichki qatlamlarini shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi. 71. O`simliklarning qaysi a`zolarida ustunsimon hujayralarni ko`rish mumkin ? Bargda. 70. O`simlikni qaysi qismida ovalsimon , yumaloq shakldagi hujayralar joylashgan ? Bargda. 71. Barg qaysi qismi orqali suvni bug`latadi ? Og`izchalari. 72. Barglar suv bug`lanishi tufayli ildizda qanday jarayon tezlashadi ? Suv va mineral tuzlar so`rilishi. 73. Qanday sharoitda o`sadigan o`simliklar suvni nisbatan kam bug`latadi ? Issiq, quruq . 77. O`simliklarning qaysi a`zolari ularni oziqlantiradi ? Ildiz bilan bargi . 78. Barg hujayralarida yorug`lik, mineral tuzlar va xlorofill donachalari ishtirokida organik moddalar bilan birga O 2 hosil bo`ladi, shu O 2 bargning qaysi qismi orqali havoga chiqadi ? Barg og`izchalari . 38 79. Qaysi o`simliklarda oziq modda bargda to`planadi ? Bosh piyoz, karam. 80. Barg hujayralariga havodagi CO 2 uning qaysi qismi orqali kiradi ? Og`izchalar. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling