O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
O`simliklarning vegetativ organlari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
O`simliklarning vegetativ organlari.
6. Ildiz. 1. O`simlik organlari necha xil ? Ikki xil vegetativ, generativ. 2. Vegetativ organlarga ? Ildiz, poya, barg. 3. Generativ organlarga ? Gul, urug`, meva. 4. Ildiz qanday funksiyalarni bajaradi ? O`simlikning poya yoki tanasini yerga birlashtirib, tuproqdan suv, unda erigan moddalarni shimib oladigan va ularni o`simlikning, yerusti qismiga yetkazib beradigan , vegetativ ko`payish , oziq modda to`plash. 5. Qaysi o`simlikning asosiy yon ildizlari uzun ? Yantoq, saksovul, selen, juzg`un. 6. Ildizga xos muhim xususiyat ? Barg hosil qilmaydi. 7. O`simliklarning turiga , tuproq iqlim sharoitiga qarab ildizlar ? Kalta, uzun, ingichka, yo`g`on, yassi, yumaloq. 8. Qaysi o`simlikning ildizlari juda uzun , ingichka bo`lib asosan yon tomonga qarab o`sadi ? Juzg`un. 9. Ildizning turlari ? Asosiy, yon qo`shimcha. 10. Murtakdagi boshlang`ich ildizning bevosita o`sishidan ? Asosiy. 11. Asosiy ildiz shoxlanib ? Yon ildizni tashkil qiladi. 12. Ildizning tugunak hosil qiluvchi qismi ? Qo`shimcha ildiz. 13. Poya va bargdan hosil bo`ladigan ildiz qanday ataladi ? Qo`shimcha. 14. Ildiz sistemasini qaysi ildiz turlari hosil qiladi ? Asosiy, yon, qo`shimcha. 15. Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi nimaga bog`liq ? O`simliklar turiga, ildizning shoxlanishiga, qo`shimcha ildizlarga, tuproq unumdorligiga. 16. Ildiz tizimi tuzilishiga ko`ra ? O`q ildiz va popuk ildizga bo`linadi. 17. Qo`shimcha ildiz deb ? Poyaning yerga yaqin qismidan yoki yerga tegib turgan joyidan o`sib chiqadigan ildizlar. 18. Murtakdagi boshlang`ich ildiz rivojlanishi jarayonida o`sishda davom etsa ? O`q ildiz . 24 19. O`q ildiz qaysi o`simliklarga xos ? Ikki urug` pallali. 20. Do`lana, namatak, saksovulni ildiz sistemasi ? O`q ildiz. 21. G`o`zaning ildiz sistemasi ? O`q ildiz. 22. Murtakdagi boshlang`ich ildizi o`sishda davom etmasa boshlang`ich poyada qo`shimcha ildizlar hosil bo`lishiga ? Popuk ildiz sistemasi. 23. Qaysi ildiz sistemasida asosiy ildiz uzun, yo`g`on bo`ladi ? O`q ildiz tizimida. 24. Lavlagiga xos xususiyat ? Ikki yillik , birinchi yili uzun bandli yirik barg, yo`g`onlashgan ildiz meva hosil qiladi, mevasi yong`oqcha , may oyida gullaydi, mevasi sentabrda pishadi, gul qo`rg`oni oddiy kosachasimon. 25. Bir urug` pallali o`simliklarning ildizi ? Popuk. 26. Asosiy ildizlarda oziq moddalar to`planadigan o`simliklar ? Qizil lavlagi, sabzi, rediska, turp, sholg`om. 27. Bug`doyning murtakdagi ildizchasidan dastlab qaysi ildiz rivojlanadi ? Asosiy. 28. Karamdoshlar oilasiga mansub ildiz mevali o`simliklar ? Turp, sholg`om, rediska . 29. Ziradoshlarga mansub ildizmevali o`simliklar ? Sabzi. 30. Bug`doyning asosiy ildizi nobud bo`lib, bir to`da mayda, bir-birga o`xshash qo`shimcha ildizlar qayerdan o`sib chiqadi ? Boshlang`ich poyacha asosidan. 31. Qo`shimcha ildizli o`simliklarga ? Makkajo`xori, kartoshka, ajriq, qulupnay 32. O`simliklarning turiga qarab ildizning yuzasi qanday po`stloq bilan qoplangan bo`ladi ? Oqish, qoramtir, sarg`ish rangli po`stloq. 33. Po`stloqning usti nima bilan qoplangan ? Ildiz tukchalari bilan. 34. Har bir ildiz tukchasining tuzilishi ? Bitta uzun hujayradan yupqa qobiq, sitoplazma, yirik mag`izdan. 35. Ildiz tukchalari qanday vazifani bajaradi ? Tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib olish. 36. Ildiz tukchalari necha kungacha yashaydi ? 10-20 kun. 37. Nobud bo`lgan ildiz tukchalari o`rniga yangi iliz tukchalari qayerdan hosil bo`ladi ? Ildizning o`suvchi bo`linuvchi qismidan. 38. Ildizning qaysi zonasida tukchalar ko`p ? So`ruvchi. 39. Ildizning qaysi zonasida naylar ko`p ? O`tkazuvchi. 40. Ildizning po`st hujayralari ? Tirik, yumaloq, yupqa qobiqli. 25 41. Ildiz naylari qanday hosil bo`ladi ? Naylar juda uzun hujayralardan hujayra qobig`i qalinlashadi, sitoplazma mag`iz nobut bo`ladi, hujayra orasidagi to`siqlar yo`qoladi, hujayralari ketma-ket joylashgan bir nechtasidan uzun naychalar paydo bo`ladi. 42. Ildiz naychalar orqali qaysi moddalar harakatlanadi ? Suv, mineral tuzlar. 43. Tuproqdan so`rib olingan suv va unda erigan oziq moddalar nima orqali ildizdan poya barglarga ko`tariladi ? Naylar orqali. 44. Ildizda qanday qismlar farq qilinadi ? Ildiz qinchasi, o`suvchi, so`ruvchi, o`tkazuvchi. 45. Ildizning o`suvchi qismi qaysi to`qimaga kiradi ? Uchki hosil qiluvchi. 46. Ildizning uchini o`rab turadi ? Ildiz qinchasi. 47. Qaysi o`simlikning asosiy ildizi uzun ? Yantoqning. 48. Qaysi o`simlikning yon ildizi uzun ? Juzg`unning. 49. Makkajo`xorining ildizi poyadan atrofga necha metr yoyiladi ? 2 m. 50. Bosh piyozni ildizi poyadan atrofga necha sm yoyiladi ? 60-70 sm. 51. Makkajo`xorining 1 mm 2 so`rish qismida qancha tukcha bo`ladi ? 700 ta. 52. O`simlikni turlicha tezlikda o`sishi nimaga bog`liq ? O`sish sharoitiga. 53. G`o`zani ildizi bir sutkada qancha o`sadi ? 2-3 sm. 54. Dehqonlar qaysi o`simliklarning hosilini oshirish maqsadida uchini chilpib tashlaydi ? Pomidor, karam, bulg`or qalampiri. 55. O`simliklarni urug`dan o`stirib, keyin boshqa joyga ko`chirib o`tqazishning boisi ? Ildizni chilpish. 56. Ildiz qinchasining vazifasi ? O`suvchi qismidagi yosh nozik hujayralarni tashqi ta`sirdan saqlaydi . 57. Tanasuning yuqori qismi qurib qolib pastidan yangidan o`sib chiqadigan o`simlik ? Chinor, tol, terak, zarang, olma, do`lana. 58. Qaysi o`simliklar chopiq qilinadi ? Sabzavot, poliz ekinlari, g`o`za. 59. Havo yetishmasligi tufayli o`simliklarda ? Hosili kamayadi, kasallanadi. 60. O`simliklar ildizining muhim vazifasi ? Tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib olib yer usti qismiga uzatish. 26 61. Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalar dastlab … so`ngra qayerga o`tadi ? Ildiz tukchalariga, po`stloq hujayralariga. 62. Suv nima ta`sirida ildizdan poyaga qarab harakatlanadi ? Ildiz bosimi 63. Qaysi faslda ildiz tukchalarining faoliyati to`xtaydi ? Qish kirishi bilan. 64. Qaysi o`simliklarning ildiz tukchalari qishda faoliyatini to`xtatadi ? Ko`p yillik o`simliklar. 65. Ildiz tukchalar qaysi faslda faollashadi ? Bahorda. 66. Tuproqqa nima uchun o`g`it solinadi ? O`simliklar yaxshi o`sishi , mo`l hosil berishi , uzoq yil yashashi uchun. 67. O`simliklarning gullashi, meva tugishi, mevaning tez yetilishi uchun qanday mineral tuzlar zarur ? Kaliyli, fosforli. 68. O`g`itlar necha xil bo`ladi ? Ikki xil organik, mineral. 69. Mineral o`g`itlar ishlab chiqaradigan zavodlar O`zbekistonning qayerida bor ? Navoiyda, Chirchiqda. 70. Mineral o`g`itlar necha xil bo`ladi ? Uch xil N, P, K. 71. Azotli o`g`it ? O`simlikning o`sishini tezlatadi. 72. Meyoridan ortiq mineral o`g`it solish qaysi o`simlik hosilini tez buzadi, odamni zaharlashi mumkin ? Qovun , tarvuz, kartoshka, sabzi. 73. Ildizmeva ildizning qaysi qismidan hosil bo`ladi ? Asosiy ildizdan. 74. Agar o`simliklarga zarur mineral tuzlar yetishmasa ularda qanday o`zgarishlar sodir bo`ladi ? O`simlikda ichki va tashqi o`zgarishlar sodir bo`lishi yoki qurib qolishi mumkin. 75. Agar tuproqqa mineral o`g`itlar meyoridan ortiqcha solinsa ? Tuproqning ekologik holati yomonlashadi, tuproqdagi tirik mavjudotlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi, yerda yetishtirilgan hosilni buzadi, uni istemol qilgan odam zaharlanishi mumkin 76. Suv qaroqchisining o`ziga xos belgisi ? Tanasi 20-30 sm uzunlikda butun tanasi bilan suvga botgan to`pguli suvdan yuqoriga chiqib turadi, O`zbekistonda 2 ta turi bor. 77. Ildizlar qaysi xususiyatlariga qarab turli shakllarda bo`ladi ? Bajaradigan vazifalariga qarab turli shakllarda bo`ladi. 78. Ildizlarning shakl o`zgarishlari nima deyiladi ? Metamorfozlashgan ildizlar. 79. Metamorfozlashgan ildizlarga misol bo`ladi ? Qizil lavlagi, sabzi, rediska, turp, sholg`om. 27 80. Ildizi metamorfozlashgan qizil lavlagi qaysi oila vakili ? Sho`radosh. 81. Ildiz metamorfozlashgan rediska, turp, sholg`om qaysi oila vakili ? Karamdoshlar. 82. Ildiz metamorfozlashgan sabzi, qaysi oila vakili ? Ziradoshlar. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling