O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Poya. 1. O`simlik ustuni ? Poya
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
7. Poya.
1. O`simlik ustuni ? Poya. 2. O`simlikning barcha yer usti organlarini o`zaro bog`lab turuvchi organ ? Poya. 3. O`simlikning markaziy tayanch organi ? Poya. 4. Daraxt buta, yarim butalarning o`zida kurtak barg hosil qiladigan bir yillik shoxi ? Novda. 5. Novdalar ikkinchi yili nima uchun poya deyiladi ? Undagi kurtaklardan yangi novda o`sib chiqqanligi uchun. 6. Har qanday novda nimadan hosil bo`ladi ? Kurtakdan. 7. Novdada qanday kurtaklar bo`ladi ? Uchki, yon. 8. Yashil novda nima uchun kuzda qo`ng`ir qizg`ish rangga kiradi ? Po`stloq qalinlashadi, ostida po`kak hosil bo`ladi. 9. Novdalarda barglar birikkan joy ? Bo`g`im. 10. Ikkita barg oralig`idagi qismi ? Bo`g`im oralig`i. 11. Novda qanday rangda bo`ladi ? Yashil rangda. 12. Poya qanday vazifani bajaradi ? O`simlikning barcha yer usti organlarini o`zaro bog`lab, ularni ildiz bilan birlashtirish, ildiz bilan barglar orasida moddalar harakatini ta`minlash, o`zida oziq moddalar to`plash. 13. Novdalar necha xil bo`ladi ? Ikki xil vegetativ, generative. 14. Agar novda barg va kurtaklardan iborat bo`lsa ? Vegetativ novda . 15. Novdadan gul paydo bo`lsa ? Generativ. 16. Kurtaklari yirik bo`lgan o`simliklar ? Terak, chinor, soxta kashtan, nastarin. 17. Kurtaklari mayda bo`lgan o`simliklarga ? Tut, tol, qayrag`och, o`rik, olma. 18. Kurtaklar novdada qanday joylashadi ? Ketma-ket, qarama-qarshi, halqa hosil qilib. 19. Uchki kurtakning vazifasi ? O`simlikning bo`yiga o`sishini ta`minlaydi . 28 20. Yon kurtaklar qanday vazifani bajaradi? Yon shoxlarni hosil qiladi. 21. Terakning kurtaklari novdada qanday joylashgan ? Ketma-ket. 22. Terakning kurtaklari tashqi tomondan qanday barg bilan o`raglan ? Pishiq qobiq- tangacha barg. 23. Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa qobig`i ostida nima joylashganini ko`rish mumkin ? Boshlang`ich poyani, zich bo`lib joylashgan boshlang`ich barglarni. 24. Kurtak yuzidagi pishiq qobiqning vazifasi ? Qishning qattiq sovug`idan, kasallik tug`diruvchi bakteriya, zamburug`lardan saqlaydi. 25. Kurtak qanday qismlardan iborat ? Qobiq, boshlang`ich poya, boshlang`ich barg. 26. Nima uchun kech kuzda kesib olingan novda suvga solib qo`yilsa, kurtaklar uzoq vaqt bo`rtmaydi ? Qishki tinim davrini o`tamaganligi sababli. 27. O`simliklarning kurtaklari respublikamizning qaysi viloyatlarida erta bo`rtadi ? Surxandaryo, Qashqadaryo. 28. Faza deb nimaga aytiladi ? Kurtaklarning bo`rtib , yangi barg yoki gul chiqarishiga ketgan vaqtga . 29. Kurtaklarning qanday turlari bor ? Gul va barg hosil qiladigan 30. Gul hosil qiladigan kurtaklari barg hosil qiladigan kurtaklardan yirikroq bo`ladigan o`simliklar ? O`rik, bodom, olxo`ri, atirgul . 31. Gul kurtaklari birinchi ochiladigan o`simliklar ? O`rik, bodom, olxo`ri, olcha, shaftoli. 32. Poyaning ildizdan asosiy farqi ? Poyada uchki kurtak bo`lishi. 33. Bahor kelishi bilan barg kurtaklardan barg, gul kurtaklardan gul chiqaradigan o`simliklar ? Terak, chinor, tut, jiyda, atirgul, namatak. 34. Poyalarning turli xil bo`lishi nimaga bog`liq ? O`simlik turiga, o`sish sharoitiga 35. Poyalar tuzilishiga ko`ra bo`linadi ? Yog`och va o`t poyaga. 36. Yog`och poyali o`simliklardan har yili yangi kurtaklar hosil bo`ladi, natijada nima vujudga keladi ? Ko`p yillik yer ustki poya. 37. Qaysi o`simliklarning yer ustki poyalari ko`pincha bir mavsum yashaydi ? O`t o`simliklarning . 38. Poyalar bo`yiga qarab ? Kalta, uzun. 39. Qanotli poya ? Burchoq. 40. Poyasi juda kalta o`simlik ? Qoqio`t. 29 41. Piyozning poyasi qanday bo`ladi ? Kalta. 42. Mirzaterakning balandligi ? 20-25 m ga yetadi. 43. Poyasining balandligi 135-145 m ga yetadigan o`simlik ? Kaliforniyadagi sekvoyadendron. 44. Poyasining balandligi 150-155 m ga yetadigan o`simlik ? Avstraliya evkaliptlari. 45. Rotand palmasi qayerda o`sadi ? Janubiy Osiyoning tropik o`rmonlarida boshqa daraxtlarga chirmashib o`sadi. 46. Poyalari shoxlagan ? Olma, yong`oq. 47. Poyalari shoxlamagan ? Palma. 48. Poyasi qipiqsimon bargli ? Saksovul, qandim. 49. Poyalar fazada joylashishiga qarab ? Tik o`suvchi, ko`tarilib o`suvchi , o`raluvchi, o`rmalovchi, palak yoyib, ilashib. 50. Poyasining uzunligi 400 m ga yetadigan o`simlik ? Rotand palmasi. 51. Terak, olma, bug`doy o`simliklarining poyasi ? Tik o`suvchi. 52. Sebarganing poyasi ? Ko`tarilib o`suvchi. 53. O`raluvchi poyali o`simlik ? Qo`ypechak, karnaygul, rotang palmasi. 54. Ilashuvchi poyali o`simlik ? Tok, qozonsochiq, beshyaproqli Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling