O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
5. O`simlik to`qimalari.
1. To`qima tushunchasini kim fanga kiritgan ? N.Gryu. 2. Oddiy to`qimalarga ? Hosil qiluvchi, asosiy, jamg`aruvchi. 3. Hosil qiluvchi to`qimaning hujayralari ? Yupqa, elastik,xususiyatga ega tirik hujayradan iborat. 4. Hosil qiluvchi to`qima asosan necha xil bo`ladi ? Uchki- yon. 5. Uchki hosil qiluvchi to`qima qayerda joylashgan ? Ildiz , kurtak, novdaning uchida. 6. Kambiy qavati qaysi qavatlar oralig`ida joylashgan ? Yog`ochlik va lub qavatlari oralig`ida. 7. Asosiy to`qimaning asosiy vazifasi ? Fotosintez. 8. Asosiy to`qimaning hujayralari ? Bir xildagi yupqa devorli, xloroplastlarga boy, tirik parenxima hujayralardan. 9. Chiqib kelishiga qarab qaysi to`qima uchga bo`linadi ? Qoplovchi. 10. Havo ildizlarida epidermaning etli qavatda joylashgan to`qima? Asosiy . 11. O`simliklarda turli jarayonlar natijasida hosil bo`lgan yoki tashqaridan qabul qilingan moddalar to`plovchi to`qima ? Jamg`aruvchi . 12. Jamg`aruvchi to`qimalar qanday hujayralardan tashkil topgan ? Tirik parenxima. 20 13. Asosiy to`qima o`simlikning qaysi qismida bo`ladi ? Yashil barglarda, yosh novdalarda, gul, meva, havo, ildizlarda, epidermaning ostidagi etli qavatda . 14. Jamg`aruvchi to`qimaga ? Urug`, meva, ildizmeva, tugunak, piyoz. 15. Qaysi o`simliklarning urug`ida kraxmal, oqsillar, mayda, qattiq donachalar shaklida saqlanadi ? Bug`doy,suli,arpa,loviya,no`xat . 16. Qaysi o`simliklarning mevasida shakar erigan holda bo`ladi ? Lavlagi, sabzi, uzum, qovun, tarvuz. 17. Bir-biri bilan zich joylashgan bir qavat tirik hujayralardan tuzilgan to`qima ? Epiderma. 18 . O`simliklarning bargi va yosh novdalarini qoplab turadigan to`qima ? Epiderma . 19. Epidermada o`simlikni tashqi muhit bilan bog`lab turuvchi nima bo`ladi ? Og`izcha. 20. Qaysi to`qimaning qobig`i suberin moddasi bilan shimilgan ? Po`kak . 21. Po`kak suberin bilan shimilgani uchun nimani o`tkazmaydi ? Gaz va suvni . 22. Po`kakning asosiy vazifasi ? O`simlikni yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug`diruvchi mikroorganizmlardan himoya qiladi. 23. Po`kaka xos xususiyatlar ? Tashqi qavati o`lik hujayradan suberin bilan shimilgan suv va gazlarni o`tkazmaydi, o`simlikni yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug`diruvchi mikroorganizmlardan himoya qiladi. 24. Qaysi to`qima bir necha sm gacha bo`ladi ? Po`kak . 25. O`simlikning tana , eski shoxlari va ildizlarini tashqi tomondan o`rab turadigan to`qima ? Po`stloq . 26. Po`kakdan tashqari boshqa to`qimalarning o`lik hujayralari qavatini o`z ichiga oladigan to`qima ? Po`stloq . 27. Po`stloqning sirti qanday bo`ladi ? Yorilgan, g`adir-budir. 28. Po`stloqning turlicha qalinlikda bo`lishi nimaga bog`liq ? O`simlik turiga, yoshiga . 29. O`simlikka tayanch, uning organlariga mustahkamlik beruvchi to`qima ? Mexanik. 30. Qoplovchi, mexanik o`tkazuvchi to`qimalar qanday to`qimaga kiradi ? Murakkab . 21 31. Daraxtlar qaysi to`qima hisobiga bo`yiga va eniga o`sadi ? Hosil qiluvchi. 32. Qaysi to`qima daraxt shox-shabbalariga mustahkamlik beradi ? Mexanik. 33. Mexanik to`qimaga nima kiradi ? Poyalarning va ildizning po`stloq va yog`ochlik tolalari. 34. Kollenxima ? Mexanik to`qimaning tirik hujayralari. 35. Sklerinxima ? Mexanik to`qimaning o`lik hujayralari . 36. Qaysi to`qima orqali moddalar ikki tomonlama harakat qiladi ? O`tkazuvchi 37. Ildizdan bargga, gul mevaga qanday moddalar harakat qiladi ? Anorganik . 38. Nay hujayralarining o`ziga xos xususiyati ? Tik joylashgan, qalin qobiqli cho`ziq , o`lik hujayralardan, naylar orqali suv, mineral tuzlar harakatlanadi. 39. Organik moddalar qanday naylar orqali harakat qiladi ? Elaksimon naylar 40 .Naylar qayerda bo`ladi ? Yog`ochlikda. 41. Elaksimon naylar qayerda bo`ladi ? Lub tolalarida. 42. Qaysi to`qima hujayralaridan boshqa turdagi to`qimalar hosil bo`ladi ? Hosil qiluvchi . 43. Daraxt tanasidagi yillik halqalarni hosil qiluvchi to`qima ? Kambiy hosil qiluvchi. 44. O`simlikdagi tolalar qaysi to`qimaga kiradi ? Mexanik. 45. O`simlik organi ? Bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi uning bir qismi 46. O`simlik to`qimasi haqidagi dastlabki ma`lumot nechanchi asrda qaysi olimlarning asarlarida bayon etilgan ? 17-asrda Malpigi va Gryu. 47. Morfo-biologik belgi va xususiyatlariga qarab o`simliklarda qanday to`qimalar bor.? Hosil qiluvchi, qoplovchi, asosiy, ajratuvchi, o`tkazuvchi . 48. Hosil qiluvchi, qoplovchi, ajratuvchi, asosiy, o`tkazuvchi to`qimalarga qo`shib o`rganiladigan to`qimalar ? Assimilyatsiyalovchi, g`amlovchi, mexanik. 49. Hosil qiluvchi to`qimaning ikkinchi nomi.? Meristema. 50. O`simlik hayoti bilan uzviy bog`liq to`qima ? Hosil qiluvchi (meristema). 22 51. O`simliklarda moddalar almashinuvini amalga oshiradigan to`qima.? Asosiy. 52. Asosiy to`qima tarkibiga qaysi to`qimalar kiradi.? Assimilyatsiyalovchi, suv saqlovchi, g`amlovchi. 53. Asosiy to`qima xlorofill donachlaridan iborat bo`lgani uchun yana qanday yuritiladi ? Xlorofilli parenxima yoki xlorenxima. 54. Yunoncha xlorenxima qanday ma`noni anglatadi ? “ Xloros- yashil, enxima-to`ldirilgan”. 55. Qaysi to`qimada fotosintez jarayonida hosil bo`lgan oziq moddalar, kraxmal, oqsil, karbon suvlar, vitamin, yog`lar to`planadi va uzoq muddat saqlanadi ? G`amlovchi. 56. O`simlikning turli qismlarida joylashgan to`qima.? Hosil qiluvchi. 57. O`simlikning deyarli barcha organlarida bo`ladigan to`qima ? G`amlovchi. 58. Urug`larda to`plangan moddalar nimaga sarflanadi ? Murtak rivojlanishi uchun. 59. Cho`ldagi qaysi o`simliklarda shiraga boy hujayralar bo`lib, ularda asosan suv saqlanadi ? Sarsarzan, buzoqbosh, qizil sho`ra, baliqko`z. 60. Suv saqlovchi hujayralar o`simliklarning qaysi qismlarida bo`ladi ? Barg va novdalarida. 61. Qoplovchi to`qimani chiqib kelishi qachon boshlangan ? O`simliklarning suvli muhitdan quruqlikka moslashishidan. 62. Qoplovchi to`qimaning vazifasi ? Organlarning qurib qolishdan, tashqi muhitni noqulay sharoitlaridan, mexanik shikastlanishlardan saqlaydi. 63. Qoplovchi to`qima qanday vujudga keladi ? Ontogenez davrida meristema to`qimadan. 64. Qoplovchi to`qima xillari ? Epiderma, periderma, po`stloq. 65. Epidermaning vazifalari.? Gazlar almashinishida, kasal hujayralarning sog` to`qimaga kirmasligi, o`simlikni tashqi muhitdan saqlashda. 66. Kollenxima hujayralari qanday vujudga keladi ? Kollenxima hujayralari bo`yiga cho`zilib o`sish vaqtida epiderma ostida joylashgan birlamchi po`stloqni parenxima hujayrasida yuzaga keladi. 67. Kollenxima necha xil bo`ladi ? Uch xil burchaksimon, plastinkasimon, g`ovaksimon 68. Sklerenximani kollenximadan farqi ? Tuzilishi. 69. Kambiydan hosil bo`lgan sklerenxima nima deyiladi ? Libriform. 23 70. Sklerenxima necha xil bo`ladi ? Ikki xil ,lub tolalari, sklereid ya`ni tosh hujayralar. 71. Tuzilishi va ixtisoslashgan tarkibi har xil bo`lgan hujayralardan hosil bo`lgan to`qima ? Ajratuvchi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling