O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
1. Gulli o`simliklar
1. Botanika so`zi qanday ma`noni bildiradi ? Yunoncha ,,botane’’ ko`kat, o`t, o`simlik degani. 2. Botanika fani nimani o`rganadi ? O`simliklarning paydo bo`lishi, hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bog`liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini o`rganadi. 3. So`nggi yillarda ayniqsa qaysi o`simliklarga bo`lgan talab yanada orta boshladi ? Xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor o`simliklarga. 4. Zubturumga xos xususiyat ? Dorivor o`simlik, kuz oylarida ham gullayveradi, bargi oddiy bandli, gullari oddiy boshoq to`pgulda, mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi, mevasidan dori- darmon tayyorlashda foydalaniladi, mevalari suv o`tkazmaydigan qobiqqa ega bo`lganligi tufayli suv orqali tarqaladi. 5. Rovoch o`simligiga xos xususiyat ? Istemol qilinadigan o`simlik, bargining uzunligi 50-70 sm dan bir metrgacha yetadi, bargi oddiy bandli patsimon, panjasimon tomirlangan, gullari murakkab shingil ro`vak to`pgulda joylashgan. 6. Do`lana o`simligiga xos xususiyat ? Istemol qilinadigan o`simlik, o`q ildizli, ikki urug`pallali, bo`yiga nisbatan sekin o`sadigan daraxt ,bargli poya, barglari novdada navbat bilan joylashadi, tanasining yuqori qismi qurib qolib pastidan yangitdan o`sib chiqadi. 7. Isiriq, chakanda, zubturum qanday o`simlik ? Dorivor o`simlik. 8. Rovoch, do`lana qanday o`simlik ? Is`temol qilinadigan o`simlik. 9. Shuvoq, sebarga, burchoq qanday o`simlik ? Yovvoyi yem-xashak o`simligi. 10. Hozirgi vaqtda o`simliklar qanday guruhlarga bo`lib o`rganiladi ? Tuban va yuksak. 11. Organik olamning dastlabki bosqichlarida kelib chiqqan o`simlik ? Tuban o`simliklar. 12. Tuban o`simliklar qayerda yashashga moslashgan? Suvli muhitda yoki sernam joylarda. 13. Tuban o`simliklarga nimalar kiradi ? Suv o`tlari. 14. Bir hujayrali tuban o`simlik? Xlorella, xlamidomonada. 15. Ko`p hujayrali tuban o`simlik? Ulotriks, spirogira, ulva, nitella, xara, kladofora nemalion. 7 16. Tuban o`simliklarni tuban deyilishiga sabab nima ? Tanasi to`qima organlarga ajralmagan, tanasi ildiz, poya, barg, bo`linmagan, ko`p hujayralilarni tanasi qattana yoki tallom deb ataladi, erkaklik va urg`ochilik jinsiy organi bir hujayrali. 17. Evolutsion jihatdan ancha yosh hisoblanadigan o`simlik qaysi ? Yuksak o`simlik. 18. Yuksak o`simliklarning ikkinchi nomi ? Poyabargli o`simliklar. 19.Yuksak o`simliklar qaysi o`simliklar bo`limini o`z ichiga oladi? Yo`sinlar, qirqbo`g`im, qirqquloq, ochiq urug`li, yopiq urug`li. 20. Mamont daraxti, yo`sin, plaun, qirqquloq qanday o`simlik? Poya bargli gullamaydigan o`simliklar. 21. O`zbekiston Respublikasining o`simliklar haqidagi qizil kitobining birinchi nashri qachon chop etilgan ? 1984 yilda . 22. O`zbekiston Respublikasining o`simliklar haqidagi Qizil kitobining ikkinchi nashri qachon chop etilgan ? 1998 yilda . 23. O`zbekiston Respublikasining O`simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risidagi qarori qachon tasdiqlangan ? 1997 yili 26 dekabrda. 24. O`simliklarning tabiatdagi ahamiyati ? Tirik mavjudotlar uchun hayot manbayi, tabiatni O 2 bilan boyitib CO 2 tozalaydi, tuproqning unumdorligini oshiradi uni yemrilishdan saqlaydi, iqlimga tasir etadi . 25. Ayniqsa qaysi dorivor o`simliklarga talab ortmoqda ? Isiriq, chakanda, zubturum. 26. Bevosita istemol qilinadigan o`simliklar ? Rovoch , do`lana. 27. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblangan o`simliklar ? Shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar. 28. O`zbekistonda, tabiiy holda qancha o`simlik o`sadi ? 4500. 29. Asosan tog` etaklaridagi tekisliklarda , qir va cho`llarda o`sadi , respublikamizda 4 ta turi tarqalgan , mollar uchun to`yimli oziq bo`lgan o`simlik ? Yantoq. 30. Xolmon, shirach, sallagul qanday o`simlik? Qizil kitobga kiritilgan 31. Seyshel palmasining mevasi ? Yong`oq 25 kg. 32. Tanasida 200 l suv saqlovchi o`simlik ? Meksika kaktuslari. 33. Jazirama issiqqa bardosh berib qum uyumlarda o`sadigan , barglari arang ko`rinadigan o`simlik ? Saksovul, qandim. 34. Nilufarga xos xususiyat ? Guli suv yuzasida ochiladi, tanasi suv ostida, mevalari suv o`tkazmaydigan qobiqqa ega bo`lganligi tufayli 8 suv orqali tarqaladi, suv ostidagi barglari lansetniksimon, suv ustidagi barglari voronkasimon. 35. 6000 yilgacha umr ko`radigan daraxt ? Kanar orollaridagi ajdar 36. Gulli o`simliklarning o`ziga xos xususiyati ? Ildiz ,poya, barg, gul, urug`, mevaga bo`linganligi. 37. Nepentez, drosera, suvqaroqchisi qanday o`simlik ? Hashorotlar bilan oziqlanadigan. 38. Raffleziya qayerda o`sadi, unga xos xususiyatlar ? Sumatra orolida , gulining diametri 1 m ga yetadigan ulkan gul, gul tojbarglari 5 sm qalinlikda, poyasi, bargi yo`q, qo`lansa hidli, bu o`simlik boshqa o`simliklarning po`stlog`i orasiga kirib uning shirasi hisobiga yashaydi. 39. Tabiat ko`rki bo`lgan o`simliklar ? Jumagul, ko`zagul, sallagul, chinnigul, qizil lola. 40. Tabobatimiz gavhari hisoblanadi ? Suv qalampir, isiriq, chakanda, namatak. 41. Gulli o`simliklarning xilma-xilligi ? Ekologik sharoitning o`zgarishi. 42. Gulli o`simliklarning asosiy organlarini aniqlang ? Ildiz, poya, barg, gul, urug`, meva. 43. Noyob mevali o`simliklar ? Yong`oq, pista, bodom, safsan. 44. Introduksiya ? Iqlimlashtirish. 45. Paleobotanika ? Qazilma holdagi o`simliklar. 46. Morfologiya ? O`simliklarning tashqi tuzilishi. 47. Anatomiya ? O`simliklarning ichki tuzilishi. 48. Geobotanika ? O`simliklarning yer yuzida tarqalishini. 49. Sistematika ? O`simliklarning kelib chiqishi, tarixiy rivojlanishi o`xshashlik darajasiga qarab sistemaga solish. 50. O`zbekiston respublikasining qizil kitobi ta`sis etilgan ? 1979-yil. 51. O`simliklarning odam hayotidagi ahamiyati ? Oziq-ovqat, kiyim- kechak, qurilish materiallari, uy-ro`zg`or buyumlari. 52. Yovvoyi yem-xashak o`simliklari orasida 3 bargchali o`simlik ? Beda, sebarga . 53. Yovvoyi yem-xashak o`simliklari orasida toq bargchalar o`rniga gajaklar hosil qiladigan o`simlik ? Burchoq. 54. Yer yuzidagi gulli o`simliklarning qancha oila , turkum, turi bor ? 533, 13000, 250000 . 9 55. Mevasi o`n yillar mobaynida pishib yetiladigan o`simlik ? Seyshel palmasi. 56. Gullarining diametri 1 m ga yetadigan o`simlik ? Sumatra orolidagi rafleziya . 57. Kuvachaning ikkinchi nomi ? Nepentes. 58. Xolmonning ikkinchi nomi ? Jumagul. 59. Gulli o`simliklar bundan necha million yil avval kelib chiqqan ? 140 million , urug`li qirqquloqlardan. 60. Tabiatda o`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklar ? Rovoch, qulupnay, malina, ukrop, do`lana, tut, olxo`ri. 61 Diyorimizda o`sadigan juda ko`p dorivor o`simliklar haqida ma`lumotlar beradigan asar ? Abu Rayhon Beruniyning tabobatga bag`ishlangan ‘’Kitob as-Saydana fit-tibb’’ 62. O`rta Osiyoda o`sadigan ko`pgina dorivor o`simliklarni aniq tasvirlab, ularning shifobaxshlik xususiyatlarini to`liq ko`rsatgan asar ? Abu Ali ibn Sinoning ‘’Tib qonunlari’’, ‘’Kitob ush-shifo’’ asarlari. 63. Qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o`simlik turlari haqida qimmatli ma`lumotlar berilgan asar ? XI-asrda yashagan Mahmud Qoshg`ariyning‘’Devonu lug`otit turk’’ asari. 64. O`zbekistonning tabiatdagi o`simliklarni har tomonlama o`rganish ishida qaysi institut xodimlari tomonidan nazariy va amaliy ahamiyatga ega ilmiy izlanishlar olib borilgan va ularning natijalarini aks ettiruvchi ko`p tomli asarlar qaysi institutda nashr etilgan ? O`zR.F.A. Botanika instituti (hozirgi o`simlik va hayvonot olami genofondi instituti) 65. O`zbekistonni tabiatdagi o`simliklarni har tomonlama o`rganish ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda darslik va boshqa asarlar yozishda o`zlarining katta hissalarini qo`shgan Akademiklar ? Q.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, Y.P.Korovin, I.I.Granitov, F.N.Rusanov. 66. O`simliklar dunyosi million yillar davomida qanday sharoitlarga moslashib Shakllangan ? Turlicha iqlim sharoitiga, tuproqqa, namlikka. 67. O`simlik dunyosi million yillar davomida odamlarni o`ziga qaysi belgilari bilan jalb qilib kelmoqda ? Hayotiy shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shox-shabbasi, umrboqiyligi, ayrim mayday jonzotlar bilan oziqlanishi, kelgusi naslni o`z bag`rida voyaga yetkazib, mustaqil hayotga yo`llanma berishi kabi irsiy belgilari. 10 68. O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan bargi murakkab bo`lganlari ? Qulupnay, malina. 69. O`zi va mevasi iste`mol qilinadiganlardan hayotiy shakli o`t ? Rovoch, qulupnay, ukrop. 70. O`zi va mevasi iste`mol qilinadiganlardan hayotiy shakli buta ? Malina, 71. O`zi va mevasi iste`mol qilinadiganlardan hayotiy shakli daraxt … bu ? Do`lana, tut, olxo`ri. 72. O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan novdasi egiluvchan pishiq bo`lgani ? Tut. 73.O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan yuqori qismi qurib pastidan yangi o`simlik hosil qiladigan ? Do`lana. 74. O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan barg yaprog`i 50-70 sm -1 metrga yetdigani ? Rovoch, 75. O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan urug`i 1-3 sm chuqurlikda ekiladigani ? Ukrop. 76. O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan ra`noguldoshlar oilasi vakili ? Qulupnay, malina, do`lana, olxo`ri. 77. O`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklardan yozda qulay sharoitda jingalakdagi kurtaklardan barg va ildizchali kichik o`simlik tupi rivojlanadigani ? Qulupnay. 78. Qizil Kitobga kiritilgan o`simliklardan bargi halqa hosil qilib joylashgan ? Xolmon. 79. Qizil Kitobga kiritilgan o`simliklardan bargi ildiz bo`g`izida joylashgan ? Shirach. 80. Qizil Kitobga kiritilgan o`simliklardan ikki xil hayotiy shaklga ega bo`lgan ? Sallagul. 81. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadigan o`simliklardan burchoqdoshlar oilasi vakillari ? Yantoq, beda, sebarga . 82. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadigan o`simliklardan sho`radoshlar oilasi vakillari ? Izen, keyreuk, saksovul. 83. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadigan o`simliklardan murakkabguldoshlar oilasi vakili ? Shuvoq . 84. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadigan o`simliklardan bug`doydoshlar oilasi vakili ? Javdar. 85. O`zbekistonning tabiatdagi o`simliklarni har tomonlama o`rganish ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda darslik va boshqa asarlar yozishda 11 o`zlarining katta hissalarini qo`shgan professorlar ? M.M.Orifxonova, S.S.Saxobiddinov, O`.P.Pratov . 86. O`zbekistonda yo`qolish xavfi ostidagi o`simliklar ? O`zbekiston Respublikasining Qizil Kitobiga kiritilgan. 87. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadigan o`simliklardan bargi murakkab ? Beda, sebarga 88. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadigan o`simliklardan bargi oddiy ? Shuvoq, yantoq, izen, keyreuk, saksovul, javdar 89. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadigan o`simliklardan gullari qiyshiq ? Yantoq, beda, sebarga . 90. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadigan o`simliklarnidan popuk ildiz sistemasiga ega ? Javdar. 91. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadigan o`simliklardan hayotiy shakli o`t, ? Yantoq, beda, sebarga, javdar. 92. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadigan o`simliklardan hayotiy shakli daraxt ? Saksovul. 93. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadigan o`simliklardan hayotiy shakli yarim buta ? Shuvoq, izen, keyreuk. 94. O`zbekiston Respublikasining o`simliklar haqidagi qizil kitobining birinchi nashriga nechta o`simlik kiritilgan ? 163 ta . 95. O`zbekiston Respublikasining o`simliklar haqidagi Qizil kitobining ikkinchi nashriga nechta o`simlik kiritilgan ? 301 ta . 96. O`rta Osiyoda tabiiy holda qancha o`simlik o`sadi ? 8000. 97. Yer yuzida tabiiy holda qancha o`simlik o`sadi ? 500000. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling