O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
4. Hujayra – hayotning asosi.
1. Tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri ? Hujayralardan tuzilganligi. 2. Tiriklikning barcha xossalarini o`zida mujassamlashtirgan mayda zarracha ? Hujayra . 17 3. Hujayra haqidagi fan ? Sitologiya . 4. Hujayra o`simlikning qaysi organida joylashishiga qarab bir-biridan nimasi bilan farqi qiladi ? Shakli, rangi, yirik- maydaligi, ichki tuzilishi, funksiyasi. 5. O`simliklar hujayrali tuzilishiga ko`ra.? Bir va ko`p hujayrali . 6. Bir hujayrali o`simliklarga? Xlorella, xlamidomonada . 7. Hujayra terminini kim kiritgan ? R. Guk . 8. Ikki tomonli qabariq oyna ? Lupa . 9. Shtativli lupa buyumni necha marta kattalashtiradi ? 10-25 marta . 10. Dastakli lupa necha marta ? 3-5 marta . 11. O`simlik hujayrasi uchun xos belgi ? Yadro, sitoplazma, hujayra qobig`i, plastida, vakuola . 12. Hujayralarning ichki tuzilishini, sitoplazmani harakatlarini kuzatishda qaysi asbobdan foydalaniladi ? Mikroskopdan . 13. Mikroskop necha marta kattalashtirib ko`rsatishini bilish uchun ? Obyektiv bilan okulyardagi sonlar bir-birga ko`paytiriladi . 14. Mikroskopning kichik obektivini buyum stolchasining teshigi ro`parasiga keltirib necha sm balandlikda tutiladi ? 0,5-1 sm. 15. Obektiv preparatdan necha mm balandda bo`lishi kerak ? 4-6 mm. 16. O`simlik hujayrasini qobig`iga mustahkamlik beradi ? Kletchatka . 17. Hujayra qobig`ining funksiyasi ? Mustahkamlik, tayanch, moddalar almashinuvi ,tashqi ta`sirdan himoya qiladi, shaklini saqlab turadi . 18. Hujayrani asosiy tarkibiy qismi ? Sitoplazma . 19. Hujayrani eng muhim tarkibiy qismi ? Mag`iz . 20. Hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri ? Plastida . 21. Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to`lgan bo`shliq ? Vakuol. 22. Hujayralar bo`linishida katta rol o`ynaydigan organ ? Mag`iz . 23. Qaysi organizmlarda mag`iz shakllanmagan ? Ko`k-yashil suvo`tlar, bakteriyalar, ayrim zamburug`lar . 24. Mag`izning shakli va hajmi ? Hujayraning yirik maydaligiga , yoshiga, yashash sharoitiga . 25. Mag`iz kimyoviy tarkibiga ko`ra qaysi hujayra organoidiga yaqin turadi ? Sitoplazmaga . 26. Plastidalar necha xil bo`ladi ? Uch xil . 27. O`simlik hujayrasidagi xloroplastlar qanday vazifani bajaradi ? Organik moddani sintezlaydi, yashil rang berib turadi . 18 28. Hujayraning rangsiz, tiniq, suyuq ,shilimshiq holda bo`lib doim harakatlanib turadigan qismi ? Sitoplazma . 29. Mag`izni kim o`rgangan ? Robert Broun . 30. Xromoplast o`simliklarning qaysi qismlarida ko`proq uchraydi ? Yetilgan meva, tojibarglarda . 31. Xloroplast o`simlikni qaysi qismlarida ko`proq ? Yashil bargli novdasida . 32. Leykoplastlar o`simlikni qaysi qismida ? Tugunak, piyozbosh, ildiz. 33. Qaysi o`simliklar barglarni mikroskop ostida butunligicha ko`rish mumkin ? Elodeya . 34. O`simlik hujayrasi o`sishi bilan uning qaysi qismi birlashib boradi ? Vakuola 35. Zarg`aldoq ? Qizg`ish plastida, xromoplast . 36. Turli shaklda bo`ladigan hujayra organi ? Vakuola . 37. O`simlikning rangi qaysi plastidalarga bog`liq ? Xloroplast , xromoplast . 38. Hujayra shirasi tarkibida ? 70-95% suv unda erigan moddalar, oqsil, moy, shakar . 39. Hujayra shirasi tarkibiga ko`ra mevalarning tami ? Shirin, nordon, achchiq bo`ladi . 40. Piyoz hujayrasining asosiy belgisi ? Cho`ziq, zich, joylashgan lekoplast 41. Qari hujayraning belgisi ? Qobig`i qalin sitoplazma mag`iz nobud bo`lgan vakuolalar soni kamayib yiriklashadi. 42. Yosh hujayralarning belgisi ? Qobig`i yupqa, vakuolalar soni ko`p, sitoplazma va mag`iz tirik . 43. Chigit tolasi necha sm uzunlikda bo`ladi ? 3-4 sm. 44. Sitoplazmaning harakatini mikroskop ostida qaysi o`simlik bargida aniq ko`rish mumkin ? Elodeya. 45. O`simliklar hujayralari qanday shaklda bo`ladi ? Ovalsimon, yumaloq, ko`pburchak, naysimon, to`g`ri to`rtburchakli, tuksimon. 46. Nima uchun elodeya mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy sharoitda o`sganidek tirik bo`ladi ? Suvda o`sganligi uchun. 47. Sitoplazma qanday harakat qiladi ? Bir yo`nalishda, O 2 oziq moddalar yo`nalishida . 48. Hujayralarning hayotiy xususiyatlaridan biri ? Hujayralar ichiga tashqaridan turli moddalar kirishi. 49. Hujayraning biologik xususiyatlaridan biri ? O`sishi, bo`linishi. 19 50. Qaysi hujayralarda vakuola sitoplazmaga qaraganda ko`proq joyni egallaydi ? Qari hujayrada . 51. Qari hujayralarda sitoplazma va mag`iz butunlay yo`qolib ularning o`rnini nima egallaydi ? Suv, havo. 52. Qaysi hujayralar bo`linadi ? O`sish nuqtasidagi. 53. Hujayrani yarim o`tkazuvchanlik xususiyati qachongacha saqlanadi ? Nobud bo`lguncha . 54. Bo`linadigan hujayralarda dastlab qanday belgi kuzatiladi ? Mag`iz yiriklashadi, ikkiga ajraladi, maxsus parda bilan qoplanadi, sitoplazmada to`siq paydo bo`lib , ona hujayradan ikkiga ajratadi. 55. Hujayrasi 3-4 sm bo`lgan o`simlik ? G`o`za tolasi . 56 Yosh o`tgan sari hujayrada ro`y beradigan o`zgarish ? Qobiq qalinlashadi, vakuola kattalashadi, sitoplazma va mag`iz butunlay yo`qoladi . 57. Chigit tolasi nechta hujayradan iborat ? Bitta . Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling