O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
O`simliklarning hayotiy shakllari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
2. O`simliklarning hayotiy shakllari.
1. Hayotiy shakl deb nimaga aytiladi ? O`simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga. 2. Gulli o`simliklar hayotiy shakllariga ko`ra qanday guruhlarga ajraladi ? Daraxt, buta, yarim buta, bir yillik, ikki yillik, ko`p yillik. 3. Qaysi daraxtning shox-shabbasi sharsimon bo`ladi ? Sadaqayrag`och, majnuntol, shamshod. 4. Qaysi oila vakillari orasida daraxtlar uchraydi ? Karamdoshlar, ituzumdoshlar, qovoqdoshlar, ziradoshlar, loladoshlar, piyozdoshlar. 5. Daraxt, buta, ko`p yillik o`tlarni o`z ichiga oladigan oila ? Ranodoshlar. 12 6. Karamdoshlar hayotiy shakliga ko`ra qanday o`simliklarni o`z ichiga oladi ? Bir yillik, ikki yillik, ko`p yillik. 7. Yong`oq o`simligiga xos xususiyat ? Noyob mevali, shox-shabbasi yoyiq shoxlanadigan daraxt ,70-100 yil yashaydi, yon ildizlari atrofga 20-30 m gacha tarqaladi, yog`ochligi qattiq, poyasining yo`g`onligi 4-6 m, bo`yiga va eniga tez o`sadi ,bargi toq patsimon murakkab barg, gulining gulqo`rg`oni yo`qolib ketgan yoki tangachaga aylangan, 1 jinsli 1 uyli, changchili to`pguli kuchala, shamol yordamida changlanadi , mag`zida yog` bor. 8. Daraxt buta ko`p yillik bir yillik, ikki yillik o`tlarni o`z ichiga oladigan oila ? Sho`radoshlar. 9. Asosan o`tlar, qisman butalar, daraxtlar kiradigan oila ? Gulxayridoshlar. 10. Hayotiy shakliga ko`ra daraxt butani o`z ichiga oladigan oila ? Tokdoshlar. 11. Asosan bir yillik, ko`p yillik o`tlar kiradigan oila ? Qovoqdoshlar. 12. Hayotiy shakliga ko`ra bir yillik va ko`p yillik o`tlar ustunlik qiladigan oila ? Ziradoshlar. 13. Burchoqdoshlar hayotiy shakliga ko`ra qanday o`simliklarni o`z ichiga oladi ? Ko`pchiligi bir ikki, ko`p yillik o`tlar qisman yarim buta, buta daraxtlar 14. Bir yillik, ko`p yillik o`tlar qisman yarim butalar yoki butalar kiradigan oila ? Ituzumdoshlar. 15. Daraxtlarning bir-biridan farqi ?- Guli, mevasi, to`pguli, bo`yi, poyasining eni, shox-shabbasi, barglari bilan. 16. Poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko`p yillik o`simlik ? Yarim buta. 17. Tanasi yog`ochlashgan 1ta yo`g`on tanali , baquvvar ildizli keng shox-shabbali , baland bo`yli ko`p yillik o`simlik ? Daraxt. 18. Cho`llarda keng tarqalgan yem-xashak o`simliklari ? Izen, keyreuk, teresken, sarsazan, shuvoq. 19. Shox- shabbasi yoyiq o`simliklar ? Olma, o`rik, yong`oq, shaftoli. 20. Shox- shabbasi tik, g`uj o`simliklar ? Terak, mamont, qarag`ay. 21. Ko`p yillik o`simliklarga xos belgi ? Yer usti qismi qishda qurib o`sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o`simlik. 22. Baobab daraxti qayerda o`sadi ? Afrikada. 23. Buta ? Poyasi yog`ochlashgan , bo`yi 2-3 metrdan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan ko`p yillik o`simlik. 13 24. Baobab necha yil yashashi mumkin ? 4000-5000. 25. Bir turga mansub bo`lgan tog`larning shimoliy yonbag`rilarida o`sadigan daraxtlar janubiy yonbagrlarda o`sadigan daraxtlardan farqi ? Shox-shabbasining ko`pligi, kengligi, balandligi. 26. Tog`ning eng balandida o`sadigan archaning bo`yi ? 0,5-1 m. 27. Tog`ning eng balandida o`sadigan archaning bo`yi past bo`lishiga sabab ? Doimiy esib turadigan shamol, qishning sovuqligi, quyosh nurining kam tushishi . 28. Saksovulga xos belgi ? Mayda bargli yoki bargsiz jazirama cho`llarda o`sadi, martning oxiri aprelning boshlarida o`sa boshlaydi, gullaydi 29. Tog`lar yonbag`rida keng tarqalgan buta ? Irg`ay, singirtak, namatak, zirk, bodomcha, uchqat. 30. Beda, ajriq, g`umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko`t, sallagul, qoqio`t, shirinmiya qanday hayotiy shaklga ega ? Ko`p yillik o`t. 31. Madaniy butalarga ? Anor, limon, qoraqat, ligistrum, nastarin. 32. Iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, shashir, qanday o`simliklarga kiradi ? Ko`p yillik. 33. Qaysi o`simliklar birinchi yili to`pbarg hosil qiladigan ildizi va barglarida oziq moddalar to`playdigan o`simliklar ? Ikki yillik. 34. Ikki yillik begona o`tlarga ? Sigirquyruq, yovvoyi sabzi. 35. Ikki yillik shakli o`zgargan barg ? Karam . 36. Qishloq xo`jaligida o`stiriladidan bir yillik o`simliklar ? G`o`za, bug`doy, arpa, zig`ir, yeryong`oq, mosh, no`xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon. 37. Ikki yillik ildizmevali o`simlik ? Sabzi, lavlagi, sholg`om, turp, rediska. 38. O`t - o`simliklariga xos belgilarni toping ? Poyasi yashil, yog`ochlashmagan, gullab meva tukkandan keyin yer ustki qismi quriydi, bir, ikki, ko`p yillik o`tlarga bo`linadi. 39. O`zbekistonda uchraydigan o`simliklarning yarmidan ko`prog`ini qaysi o`simliklar tashkil etadi ? Bir yillik. 40. Ko`p yillik o`simliklardan qaysi o`simlikni ildizidan yo`talga qarshi damlama tayyorlanadi ? Dorivor gulxayri . 41. Bir yillik yovvoyi o`simliklarga ? Oq sho`ra, jag`-jag`, machin, qora ituzum, baliqko`z. 42. Zig`ir, rayhon, yeryong`oq, qaysi o`simlilarga kiradi ? Bir yillik . 14 43. Piskom piyoz , shashir gulsafsar qanday o`simliklarga kiradi ? Ko`p yillik o`tlarga . 44. Qoqio`tga xos xususiyat ? Ko`p yillik, poyasi kalta, savatchadagi hamma gullar ikki jinsli tilsimon gullardan, mevasi doncha uchida o`rnashgan popukchalari bor, dorivor o`simlik. 45. Shirinmiyaga xos xususiyatlar ? Ko`p yillik, bargi toq patsimon ketma-ket joylashgan, bir yoz davomida 500-600 l suv bug`latadi, burchoqdoshlarga kiradi, guli qiyshiq. 46. Yantoq o`simligi uchun xos xususiyatlar ? Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa, ildizi yerga 30 m gacha kirib boradi, yer osti suvlaridan foydalanadi, bargli oddiy bandli to`rsimon tomirlangan,yorug`sevar o`simlik, ildiz bachkisi orqali ko`payadi, Xorazmdan Amerikaga urug`i beda urug`iga qo`shilib borib qolgan, gullari qiyshiq. 47. Sebarga o`simligi uchun xos xususiyatlar ? Chorva mollari uchu to`yimli ozuqa, ko`p yillik o`t, ko`tarilib o`suvchi poya, uchta bargchali murakkab barg, barglari uzun bandli, gullari mayda 2-3,5 sm keladigan kallakcha shaklidagi to`pgulda joylashgan, dukkagi bir urug`li tuxumsimon uzunligi 1,5-2 mm. 48. Shox-shabbasi yoyiq shoxlaydigan o`simliklardan oddiy bargli, ikki jisnli o`simlik ? Olma, o`rik, shaftoli. 49. Shox-shabbasi g`uj, tik shoxlaydigan o`simliklardan bir jinsli, bir uylisi ? Qarag`ay. 50. Shox-shabbasi g`uj, tik shoxlaydigan o`simliklardan bir jinsli, ikki uylisi ? Terak. 51. Butalardan bargi qarama-qarshi joylashgani ? Ligustrum, nastarin. 52. Butalardan uch xil yo`l bilan ko`payadigani ? Qoraqat. 53. Ko`p yillik o`tlardan qo`shimcha ildiz hosil qiladigani ? Ajriq, g`umay, Piskom piyozi, shirinmiya, iloq, lola, qamish, yalpiz. 54. Ko`p yillik bir urug` pallali o`simliklar ? Ajriq, g`umay, piskom piyozi, lola, qamish, gulsafsar. 55. Ko`p yillik ikki urug` pallali o`simliklar ? Beda, sachratqi, qoqio`t, shirinmiya, andiz, kovrak. 56. Ko`p yillik oddiy bargli o`simliklar ? Ajriq, g`umay, sachratqi, piskom piyozi, qoqio`t, lola, qamish, andiz, kovrak. 57. Bir yillik murakkab bargli o`simliklar ? Yeryong`oq, mosh, no`xat. 58. Ko`p yillik mevasi cho`ziq ? Zira. 15 59. Archa-sarv necha yil yashashi mumkin ? 1000. 60. Soxta kashtan necha yil yashashi mumkin ? 2000. 69. Chinor necha yil yashashi mumkin ? 800. 70. O`rik yong`oq necha yil yashashi mumkin ? 70-100. 71. Shox-shabbasi yoyiq shoxlaydigan o`simliklardan murakkab bargli, bir jinsli o`simlik ? Yong`oq. 72. Bir yillik doni cho`ziq o`simlik ? Bug`doy . 73. Bir yillik dukkagi cho`ziq o`simlik ? Yeryong`oq . Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling