O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
O`simliklarning generativ organlari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
O`simliklarning generativ organlari.
11. Gul. 1. Gul nima , u qanday qismlardan tuzilgan ? Jinsiy ko`payish a`zosi, gulband, gulo`rin, gulqo`rg`on , changchi, urug`chi. 2. Gul o`simlikning qanday organi? Generativ organi. 3. Kelib chiqishi jihatdan gul nima? Shakli o`zgargan novda. 4. Lavlagi, ismaloq, saksovulni gulqo`rg`oni qanday bo`ladi ? Oddiy gulqo`rg`on. 5. Gulning eng muhim qismi ? Changchi, urug`chi. 6. Gulqo`rg`on qanday vazifani bajaradi ? Gulqo`rg`on gulning ichki organlarini, tashqi ta`sirlardan himoya qiladi, hashorotlarni jalb qilish. 7. Gulkosacha, gultoj birgalikda… tashkil qiladi ? Gul qo`rg`onni. 8. Ikki urug` pallali o`simliklardan qaysi oilani gulqo`rg`oni oddiy bo`ladi ? Sho`radoshlar. 9. Gulqo`rg`oni oddiy gultojsimon bo`lgan oila ? Loladoshlar, piyozdoshlar. 10. Gulqo`rg`oni oddiy kosachasimon bo`lgan oila ? Sho`radoshlar. 11. Qaysi oilani gullari shamol yordamida changlanadi ? Bug`doydoshlar. 12. Gulni tashqi tomondan o`rab turadigan qavat ? Gulkosacha. 13. Lola, chuchmoma, gulsafsarning guli qanday bo`ladi ? Oddiy gulqo`rg`onli 14. Gulqo`rg`on bo`linadi ? Gulkosacha, gultojiga. 15. Oddiy gulqo`rg`on deb nimaga aytiladi ? Gulqo`rg`on bo`laklarining rangi bir xil bo`lsa. 16. Tuguncha nima uchun ostki ustki bo`ladi ? Gulning boshqa a`zolariga nisbatan joylanishiga qarab. 17. O`simliklarning guli novdasiga qanday birikadi ? Gulbandi. 18. Gulning hamma qismlari qayerda joylashadi ? Gulo`rinda. 19. Tugunchadan nima hosil bo`ladi ? Meva. 20. Gulbandining yuqori qismi biroz kengayib ? Gulo`rin. 21. Gulband bir-biridan farq qiladi ? Shakli va o`lchami. 22. Guldagi kosachadan ichkarida joylashgan gulqo`rg`on bo`ladi ? Gultoj. 23. Changchi iplarning soni, shakli nimaga bog`liq ? Gulga. 24. Changchilar bittadan bir nechtagacha bo`lishi nimaga bog`liq ? O`simlikning turiga. 42 25. Changchi iplari gul o`rnida qanday joylashadi ? Alohida-alohida ,qo`shilib , tutam hosil qilib. 26. Chang iplari yo`q ular tojbargning ichki tomonida o`rnashgan o`simlik ? Ituzum. 27. G`o`za guli olma gulidan qanday farq qiladi ? G`o`za gulida uchta ostgulkosachasi bo`lishi bilan. 28. Yashil boshqa ranglarda bo`ladigan gul qismi ? Kosachabarg. 29. Gulning turli ranglarda bo`ladigan qismi ? Gultoj barg. 30. Gulqo`rg`onining xillari ? Oddiy, murakkab. 31. Agar gulqo`rg`on gulkosacha ,gultojidan tashkil topsa ? Murakkab gulqo`rg`on. 32. Changchi iplarining vazifasi ? Changdonni ushlab turish, gulo`rni bilan bog`lash. 33. Qaysi oilaning tojibarglari uch xil shakldagi tojibarglar hosil qiladi ? Burchoqdoshlar. 34. Gulning qaysi qismi ikkiga bo`linadi ? Gulqo`rg`on, changchi. 35. Gulning qaysi qismi uchga bo`linadi ? Urug`chi. 36. Qaysi oilaning changchilari beshta tojibarglarni qo`shilishidan hosil bo`lgan nayga o`rnashgan ? Ituzumdoshlar. 37. Urug`chini o`rta qismi ? Ustuncha. 38. Tol, terak, tut, yong`oq, kabilarning gulqo`rg`oni ? Gulqo`rg`oni yo`qolib ketgan yoki tangachaga aylangan. 39. O`sma, g`o`za, olma, nok, lola, boychechak, o`simliklarining guli ? Gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilmagan. 40. Jag`-jag`, turp, olcha, behi, nokning gulqo`rg`oni.? Murakkab. 41. Urug`chini kengaygan pastki qismi ? Tuguncha. 42. Urug`kurtak qayerda joylashadi ? Tuguncha ichida. 43. Tuguncha bilan tumshuqchani bog`lab turadi ? Ustuncha. 44. Gul formulasiga qarab nimani aniqlash mumkin ? Qaysi oilaga kirishini 45. Gulning qaysi qismi g`ovak bo`ladi ? Ustuncha. 46. GK 0 Ct (5) Ch (5) U (2) qaysi o`simlikning gul formulasi ? Sachratqi. 47. Ustunchaning vazifasi ? Tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib turadi. 48. Gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishiga ? Gul diagrammasi. 49. K 4 T 4 CH 4+ 2 U (2) qaysi o`simlikning gul formulasi ? Jag`- jag`(achambiti) . 43 50. GK 5 Gt 5 Ch & U 1 qaysi o`simlikning gul formulasi ? Olxo`ri. 51. Gullar tuzilishiga ko`ra ? Bir jinsli ikki jinsli. 52. Gulda changchi urug`chidan bittasi bo`lsa ? Bir jinsli. 53. Gulda changchi urug`chining ikkisi bo`lsa ? Ikki jinsli. 54. Yong`oq, tol, terak, tut, bodring, qovun qanday jinsli ? Bir jinsli. 55. Qaysi oilaning gullari bir jinsli ? Qovoqdoshlar. 56. Agar gulqo`rg`on ikkitadan ortiq teng bo`lakka ajralsa ? To`g`ri gul. 57. Bir uyli o`simlik deb ? Bitta o`simlikda ham changchi, ham urug`chi guli bo`lsa. 58. Ikki uyli o`simliklar deb ? Changchi guli boshqa o`simlikda urug`chi guli boshqa o`simlikda. 59. Olma, namatak, behi, shaftoli ? To`g`ri, ikki jinsli, murakkab gulqo`rg`onli ranodoshlar oilasiga mansub. 60. Qiyshiq gulli o`simliklar guruhi ? Gladiolus, nastarin, isfarak, rayhon, marmarak, kiyiko`t, burchoq, loviya, beda, gunafsha, parpi, angishvonagul 61. Makkajo`xori, qovun, tarvuz, bodring, qarag`ay qanday o`simlik ? Bir jinsli, bir uyli. 62. Bir jinsli ikki uyli o`simliklar ? Terak, tol, gazanda, turkiston ismalog`i archa . 63. Qo`ng`iroq gul, lola, suvyig`ar qanday gul ? To`g`ri gul. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling