12
1.2. Turizmning turlari va ko‟rinishlari
Turizmdagi turlarni va ko‟rinishlarni tasniflashdagi chalkashliklar ham
turizmdagi
turlarga, turistlar sonini, harakatlanishini,
xizmatlar turini ham
aralashtirish, turizmdagi haqiqiy turlar xilini aniqlashni ham qiyinlashtiradi,
haqiqiy turlarning qaysilari muhimrog„u, qaysi turlar o„z salohiyati bo„yicha
keyinroq turadi, ajratish mushkul.
M.N.Pardayev, R.Atabayev (2007 yil) keltirgan ma‟lumotlarida
Turizm turlari asosan quyidagi belgilari bo‟yicha tasniflanadi. Bularga:
- turizm turlarini tashkil etish bo‟yicha;
- xizmat ko‟rsatishi bo‟yicha;
- maqsadi bo‟yicha;
- foydaliligi bo‟yicha kabi belgilar kiradi.
Turizmni tashkil etilishi bo‟yicha tasniflansa u ikki guruhga bo‟linadi: rejali
tashkil qilingan, rejasiz o‟zboshimcha harakat qiladigan.
Rejali tashkil qilingan turizmga davlat tomonidan qonunlar yoki boshqa
me‟yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadigan odamlarning harakati tushuniladi.
Bu faoliyatni davlat va nodavlat
turistik tashkilotlari, turli firma va kompaniyalar
amalga oshirishi mumkin. O‟zbekistondagi turizmning asosiy qismi rejali tashkil
qilingan turizmga kiradi.
Rejasiz o‟zboshimcha harakat qilingan turizmga o‟z ixtiyori bilan
mustaqil tashkil qilingan odamlarning harakat turi kiradi. Bu asosan ko‟ngilli
turistik jamiyatlar, ittifoqlar va jismoniy shaxslar tashkil
qilish orqali amalga
oshiriladi.
Turizmning ushbu turi orqali tog‟u-toshlarga sayohat, turistik yurish,
musobaqalar uyushtirish, boshqa hudud va mamlakatlarni ko‟rib
tomosha qilib
kelish uchun borish kabi faoliyatlar amalga oshiriladi. Bu jarayon ham turli turistik
birlashmalarning mamlakat qonunlariga va xalqaro me‟yorlarga zid bo‟lmagan
ichki nizom va boshqa tartibga soluvchi me‟yoriy hujjatlar asosida amalga
oshiriladi. Mamlakatimizda turizmni tashkil qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar
13
tegishli ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‟lishlari lozim. Bu masala
«O‟zbekturizm» tashkiloti tomonidan amalga
oshiriladi va shu tashkilot
muvofiqlashtirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: