O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
III. 7. Hid bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)
III. 7. Hid bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari
Hid bildiruvchi sifatlar o`zbek tilining lug`at boyligida ta’m-maza sifatlari kabi kam miqdordadir. Sifatlarning ma’no turlari bo`yicha to`plangan misollar tahlili natijasida bu turdagi sifatlarning miqdori 10ga yaqin ekanligini ko`rsatadi. Bu tarkibga xushbo`y, muattar, sassiq, babbo`y, qo`lansa, ifor va hokazolar mansub. Shuningdek, bu belgi uchun predmet nomlaridan ham foydalaniladi, ya’ni hidni ifodalash uchun predmet nomiga “hid” so`zini qo`shib aytish orqali qo`shma sifatlar ham hosil qilinadi: atir hidi, rayhon hidi, yog` hidi, kerosin hidi, baliq hidi kabi. Shuningdek atir so`zining o`zi ham ba’zida hid semasini ifoda eta oladi. Xushbo`y sifati “yoqimli hidga ega, hidi yoqimli” ma’nolarini ifoda etib, muattar, ifor kabi so`zlar bilan sinonimlikka kirishadi. Xushbo`y sifatining sinonimi sifatida hidli so`zi sinonimlar lug`atida keltiriladi [29, 217]. Biroq bu holatga qo`shilish qiyin. Chunki “hidli” semasi ostida har qanday hid, ya’ni ham xushbo`y hid, ham qo`lansa hid tushunilaveradi. “Muattar” ko`proq badiiy uslubda qo`llanadi: Mehnat-u g`ayrat-la go`zal bog`imga Yaxshi niyat bilan ko`chat ekkanman. Shoyad shu mehnatim qo`shilgan chog`da Yana xushbo`y hidga burkansa chaman. (G`ayratiy) Ba’zanjonli so`zlashuvda shirin hid, achchiq hid kabi qo`llanishlar ham uchrab turadi: Atiringizning hidi juda shirin ekan. (Gazetadan) Sassiq so`zi “hidi yomon, yoqimsiz, qo`lansa” ma’nosini anglatadi. Bu so`z sassiq, badbo`y, qo`lansa kabilar bilan sinonimlikka kirishadi. U go`yo qorong`i, sassiq zindondan yorqin, toza ko`klam havosiga chiqqanday bo`ldi (Oybek). Qurtxona havosi bo`g`iq, kishining nafasi qaytar, qandaydir badbo`y hid kelar edi. (N.Safarov) 75 Sassiq leksemasi shaxsning belgisini bildirib kelganda, odatda, so`zlovchining modal munosabatini,aniqrog`i birovga nisbatan salbiy munosabatini ifoda etadi: O`, sassiq chol, saloming boshingdan qolsin (O.Yoqubov). Sassiq so`zi kontekstda “yomon, yoqimsiz” sifatlariga xos xususiyatlar ma’nosini tashishi mumkin: Sassiq bo`lsa ham burun o`zimizniki (H.Sulton). Bu misolda sassiq leksemasi orqali gap-so`zi, xatti-harakatlari yoqimsiz, so`zlovchining jini suymaydigan belgi ma’nosi ifolalagan. Sassiq so`zi nazmda epitet sifatida predmetning belgisini salbiy ottenkada ko`rsatish uchun keng qo`llaniladi. Bu tipdagi epitetlar lirik epitelarga, ya’ni muallifning tasvirlanayotgan predmetga to`g`ridan-to`g`ri munosabatini anglatadigan sifatlar sirasiga kiradi: Uchratganim kim – gulim yoki sassiq alof. (Navoiy) Kuzatishlar ko`rsatadiki, hid bildiruvchi sifatlar oz bo`lsa-da, ifoda semasi kengligi bilan ahamiyatlidir. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling