O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “buxgalteriya hisobi” kafedrasi
Download 109.97 Kb.
|
Bank bux hisob 56-2 Ermanov Samad
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Banklarda depozitlarni qabul qilishni rasmiylashtirish va hisobga olish
Jamg‘arma depozitlar bank depoziti shartnomasida belgilangan tartibda dastlabki depozit summasiga qo‘shimcha mablag‘lar kiritib borish huquqi bilan muayyan shartlar asosida jamg‘ariladigan va ma’lum maqsadlarda yo‘naltiriladigan depozitlar.
Ushbu qonunga muvofiq depozit ma’lum bir shartlar asosida mablag‘larning qabul qilinganini tasdiqlab qabul qilinishidir. Depozit operatsiyalari – banklarning omonatchilar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra mablag‘larni muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalardir. Bankning depozit operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 26 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida» to‘g‘risidagi 2711-sonli yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi. Ushbu yo‘riqnomada bankning omonat operatsiyalari - omonat operatsiyalari - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda bankning omonatchilar bilan tuzgan bank omonati shartnomasi shartlari asosida ularning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish, saqlash, qaytarish, foizlar hisoblash va to‘lash hamda omonatchining yozma topshirig‘iga asosan omonatdagi pul mablag‘larini boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazishga doir operatsiyalari ekanligi qayd etilgan. Bank depozitlarining quyidagi turlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin; Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar (omonatlar); Jamg‘arma depozitlar (omonatlar); Muddatli depozitlar (omonatlar); Depozit (omonat) sertifikatlari; Banklar yuqorida qayd etilgan depozit (omonat) turlaridan tashqari qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan, boshqa omonatlarni qabul qilishlari mumkin. Talab qilib olguncha depozitlarning mohiyati, bu hisobraqamdagi qoldiqni mijozlar xohlagan paytda, hech qanday oldindan ogohlantirmay qisman yoki hammasini olishi, shuningdek, to‘lov uchun o‘tkazishlari mumkin, ya’ni talab qilingan paytda mijozga mablag‘ini bank darhol to‘lab beradi. Bank bilan jismoniy va yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar bank hisobvarag‘i shartnomasi bilan tartibga solinadi. Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha, bank omonatchining birinchi talabiga ko‘ra (agar bank omonati shartnomasida boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) omonatchining tegishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechikmagan holda uning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi shart. Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari muddatsiz hisoblanadi. Bank depoziti shartnomasida depozitni omonatchining birinchi talabi bilan qaytarish va belgilangan foizlar to‘lash shartlari bo‘lishi lozim. Depozitning ikkinchi guruhi jamg‘arma depozitlar odatda, ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda mablag‘larni yig‘ib borish uchun ochiladi. Jamg‘arma depozitlar bank uchun maqbul hisoblanadi. Chunki bu turdagi depozitlar asosan, uzoq muddatli bo‘ladi va bank bu mablag‘larni uzoq muddatli aktiv sifatida ishlatishi mumkin. Jamg‘arma depozitlar ko‘p banklar uchun mijozlarini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi. Tushum va rentabellik ma’nosida ham jamg‘arma depozitlar eng samarali hisoblanadi. Jamg‘arma hisobraqamlari egasiga daromad keltiradigan mablag‘lar hisoblanadi va uchinchi shaxsga hisob-kitob qilish uchun ishlatilmaydi. Jamg‘arma depozitlar jamg‘arish yoki kapitalni yig‘ish uchun xizmat qilishi kerak. Jamg‘arma depozitlar bo‘yicha bank bilan omonatchi o‘rtasida bank depoziti shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzganidan so‘ng, bank depoziti shartnomasida ko‘rsatilgan dastlabki depozit summasi qo‘yilishi shart. Jamg‘arma depozitlar bo‘yicha bank depoziti shartnomasiga muvofiq qo‘shimcha mablag‘lar kiritilishi mumkin. Qo‘shimcha mablag‘lar kiritish tartibi bank depoziti shartnomasida aniq belgilanadi. Tijorat banklari o‘z depozit siyosatidan kelib chiqqan holda jamg‘arma depozitlarni maqsadli, yutuqli, shartli va boshqa shartlar belgilangan ko‘rinishlarda taklif qilishi mumkin. Ma’lum maqsad uchun jamg‘ariladigan va qat’iy ravishda shu maqsadga yo‘naltiriladigan depozitlar maqsadli jamg‘arma depozitlar hisoblanadi. Omonatchiga foizlar yutuq ko‘rinishida to‘lanadigan depozitlar yutuqli jamg‘arma depozitlar hisoblanadi. Yutuqlar pul mablag‘lari, depozitga qo‘shimcha foizlar hisoblab yozish, buyum va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Depozit qo‘yishda bank depoziti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarning bajarilishi bilan depozitdan foydalanish mumkin bo‘lgan uchinchi shaxs nomiga qo‘yilgan depozitlar shartli jamg‘arma depozitlar hisoblanadi. Masalan, «Omonatchi o‘quv yurtini tugatgandan so‘nggina depozit beriladi» yoki «Voyaga etgach beriladi» kabi shartlar belgilangan bo‘lishi mumkin. Omonatchining xohishiga ko‘ra, shartning bajarilish muddati bank depoziti shartnomasida ko‘rsatilishi mumkin. Masalan, «20___ yilda omonatchi o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng depozit beriladi». Omonatchi jismoniy shaxslar yoki ularning qonuniy vakillarining yozma topshirig‘iga ko‘ra, bank jamg‘arma depozit hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Masalan, omonatchi topshirig‘i asosida bank uning jamg‘arma depozit summasini bankdan olingan kredit va unga hisoblangan foizlarga yoki kommunal va boshqa to‘lovlarga yo‘naltirilishi mumkin. Bunda, bank omonatchini yoki ularning qonuniy vakillarini bank depoziti shartnomasi shartlariga muvofiq operatsiya bajarilmasdan oldin yoki operatsiya bajarilgandan keyin xabardor qilish majburiyatini oladi. Xabar, uni mijoz olganligi to‘g‘risida bankka xabar berish sharti bilan pochta orqali buyurtma xat shaklida yoki boshqa shaklda jo‘natiladi. Bank omonati shartnomasida bank tomonidan depozit hisobvarag‘i bo‘yicha bajarilgan barcha operatsiyalar haqida xabardor qilishi belgilangan bo‘lsa, bank shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan ko‘chirmani omonatchiga taqdim qiladi. Jamg‘arma depozit hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmalar va omonat daftarchasidagi barcha o‘zgarishlarni omonatchi o‘rganib chiqishi hamda har qanday nomuvofiqlik to‘g‘risida bankka xabar qilishi kerak. Bank xabar qilingan nomuvofiqlikning sabablarini o‘rganib, ularni birlamchi hujjatlar asosida bartaraf qilishi va amalga oshirilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida omonatchiga xabar berishi lozim. Agar omonatchi jamg‘arma depozitni bank depoziti shartnomasida ko‘rsatilgan holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilmoqchi bo‘lsa, u bu haqda bankni depozitni olishni rejalashtirayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim. Omonatchi jamg‘arma depozit summasini bank depoziti shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar bank depoziti shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma depozitni talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi. Muddati tugagan jamg‘arma depozitlar talab qilib olinguncha depozitlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda talab qilib olinguncha depozit shartlari asosida foizlar hisoblanadi va bu haqda depozit shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining jamg‘arma depozitlariga mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘idan o‘tkaziladi va omonat muddati tugagach yoki bank depoziti shartnomasi bekor qilingan hollarda jamg‘arma depozitidagi mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. Ikkilamchi hisobvaraqlardan jamg‘arma depozitlarga mablag‘larni o‘tkazilishi taqiqlanadi. Muddatli depozitlar ma’lum muddatda bankda saqlanadigan pul mablag‘laridir. Muddatli depozitlar bank tomonidan ma’lum bir muddatga jalb qilinadigan depozitlardir. Muddatli depozitlarga qabul qilingan mablag‘lar shartnomada keltirilgan muddatga bankka foydalanishga topshiriladi, bu muddat tugashi bilan uning egasi mablag‘ni qaytarib olishi mumkin. Mijoz muddatli depozitlarni har doim ham erkin talab qila olmaydi. U mablag‘larni to‘liq yoki bir qismini talab qilsa ham, bu mablag‘lar muddatli majburiyatlarga bog‘liq. Tijorat banklari depozit operatsiyalarini rivojlantirish va uning samaradorligini ta’minlash ma’lum tamoyillarni ishlab chiqish va ularga amal qilishni talab etadi. Muddatli depozitlar bank depoziti shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish sharti bilan jalb qilingan depozitlar. Muddatli depozitlar bo‘yicha bank bilan omonatchi o‘rtasida muddatli bank depoziti shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzilganidan so‘ng, muddatli bank depoziti shartnomasida ko‘rsatilgan depozit summasini qo‘yishi shart. Qo‘shimcha mablag‘lar kiritish tartibi muddatli bank depoziti shartnomasida belgilanishi lozim. Agar omonatchi muddatli omonatni muddati tugagunga qadar qaytarib berishni talab qilmoqchi bo‘lsa, u bu haqda bankni depozitni olishni rejalashtirayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim. Muddatli depozitlar qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Bunda bir yil va undan kam muddatga qabul qilingan depozitlar qisqa muddatli depozitlar, bir yildan ortiq muddatga qabul qilingan depozitlar uzoq muddatli depozitlar hisoblanadi. Omonatchi muddatli depozit summasini muddat tugaganidan keyin muddatli bank depoziti shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar muddatli bank depoziti shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma depozitni talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi. Muddati tugagan talab qilib olinguncha depozitlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda talab qilib olinguncha depozit shartlari asosida foizlar hisoblanadi va bu haqda depozit shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining muddatli depozitlariga mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘idan o‘tkaziladi va depozit muddati tugagach yoki muddatli bank depoziti shartnomasi bekor qilingan hollarda muddatli depozitdagi mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. Ikkilamchi hisobvaraqlardan muddatli depozitlarga mablag‘larni o‘tkazilishi taqiqlanadi. Depozit (omonat) sertifikati (sertifikat) – bankka qo‘yilgan depozit (omonat) summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) depozit (omonat) summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz. Sertifikatlar blankalar tarzida hujjatli shaklda chiqariladi. Sertifikatlar ikki turda chiqarilishi mumkin: a) “depozit sertifikatlari” – yuridik shaxslar uchun; b) “omonat sertifikatlari” – jismoniy shaxslar uchun. Depozit sertifikatlari faqat egasining nomi yozilgan bo‘lishi mumkin. Omonat sertifikatlari egasining nomi yozilgan yoki taqdim etuvchiga tegishli bo‘lishi mumkin. Depozit sertifikatlarining oldi-sotdisi va ular bo‘yicha summalarni to‘lashga doir pullik hisob-kitoblar naqdsiz shaklda, omonat sertifikatlari bo‘yicha – naqdsiz hamda naqd shaklida amalga oshiriladi. Sertifikatlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Sertifikatlarni xorijiy valyutada chiqarish taqiqlanadi. Sertifikatlar 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga (sertifikat berilgan vaqtdan boshlab sertifikat saqlovchisi sertifikat bo‘yicha depozitni talab qilib olish huquqini qo‘lga kiritish vaqtiga qadar) chiqariladi. 2. Banklarda depozitlarni qabul qilishni rasmiylashtirish va hisobga olish Bank filiallarida mijozlar bilan bajariladigan depozit operatsiyalarining qonun hujjatlariga va bank ichki siyosatiga muvofiqligini nazorat qilish uchun omonat bo‘linmasi tashkil etiladi. Omonat bo‘linmasi, Front-ofis va Bek-ofis tarkibiy tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan banklarda «Mijozlarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim», boshqa hollarda bankda depozit operatsiyalarini nazorat qilish bo‘yicha alohida bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, sho‘‘ba) sifatida tashkil etilishi mumkin. Download 109.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling