O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


Download 1.23 Mb.
bet2/2
Sana21.11.2020
Hajmi1.23 Mb.
#149133
1   2
Bog'liq
begzod eng buyuk


Bajardi:

Tekshirdi:

.
Eng buyuk jasorat

Reja:
1.Eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat.

2.Boy tarix, yuksak madaniyat, buyuk ma’naviyat vorislari – biz.

3.Ma’naviy jasorat qahramonlikdir.

Ma’naviy jasorat, passionar shaxs,akademiya, inkvizatsiya, dekloratsiya, qahramonlik, ma’naviyat vorislari.


Eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat. Platon ma’naviy jasoratining falsafa fani tarixidagi o’rni. Bag’doddagi “Baytul – hikma” va Xorazm Ma’mun akademiyasi va unda faoliyat yuritgan olimlar ulkan ma’naviy jasorat sohiblari.O’rta asrlarda Yevropa uyg’onish davri namoyandalari Nikolay Kopernik, Jordano Bruno, Galileo Galiley. XX asr tarixida Hindiston milliy ozodlik kurashining yetakchisi Mahatma Gandi.

Boy tarix, yuksak madaniyat, buyuk ma’naviyat vorislari – biz. Vatanimiz tarixida millat ozodligi, xalq mustaqilligi uchun kurashlarda bor kuchi, aqli va jonini tikkan bobolarimiz Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurlar ma’naviy jasorat timsollaridir.O’tgan asr boshlarida jadid bobolarimiz fidoiyligi. Mahmudxo’ja Behbudiy. Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Isxoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid CHo’lpon, Usmon Nosir.

Elning rizq ro’zini yaratuvchi bobodehqon ma’naviy jasorat namunasi. Vatandoshlarimiz o’z ishining, ilmning fidoiylari akademik Yahyo G’ulomov, atoqli shoira Zulfiyaxonim, olim va jamoat arbobi Ozod SHarafiddinovlar ham o’z o’rnida ma’naviy jasorat egalari ekanligi.

Ma’naviy jasorat qahramonlikdir. 1991yil 31 avgustda xalqimizning azaliy orzusi bo’lgan milliy mustaqilligimiz qo’lga kiritildi va XX asrda xalqimiz, uning yo’lboshchisi Islom Abdug’anievich Karimov tomonidan amalga oshirilgan bu ma’naviy jasorat – qahramonlik namunasi ekanligi. Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida fozillar shahri hokimining fazilatlari. Passionar shaxs. Millat rivojida passionar shaxslarning o’rni.



Prezidentimizning shu yil fevralь-aprelь oylarida respublikamizning Xorazm (2008 yil 15 fevralь), Farg’ona (2008 yil 6 mart), Surxondaryo (2008 yil 25 mart) va Samarqand (20087 yil 15 aprelь) viloyatlari kengashlari sessiyalarida so’zlagan nutqlarida mazkur hududlardagi kamchiliklarning eng chuqur ildizi bevosita viloyat rahbarlarining ma’naviy qiyofasidagi insoniylikkka zid bo’lgan illatlarning tomir otganligi bilan bog’liqligi.

Biz ana shunday izlanish va tajribalar aso-sida keyinchalik Farg’ona shahrida — Ahmad Farg’oniy, Urganchda— Muhammad Muso Xoraz-miy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shah-rida — Alisher Navoiy, poytaxtimizda — G’a-fur G’ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari allomalarimiz, yozuvchi va shoirlarimiz haykallarini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa «El-yurt tayanchi» va boshqa o’nlab monumental san’at asarlarini barpo etishga muyassar bo’ldik.

Ayniqsa, keyingi yillarda tanib bo’lmas darajada o’zgarib, yangicha qiyofa kasb etib borayotgan azim Toshkent shahrining qoq markazida -Mustaqillik va Xotira maydonlarida zamona-viy monumental san’atimizning noyob namunasi sifatida tan olingan Mustaqillik va ezgulik monumentini, Motamsaro ona haykalini bunyod etganimiz barchamizga g’urur-iftixor bag’ishlaydi. Men ishonaman, oradan yillar, asrlar o’tadi, zamonlar o’zgaradi, lekin o’zining ma’nosi va qiyofasi bilan bir-birini to’ldiradigan bu ikki yodgorlik majmuasi nodir va o’lmas badiiy obida sifatida xalqimiz ma’naviyatining ajral-mas qismi bo’lib qoladi.

Bizning monumental san’at sohasida amalga oshirgan yana bir ulkan ishimiz tabarruk zami-nimizda tug’ilib voyaga yetgan va mangu orom topgan buyuk aziz-avliyolarimiz xotirasiga yodgorlik majmualari barpo etganimizda namoyon bo’ldi. Jumladan, Buxoroda Abdulxoliq G’ijduvoniy va Bahouddin Naqshband, Samarqandda Imom Buxo-riy va Imom Moturidiy, Marg’ilonda Burhoniddin Marg’inoniy, Toshkent shahrida Hazrati Imom singari yodgorlik majmualarini yaratdik. Xalqimiz hayotida chuqur iz qoldirgan, bugungi kunda tom ma’noda muqaddas ziyoratgoxlarga aylangan bunday majmualar ma’naviy olamimizni yuksaltirishga ulkan hissa bo’lib qo’shildi, desak, har tomonlama to’g’ri bo’ladi.

Ayni paytda yurtimizda monumental san’at sohasini rivojlantirish bo’yicha oldimizda ko’pgina vazifalar turganini ta’kidlash lozim. Xu-susan, bu sohada ham zamonaviy ijodiy maktab yaratish, shu maqsadda keng miqyosda fikrlaydi-gan, qadimiy tariximiz, milliy tabiatimizni chuqur biladigan, o’zi yaratayotgan obrazning bar-cha xususiyatlarini avvalambor yuragidan, qalbidan o’tkazib ijod qilishga qodir bo’lgan yetuk hay-kaltarosh va me’morlarni tarbiyalash dolzarb ma-sala bo’lib turibdi.

Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim masala xususida to’xtalib o’tish o’rinli, deb o’ylayman. U ham bo’lsa, dunyoga hayrat ko’zi bilan boqib, undan o’zicha ma’no topishga intiladigan murg’ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo’g’irchoq va o’yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir.

Bir qaraganda, bu muammo arzimas narsa bo’lib tuyulishi mumkin. Lekin har qaysi go’dak ilk bor olamni o’z atrofidagi ashyo va buyumlar, jumladan, o’yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo’lsak, ularning inson tarbiyasidagi o’rni beqiyos ekani ayon bo’ladi. O’yinchoqlar obrazi bolaning murg’ak tasavvu-riga bamisoli toshga o’yilgan naqshdek muhrlanib, uning ongida bir umr saqlanib qoladi. Go’dakning ulg’ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo’ldan borishi, o’zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday o’yinchoqlar bilan oshno bo’lib o’sgani bilan belgilanadi.

Afsuski, hozirgi vaqtda farzandlarimiz ko’pincha xorijda ishlab chiqarilgan, bizning mil-liy tabiatimizdan uzoq bo’lgan o’yinchoq va qo’g’irchoqlarni o’ynab ulg’aymoqtsa.

Marg’ilon shahrining 2000 yillik to’yi mu-nosabati bilan bu yerda xalq amaliy san’ati va-killari bilan uchrashganimda, ular orasida milliy qo’g’irchoqlar tayyorlash bilan shug’ullanadi-gan bir ayolning ajoyib ishlari e’tiborimni o’ziga tortgan edi. Mana shunday fidoyi insonlar yurtimizda ko’plab topiladi, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ma’naviy tarbiya masalasiga, ayni vaqtda milliy hunarmandchilikning bu noyob turini rivojlantirishga ham ijobiy ta’sir ko’rsatgan bo’lur edi.

Bu masalada ish olib boradigan insonlar nafaqat pedagog, psixolog yoki dizayner bo’lishi, shu bilan birga, tariximiz va madaniyatimizni har tomonlama chuqur bilishi kerak. SHu ma’no-da, o’yinchoq va qo’g’irchoqlarga tariximizdagi ibratli qahramonlar, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlar, milliy qadriyatlarimiz asos qi-lib olinsa, maqsadga muvofiq bo’lur edi, deb o’ylayman.

San’at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yo’l topish haqida so’z yuritar ekan-miz, hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi iste’dod egasi o’ziga xos bir olam, shu sababli ijod axliga qandaydir aql o’rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq man-faati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog’liqtsir. Agarki har qaysi ijodkor o’z asarlarida ana shu o’lmas g’oyalarni bosh maqsad qilib qo’ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda ma’naviy yuksalishga xizmat qilib, o’zining ijtimoiy vazifasini to’liq ado etishga erishgan bo’ladi.

Президентимизнинг “Юксак маънавият – енгилмас куч” асарида ёш авлодни турли маънавий тажовузлардан ҳимоя қилиш, уларнинг қалби ва онгида мафкура иммунитетини кучайтириш зарурлиги алоҳида қайд этилган. Мамлакатимизда ёшларнинг билим олиши, истеъдодини намоён этиши, Ватанига хизмат қилиши борасида яратилган барча шарт-шароитлар ана шу эзгу мақсадни амалга оширишга қаратилгандир.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмита, Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлиги ҳамда Республика миллий ғоя ва мафкура илмий-амалий маркази ҳамкорлигида ташкил этилган “Маънавий жасорат – энг буюк жасорат” мавзуидаги маънавий-маърифий тадбирда ана шулар ҳақида сўз борди.

Ҳарбий олий таълим муассасалари курсантлари, офицерлар ва аскарлар иштирок этган тадбир ҳарбий хизматчиларнинг маънавий-руҳий, сиёсий тайёргарлигини ошириш, юртимиз мустақиллиги ва хавфсизлигини мустаҳкамлашда уларнинг ижтимоий-сиёсий соҳадаги билимини, айниқса, маънавиятини бойитиш масалаларига бағишланди, деб ёзади ЎзА. Маънавий таҳдидлар, мамлакатимиз тинчлигига хавф солиши мумкин бўлган ғоялар ва оқимлар ҳақида маълумотлар берилди. Ёшлар мамлакатимиз сарҳадлари дахлсизлигини таъминлаш билан бирга, халқимизнинг, айниқса, ёшларнинг маънавий оламини ахборот хуружларидан сақлаш ҳақида ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар.

Президентимизнинг “Юксак маънавият – енгилмас куч” асарида ёш авлодни турли маънавий тажовузлардан ҳимоя қилиш, уларнинг қалби ва онгида мафкура иммунитетини кучайтириш зарурлиги алоҳида қайд этилган. Мамлакатимизда ёшларнинг билим олиши, истеъдодини намоён этиши, Ватанига хизмат қилиши борасида яратилган барча шарт-шароитлар ана шу эзгу мақсадни амалга оширишга қаратилгандир.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмита, Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлиги ҳамда Республика миллий ғоя ва мафкура илмий-амалий маркази ҳамкорлигида ташкил этилган “Маънавий жасорат – энг буюк жасорат” мавзуидаги маънавий-маърифий тадбирда ана шулар ҳақида сўз борди.

Ҳарбий олий таълим муассасалари курсантлари, офицерлар ва аскарлар иштирок этган тадбир ҳарбий хизматчиларнинг маънавий-руҳий, сиёсий тайёргарлигини ошириш, юртимиз мустақиллиги ва хавфсизлигини мустаҳкамлашда уларнинг ижтимоий-сиёсий соҳадаги билимини, айниқса, маънавиятини бойитиш масалаларига бағишланди, деб ёзади ЎзА. Маънавий таҳдидлар, мамлакатимиз тинчлигига хавф солиши мумкин бўлган ғоялар ва оқимлар ҳақида маълумотлар берилди. Ёшлар мамлакатимиз сарҳадлари дахлсизлигини таъминлаш билан бирга, халқимизнинг, айниқса, ёшларнинг маънавий оламини ахборот хуружларидан сақлаш ҳақида ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар.

Eng buyuk jasorat.

Buyuk sivilizatsiya va madaniyat beshigi bo`lgan, ko`xna va hayratomus tarixni o`zida mujjasam etgan Vatanimizdagi bebaho yodorliklar,osori atiqalari haqida so`z yuritar ekanmiz, shu zaminda yashayotgan barcha insonlar ularni avvalo halqimiz dahasining yorqin namunasi, tabr joyis bo`lsa uning manaviyatga qo`yilgan muazzam haykallar deb qabul qiladi.

Yer yuzidagin barcha o`lmas obidalar, insoniyat hayotini tubdan o`zgartirib yuborgan u`lug` kashfiyot va ixtirolar, mumtoz sanat va adabiyot durdonalari mardlik va qaramonlik namunalari odamzodning aql-tafakuri, salohiyati va ma`naviy jasorati mahsulidir.Shuning uchun ham bu yoruq olamda eng buyuk jasorat nima degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat –bu manaviy jasorat deb javob brsak o`ylaymanki yangilishmagan bo`lamiz.

Necha asirlardan buyon yuksak tafakur va aql zakovat timsoli bo`lib kelayotgan antik davriga mansub inson faylasufi Platonning hayot yo`lini o`zimizga bir tasavvur qilib ko`raylik.Malumki Platon butun umrini ilmu marifatga bag`ishlagan ulug` donishmand – Sokratning shogirdi edi. Tarihiy manbalarning guvohlik berishicha sokratning o`limidan keyin yunon faylasufining taqdiri havf ostida qoldi.

Faqatgina paltonning fidoiyligi va beqiyos hizmatlari evaziga bu fan yangi bosqichga ko`tariladi.Uning qanchadan-qancha qiyinchilik,sarson-sarkardonlidan so`ng bor mol-mulkni sarflab afina shaxri yaqinidan maxsus yer sotib olisb, olimlar to`mlanib bahs-munozara olib boradigan joy akademiya tashkil etishi chinakam ma`naviy jasorat namunasi edi.Platon asos slogan bu ilmiy maskan 1000 yil davomida nafaqat yunon balki shrqu-g`arb olamining rivojiga kuchli ta`sir o`tkazadi,insoniyat taffakur tarraqiyotining istiqbolini belgilab beradi.Shu bois ham Platon sharq ilm fanida “ustodi avval”, ya`ni birinchi muallim degan sharafli nom bilan shuxrat qoznadi.

Bunday insonlarni yurtimniz zaminidan yetishib chiqqan,bag`dotdagi ba”baytul-hikmat” va Xorazm Mamun academiyasida faoliyat olib brogan, ilmfan sohasidagi tengsiz kashfiyotlari manaviy jasoratlari bilan o`chmas iz qoldirgan buyuk mutaffakir ajdodlarimiz haqida ko`plab keltirishimiz mumkun.

Xususan Xorazm Mamun academiyasi faoliyatini oladigan bo`lsak, bu mo`tabar ilmiy maskanda sharq va g`arb o`lkalaridan kelgan turli millat va diga mansub bo`lgan odamla faoliyat ko`rsatgan bo`lsa-da, uning negizi Abu Nasr Ibn Iroq,Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino,Mahmut Xojaydiy Ahmat ibn Muhammad Xorazmiy va Ahmat ibn Xamit Naysaburun kabi manashu bizning mintaqamizda tug`ilib kamol topgan yetuk allomal tashkil etgani barchamizga g`urur va iftihor bag`ishlaydi.

Ulkan ma`nayiy jasorat sohiblari bo`lgan bunday alloma zotlar dunyoning qayerida yashamasin ezgulik va ma`rifat yo`lida doimo odamlarga ibrat bo`lib kelgan.

XX asr tarixida ham bunday ulug` siymolarni ko`plab uchratish mumkin. Masalan, Xindiston milliy ozodlik kurashining yetakchisib bo`lib maydonga chiqqan, xalq orasida”Maxatma”, ya`ni buyuk qalq egasi deb shuhrat qozongan ulkan mutaffakir va davlat arbobi Mahatma Ganda ana shunday shaxslardan biri edi.г asossolgan gandizm talimotida xind xakqining diliga behad yaqin bo`lgan g`oya va tushunchalar mujjassam topgan. Ayniqsa, o`z yurtini mustamlakachilardanozod qilish, yagana Hindiston birligi, mustaqil davlat barpo etish masalasi Mahatma Gandi xayoti va faoliyating mano-mazmuni tashlik etadi.



Butun umr oddiyva kamtarona, lekin ezgu g`oyalari yo`lida tinimsiz kurashib yashagan bu zotning falsafiy-siyosiy qarashlarida insoniyat uchun ibratli jihatlar ko`p.Jumladan, uning turli muammo va ziddiyatlarini kuch ishlatmasdan, tinch yo`l bilan xal qilishga oid fikrlari dunyo davlatlari o`rtasidagi munosabatlarda,ijtimoiy hamkorlik masalasida bugun xam o`z axamiyati va dolzarbligini yo`qotmasdan kelmoqda.Shuni aloxida takidlash joizki, xalqimiz

tarixining xar qanday to`fon va suronlarga qaramasdan,milliy o`zligi va azaliy qadiriyatlarini saqlab qolib, bugungi dorilomon zamonlarga bezavol etib kelishda uning qon-qoni, suyak-suyagida bo`lgan manaviy jasorat tuyg`usi, xech shubxasiz, xal qilivchi tasir o`tkazib kelmoqda.



Xar kuni, xa soatda fidoiy bo`lish, o`zini tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib boorish,bu fazilatni doimiy,kundalik faoliyat mezoniga aylantirish –xaqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo`lar edim.



Mustaqillik –taixiy tilak:

Ozodlik uchun olib borilgan matonatli kurash , nihiyat, o`z samarasini berdi. Yurtimiz 130 yil davom etgan so`nggi istilodan XX asr oxiriga kelib batamom qutildi.

O`zbekiston Mustaqilligi Deklaratsiyasi butun dunyoga malum qilindi va 1-sentabr O`zbekiston Respublikasida Mustaqillik kuni deb belgilandi.Vatanimiz taqdirida yangi davrni boshlab bergan bu tarixiy o`zgarishga Prizidentimiz Islom Karimov asos soldi.

Istiqlol qo`lga kiritilgach,jahon siyosiy xaritasida yangi Mustaqil mamlakat – O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi va tez orada uni dunyoning aksariyat davlatlari tan oldi.



Davlat mustaqilligi, bu - o`sha davlatning o`z taqdirini o`zi xalq qilishi, mutaqil ichki va tashqi siyosat olib borishi,jahon mamlakatlari tan olinib,ular bilan teng huquqlilik asosida hamkorlik qilish demakdir.Ozod sharafidinov mamlakatimizning manaviy yuksalish yo`lidagi buyuk xizmatlari uchun xaqli ravishda davlatimizning oily mukofati-“Ozbekiston Qaxramoni” unvoniga sazovor bo`lgan.

Muxtasar qilib aytganda olis va yaqin tariximiz shuni ko`rsatadiki, xalqimiz doimiy manaviy jasorat xissi bilan yashagan va bu ulug’ tuyg’u uning xayitda yillar, asrlar o`tgani sayn toboro kuchayb, yuksalib bormoqda.Chunki xalq manaviyati shunday buyuk umonki, xar qaysi avlod undan kuch-qudrat,g`ayrat va iloxom olib, o`zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanini nomoyon etadi.



Mana shu ikki buyuk qadriyat zamirida xalqimizning asriy intilishlari, ezgu orzu-umidlari, bu majmuaning siyosiy va insoniy ma`nosi yaqqol mujassam, desak, xato bo`lmaydi. Tasavvur qiling, olijanob niyatlar bilan yangi oila qurayotgan minglab yosh yigit-qizlarimiz Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasidan o`tib, oq poyondoz shaklidagi keng yo`lakdan yurib, ushbu monument poyiga ziyoratga kelar ekan, farzandini bag`riga bosib turgan baxtiyor ona siymosida o`zining beg`ubor, pok orzularini ko`rgandek bo`ladi.

Mustaqillik va ezgulik degan iborada bizning yillar davomida ko`z qorachig`idek asrab-avaylab, kelajak avlodlarga etkazadigan eng katta boyligimiz, eng qimmatli yutug`imiz o`z aksini topgan. Shu ma`noda, bizning uzoqni o`ylab, aynan mana shu monumentni Vatanimizning yuragi bo`lgan Mustaqillik maydonida barpo etganimiz katta mohiyat va ahamiyatga ega, dedi Prezidentimiz.

Men mana shunday tabarruk maskan, hech shubhasiz, butun xalqimiz uchun, avvalambor, yoshlarimiz uchun mo``tabar qadamjo bo`lib qolishiga ishonaman. Ayni paytda u xorijiy mehmonlarimiz uchun ham ziyoratgohga aylanadi, deb umid qilaman.

Islom Karimov ushbu monumentning Yangi yil bayrami arafasida ochilayotganida ham o`ziga xos ma`no borligini ta`kidladi.

- Mustaqillik va ezgulik monumenti - yaxshi niyatlarimiz, beg`ubor orzularimizning ifodasi. Yaqinlashib kelayotgan 2006 yil yurtimizga qut-baraka olib kelishiga, baxtli-saodatli va fayzli yil bo`lishiga ishonaman, - dedi Yurtboshimiz.

Mamlakatimiz rahbarining fayz va barakotga alohida urg`u berishi bejiz emas. Pok niyatlarimizga, ezgu intilishlarimizga shu kuni erta tongda yog`a boshlagan qor ham o`ziga xos tasdiq bo`ldi. Bu dala-dashtlarimizga yog`ilajak qut-barakadan nishonadir.


Prezident Islom Karimov "Yoshlik" talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ta`mirlash ishlari bilan ham tanishdi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda yosh avlodning sog`lom va barkamol bo`lib voyaga etishi masalasiga davlat siyosati darajasida e`tibor qaratilmoqda. Ayniqsa ana shu ezgu maqsadlarga erishish yo`lida ta`lim tizimidagi islohotlar uzviyligini, ta`lim va tarbiyaning o`zaro uyg`unligini hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanishini ta`minlashga alohida ahamiyat berilayotgani tahsinga sazavordir.


Zamon talablari asosida barpo etilayogan ta`lim maskanlari, ularning zarur o`quv jihozlari va texnik uskunalar bilan ta`minlanishi, yaratilayotgan yangi o`quv standartlari, dastur va qo`llanmalar, ilg`or pedagogik texnologiyalarning amaliyotga joriy etilishi yoshlar kamoloti yo`lida davlatimiz rahbari tomonidan ko`rsatilayotgan g`amxo`rlikning amaliy ifodasidir.

Talabalar shaharchasining qiyofasi tubdan o`zgardi. Bu erda olib borilgan keng ko`lamli qurilish-ta`mirlash, obodonlashtirish hamda ko`kalamzorlashtirish ishlari nihoyasiga etkazildi. Ilgari "yotoqxona" deb atalgan g`arib binolar bugungi kun nuqtai nazaridan, talaba yoshlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qisqa vaqt ichida tubdan kapital ta`mirlandi, atrofida yangi yo`l va yo`laklar barpo etildi. Daraxtlarga shakl berilib, yangi ko`chatlar ekildi, maydonlar ko`kalamzorlashtirildi.

Davlatimiz rahbari yoshlarning darsdan bo`sh vaqtini mazmunli va unumli o`tkazishlari uchun yaratilgan qulaylik va sharoitni ko`zdan kechirdi.

- Farzandlarimizning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etish, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratish masalasi doimo diqqat markazimizda bo`lmog`i lozim, - dedi Yurtboshimiz. - Bunday zamonaviy shart-sharoitga ega binolar "Talabalar uyi" emas, "Talabalar turar-joyi" deb atalishi maqsadga muvofiq. Ammo turar-joy degani kazarma emas. Kazarma armiyada bo`ladi.

Shu o`rinda Prezidentimiz "kazarma" tushunchasiga alohida e`tibor qaratib, hatto armiyada ham kazarmadan voz kechish lozimligini ta`kidladi. Yoshlarimizga - xoh askar bo`lsin, xoh talaba - bir xil, teng qarashimiz, zarur sharoit yaratishimiz lozim.

Islom Karimov Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetida tahsil olayotgan talabalarning turar-joylarida bo`lib, ularni qayta jihozlash borasida tegishli tavsiya va yo`l-yo`riqlar berdi. Jumladan, talabalar turar-joylaridagi xonalarning doimiy ravishda orasta va fayzli bo`lishiga erishmoq darkor.

Zamonaviy mebel`, jihozlar, texnika vositalari, maishiy uskunalar bilan ta`minlangan komp`yuter, sport, yuvinish xonalari, kutubxona va oshxonalardan oqilona foydalanish yoshlarimizning madaniy saviyasini oshiribgina qolmay, bilim va tafakkuriga ham o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatadi. Zero, yoshlarimiz boshqalardan kam bo`lmagan munosib sharoitda yashashga, ta`lim-tarbiya olishga haqli.


Prezidentimiz shaharchadagi Talabalar ma`naviyat va ma`rifat markazida bir guruh talaba yoshlar bilan uchrashdi. Ularning o`y-fikrlari, orzu-intilishlari va kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi.

Etarli darajadagi bilim va salohiyatga ega insonda g`urur va iftixor ham yuksak bo`ladi, deb ta`kidladi davlatimiz rahbari. Yoshlarimiz hayotning murakkab jihatlarini to`g`ri anglay oladigan, sabab va oqibatning negiziga etib boradigan, bunday tushunchalarning ma`no va mazmunini chaqadigan avlod bo`lib etishishlariga ishonaman. Shaharchada amalga oshirilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, ta`mirlash ishlari ana shu ezgu maqsadlarga qaratilgan. Binobarin, qulay, zamonaviy sharoit yoshlarimizning mustaqil fikrining shakllanishida, tafakkur doirasining kengayishida, ilmga bo`lgan qiziqishining kuchayishida, qalbida ona-Vatanga, xalqiga nisbatan mehr-muhabbatni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Yurtboshimiz Talabalar ma`naviyat va ma`rifat markazida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning qiziqish va intilishlariga binoan tuzilgan klublar faoliyati bilan tanishdi. Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar berdi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T. “O’zbekiston”, 2008.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. 1-jild, -T. “O’zbekiston, 1996.

  3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild, -T. “O’zbekiston, 1996.

  4. Karimov I.A. vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.3-jild, -T. “O’zbekiston, 1996.

  5. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild, T. “O’zbekiston, 1996.





Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling