43
biridir. Disperslik sochiluvchan materiallarning texnologik xossalari-ni aniqlaydi va
zarralarning kattaligi bo`yicha yoki solishtirma yuzasi bo`yicha
taqsimot funktsiyasi
bilan ifodalanadi. (Solishtirma yuza deb zarralar sirti yuzasining ular massasi yoki-
hajmiga nisbatiga tushuniladi). Amaliyotda sochiluvchan materialning tarkibi bo`yicha
quyidagicha tavsiflash qabul qilingan.
1)
Material zarralari o`lchamlari bo`yicha (elaklar
yordamida
tahlil qilishga asoslangan).
2)
Zarralar
solishtirma
yuzasining
o`rtacha
qiymati
bo`yicha.
Sochiluvchan materiallarni elaklar to`plami yordamida elab bir necha fraksiyalarga
ajratish mumkin. Fraksiyalar soni 5 tadan kam va 20 gadan ko`p bo`lmasligi kerak.
Olinadigan fraksiyalar zarralarining o`lchami elak teshigining o`lchami
bilan
chegaralanadi. elakning o`lchami deganda, to`kish natijasida hosil bo`lgan kvadrat
tomonlarining uzunligini tushiniladi. elak teshiklari o`lchamining
pastki chegarasi
GOST 3584 bo`yicha 40 mkm bo`ladi.
Elak teshigi o`lchamining o`zidan keyingi elak teshish o`lchamiga nisbati doimiy
kattalik bo`lib elaklar to`plamining moduli deyiladi. elakdagi barcha teshiklar
yuzasining elakning umumiy yuzasiga nisbati ham doimiy bo`lib,
bu nisbatan
elaklarning butun qatori uchun 36% - ga tengdir.
Ishning maqsadi
Sochiluvchan material zarralari o`lchamlarining differensial va integral taqsimot
egri chiziqlarini qurish va tekshirish. Qurilgan grafiklar asosida zarralarning o`rtacha
o`lchamlari va chetlashish koeffitsentini aniqlash.
Tajriba qurilmasining tuzilishi
7.1. - rasmda mexanik elash uchun ishlatiladigan tajriba qurilmasining sxemasi
ifodalangan. Bu qurilma 10; 7; 5; 3; 2; 1 raqamli (3) elaklar to`plamidan, (1) qopqoq
va (2) taglikdan iborat.Elaklar to`plamini
aylantirish, ilgarilanma qaytma
harakatlantirish va silkitish qo`lda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: