O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro muhandislik texnologiya instituti


girixning yordamchi turini yasash


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana13.02.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1194422
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Geometrik yasashlar asosida girix naqshlarini chizish

girixning yordamchi turini yasash. 
«Daftari – girix»
qo’lyozmadagi ikkinchi tasvirni «Quyosh» shaklidagi girix 
naqshi deb atadik. Bu girix naqshi simmetrik yordamchi to’rga asoslanib chizilgan
(5.1-chizma). 


5.1-chizma 
Chizmadan ko’rinib turibdiki, yordamchi to’r yasalishi geometrik yasashlar – 
kontsentrik yoylar, radius chiziqlarni o’tkazish, aylana yoylarini teng bo’laklarga 
bo’lish, yoylar vatarlarini o’tkazishdan iborat. Yasashlarni taxlil etganda balandligi 
95 mm ga teng, eni esa 60 mm bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning o’rtasidan vertikal 
chiziq – simmetriya o’qi deb ataladigan chiziq o’tkazilgan. Uning pastki 
tomonining teng o’rtasidan markaz (0) nuqtadan radiusi 30 mmga teng bo’lgan va 
radiusi 18 mm ga teng bo’lgan kontsentrik yarim aylanalar p’tkazilgan, bu yoylar 
10 bo’laklarga bo’linib, 1,2; 1,1 nuqtalar vatar yordamida tutashtirilgan. 
A va B nuktalarni markaz kilib, 2,3,4,5 nuqtalardan radius chiziqlari, hamda B 
nuqtadan 7,8,9,10,11 nuqtalar o’tkazilgan. Shu nuqtalardan o’tgan radius chiziqlari 
ham o’tkazilgan. Chizmadan ko’rinib turibdiki, 1-2, 2-4, 4-6 nuqtalarni 
tutashtiruvchi vatarlar o’tkazilgan, xuddi shunday 1-7, 7-9, 9-11 nuqtalarni 
tutashtiruvchi vatarlar o’tkazilgan. A va B nuqtalardan o’tkazilgan radius chiziqlari 
C1 simmetriya o’qida kesishadi. Masalan: A2 radius V7 radius chizig’i bilan C1 da 
joylashgan K nuqtada kesishadi. A3, B8 = L C1, A4, B9 = D O1 , A5 chiziqning 
davomi deb C nuqtadan o’tgan C5′ chiziqni aytib bo’ladi. B10 chiziqni davom 
etganda u C7′ chiziqda joylashgan bo’ladi. Yasashlar bo’yicha D nuqta C1 
chizig’ida joylashgan. Mazkur yasashlarni bajargandan keyin, girix naqshining 
chiziqlari shu to’r ustiga tayanch nuqtalari orqali chiziladi. To’rning asosiy 
mohiyati shundaki, uning ustiga chizilgan girix naqshi geometrik to’g’ri va estetik 


ko’rinishga ega bo’ladi. Mazkur mavzu o’qitish jarayonida qo’llanilsa, yoshlarga 
nafaqat geometriya va chizmachilik fanidan bilim beriladi, yosh avlodni estetik 
didini tarbiyalashga ham xissa qo’shiladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling