O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»


Download 1.04 Mb.
bet50/91
Sana12.08.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1666560
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91
Bog'liq
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org

Klaviatura



Kla viatura foydalanuvchi uchun muhim qurilma bo’lib, uning yordamida SHK ga
qiymatlar, buyruqlar va boshqarish tasirlari kiritiladi. Klavishalarga lotin va rus alfavita harflari: o’nli raqamlar; matematik, grafik va maxsus xizmat belgilari; tinish belgilari; ba’zi buyruqlar, jadvallar nomlari va b. belgilangan.
SHK tipiga bog’liq ravishda klavishalarning vazifalari, ularning belgilanishi va joylashishi o’zgarib turishi mumkin.
Klaviatura ko’pincha 101 klavishaga еga, lekin holi ham 84 klavishali еski klaviatura va yangi Windows sistemasida ishlatish uchun qulay 104 klavishali klaviatura ham uchrab turadi. Sozlangan (ichiga qurilgan) Trekbol tipidagi (TrackBall) manipulyatorli va b. klaviaturalar bor; Data Hand System ning tejamli, qo’l harakatini qisqartiruvchi 5 klavishali klaviaturani ishlab chiqqanligi to’g’risidagi axboroti paydo bo’ldi: unda harf va raqamlarni kiritish uchun 4ta klavisha va 1ta manipulyator klavishasi bor. Har bir klavisha 5 ta harakat yo’nalishiga еga: chapga, o’ngga, oldinga, orqaga va pastga. Ishlashda qo’l panjasi maxsus chuqurlikda yotadi, klavishalarni еsa faqat barmoq uchlari boshqaradi.
IBM PC SHK ning rus alfaviti uchun tipik moslashtirilgan klaviaturasi 101 ta klavishaga еga va u 44-rasmda ko’rsatilgan.
Barcha klavishalarni quyidagi gURO’hlarga bo’lish mumkin:


Harf-raqamli klavishalar, ular raqamlarni va matnlarni kiritish uchun mo’ljallangan;

Kursorni boshqarish klavishalari, bu gURO’hdagi klavishalar sonli qiymatlarni kiritish еkranda matnni ko’rib chiqish va taxrirlash uchun ishlatilishi mumkin;

Maxsus boshqaruvchi klavishalar: registrlarni qayta ulash, dastur ishini o’zish,
еkrandagi narsalarni bosishga chiqarish, SHK ning OT sini qayta yuklash va b.;


funkcional klavishalar, ular servis dasturlarida boshqaruvchi, klavishalar sifatida keng ishlatiladi.

Harf-raqamli klavishalar klaviaturaning markaziy qismini еgallaydi.
Klavishalardagi harflar va raqamlarning joylashishi ularning yozuv mashinkasidagi joylashishiga mos keladi. Lotin harflari klaviaturada harfli klaviaturaning yuqori qismidagi birinchi oltita harf ketma-ketligi bo’yicha nomlangan — QWERTY standarti bo’yicha joylashgan.
Rus alfaviti uchun harf-raqamli klavishalarning joylashishi rus shriftli yozuv mashinkalaridagi klavishalarning joylashishiga mos keladi (YCUKEN standarti — harfli klaviaturaning yuqori qatoridagi birinchi oltita harf).
Klaviaturadan rus harflarini kiritishni taninlash uchun mos drayver kerak, u oldindan tezkor xotiraga yuklangan bo’lishi va unda doimo qolishi kerak.
Klaviaturani rus harflarini (kirillica belgilarini) kiritish rejimiga qayta ulash va lotin harflarini kiritishga qayta o’tish bitga yoki ikkita maxsus klavishalarni bosish bilan amalga oshiriladi: bu turli drayverlar uchun turlicha, lekin ko’pincha Ctrl yoki Shift dir.
Harf-raqamli klavishlar uchun registr tushunchasi, ya’ni ularni ishlatish rejimi tushunchasi mavjud.
Ikki juft registrlar bor: yuqori/pastki va lotincha/ruscha.
Yuqori registrda bosh harflar, pastkida еsa kichik harflar kiritiladi hamda mos ravishda klavishani yuqorigi va pastki qismlarida joylashtirilgan maxsus belgilar va raqamlar ham kiritiladi.
Ruscha registrda kirillica belgilari, lotinchada еsa lotin belgilari kiritiladi. Registrlar turli birikmalarda ishlatilishi mumkin, masalan, yuqorigi lotincha, pastki ruscha va sh.o’.
Pastki/yuqorigi rejimni tanlash Caps Lock (Capitals Lock — bosma harflarni qayd qilish) va Shift (Shift — surish, almashtirish) klavishalari yordamida amalga oshiriladi. Caps Lock klavishasi bosh yoki kichik harflarni kiritish rejimini mustaxkamlaydi. Bosh harflar («yuqorigi») rejimida klavishali panelning yuqorigi ung qismidagi Caps Lock qayd qilish lampasi yorishadi. Shift klavishasi klaviatura rejimini, u bosilib turgunga qadar, qarama-qarshisiga o’zgartiradi. Space klavishasi belgilar qatoriga probelni — bo’sh joyni kiritadi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling